Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Plastinkasimon konveyerlar. Uchli va kirrali o’tkir materiallarini, misol uchun 
qirqilgan tosh materiallarni, yirik maydalangan tosh materiallarini uzatib berishda plastinkali 
koveyerlar ishlatiladi.(2.12-rasm, a). 
Unda aylantiruvchi (tortuvchi) ishchi qismi, ikkita uzluksiz zanjirlardan iborat bo’ladi. Bu 
qismlarga metall plastinkalar maxkamlanadi. Ular odatda bir-biriga ustma-ust yoki oraliqsiz 
(materiallarni tushib qolishidan saqlash uchun) qilib o’rnatiladi. Bunday konveyerlar issiq 
(pishirilgan) materiallarni, detallarni, maxsulotlarni uzatishda qurilish konstruktsiyalari 
zavodlarida ishlatiladi. 
Kesuvchi (pichoqsimon) qirquvchi konveyerlar. Aylanma (tortuvchi) zanjirli 
konveyerlar turlariga kesuvchi (qirquvchi) pichoqsimon konveyerlar kiradi. (2.12- rasm, b). 


77 
Ular plastinkasimon konveyerlardan shunisi bilan farq qiladiki, aylanma (tortilma) 
zanjirlarda plastinka o’rniga kesuvchi pichoqsimon moslama o’rnatiladi. Ostki ishchi qismi 
ochiq xoldagi siljimaydigan (turg’un) 
"taglik" ga tushirilgan bo’lib, u o’z xarakati davomida materiallarni uzatib beradi. 
CHo’michli konveyerlar. Bunday konveyerlar materiallarni o’z cho’michlarida tik 
yoki qiya xolatda (katta qiyaliklarda) balandligi 50 m gacha bo’lgan yo’nalishlarda uzatib 
beradi. CHo’michli konveyerlar (2.13.-rasm) yopiq aylanma ishchi qismlardan iborat bo’ladi. 
Ular o’z navbatida tez aylanuvchi (1,25-2,0 m/s) kukunsimon va mayda donador 
materiallarni uzatuvchi va sekin aylanuvchi (0,4 m/s) asosan yirik donador materiallarni 
uzatuvchi turlariga bo’linadi. Uzatuvchi materiallarni turlariga qarab, kichik va chuqur yarim 
doirasimon cho’michlarga bo’linib, aylanuvchi (tortuvchi) qismlarga 300-600 mm oraliq, bilan, 
utkir uchli cho’michlar bir-birlariga yonma-yon qilib o’rnatiladi. CHo’michlarni to’lishi, tez 
aylanuvchi konveyerlarda yuklash tayanchlari orqali, sekin aylanuvchilarda esa ko’milish 
(yumshoqroq materiallarni to’lishi) xisobiga cho’mich to’lg’aziladi. 
CHo’michdan yuklarni tushishi tez aylanuvchi konveyerlarda uzatmalar barabanining 
markazdan qochma kuchi ta’siri bilan aylanishi (og’ishi) xisobiga, sekin aylanuvchilarda esa, 
tortuvchi (og’irlik) kuchi ta’sirida (erkin tushish) amalga oshiriladi. CHo’michli 
konveyerlarda 
ish 
unumdorligi 
(t/soat) 
uzluksiz 
ishlaydigan 
mashinalar 
uchun 
materiallarning 
"portsiya"li 
berilish 
(uzatilishi) quyidagicha bo’ladi. 
P=0,6·q·k

r·p 
bunda: q — bitta cho’michning sig’imi,
l; 
k
n
- cho’michning to’lish koeffitsienti, mayda cho’michlar uchun — 0,6, katta chuqur 
cho’michlar uchun — 0,8 va o’tkir uchli cho’michlar uchun — 0,8 deb olinadi. 
r - material zichligi (xajmiy og’irligi), t/m
3

p – 60·v/T -bir minutdagi to’lish miqdori (soni); 
v - cho’michning tezligi, m/s; 
T - cho’michlarni o’rnatilish oralig’i, m. 
CHo’michli konveyerlarni xajmiy o’lchovlari kichik, lekin yuklanishda tenglik bo’lishini 
doimo tekshirib turilishini talab etadi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling