Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Konveyer va xavo yordamida ishlovchi moslamalar


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Konveyer va xavo yordamida ishlovchi moslamalar. Konveyerlar orqali asosan 
sochiluvchan, bo’laklarga bo’lingan, donador yuklar, bundan tashqari quyuq beton 
qorishmalari, rastvorlar uzatiladi. 
Xavo yordamida ishlovchi moslamalar (qurilmalar) orqali mayda yoki kukunsimon 
materiallar, trubalar orqali xavo bosimi yordamida uzatiladi. Ko’p xollarda sochiluvchan 
qurilish materiallari maxsus qurilmalar orqali uzatilganda siqilgan xavo ta’sirida to’yinib 
qoladi. Natijada ularni xarakatlanishi ortadi. 
2. 2. Yuk avtomobillari, traktorlar va g’ildirakli shatakchilar. 
Yuk avtomobillari. Yuk avtomobillarida asosiy qism: dvigatelь (1) kuzov ( 2 ) va 
tayanch asos (shassi) (3) dan iborat. SHassi — kuch uzatish moslamasi (transmissiya), yukni 
ko’taruvchi ramadan iborat. Unga dvigatelь, kabina, oldingi va orqa o’qlar rezina 
g’ildiraklar bilan xar ikkisi birgalikda, egiluvchan ilgich, ya’ni ko’prik (mostni rama bilan 
bog’lovchi moslama) mexanizmni boshqarish va elektr jixozlari o’rnatiladi. Kuzov qismi 
konstruktsiyasiga qarab: umumiy foydalanish uchun va maxsus tayyorlangan bo’ladi. 
Birinchisida bortlar ochiladi, yuk tushiriladi, ikkinchisida ma’lum aniq yuklar uchun 
foydalaniladi. Yuk tashuvchi avtomobillarda: ichki yonuv porshenli dvigatellar (benzin yoki 
gazga ishlovchi, og’irroq yonuvchi, gazotrubinali dvigatelь) qo’llaniladi. qurilish 
mashinalarining ko’pchiligida dizelь yoqilg’isi bilan ishlovchi, gazoturbinali esa faqat eng og’ir 
yukni tashuvchi avtotransportlarda foydalaniladi. Mumkin bo’lgan yuk ko’tarishiga qarab, 
dvigatelь quvvati umumiy maqsadlarda ishlatiluvchi avtomobillarda 60...220, tortuvchi 
(tyagach) mashinalarda 500 kVt ga boradi. 
2.1-rasm. Yuk mashinalarining kuch 
uzatmalari. 
A 


71 
a) 4x2 g’ildirakli, b) 6x4 g’ildirakli, v) 
6x6 g’ildirakli 
1-dvigatelь, 
2-mufta, 
3-yurish 
o’zgarishini 
uzatuvchi korobka, 4-kardanli val, 5-bosh 
uzatma, 6-g’ildiraklarni xar xil chastota 
bilan 
aylanishini 
ta’mnnlovchi 
diffrentsial, 
7-ikkita 
yarim 
o’q, 
8-tortuvchi 
g’ildirak, 
9-oldingi 
boshqaruvchi g’ildirak, ikkita tortuvchi 
o’q 
10-ikkita tortuvchi o’q,. 
Yo’lda yurishi-o’tishi bo’yicha: oddiy yo’lda xarakatlanuvchi, o’tish imkoniyatilari 
yuqori va yuqori talabdagilarga bo’linadi. Konstruktsiya talabi bo’yicha, avtomobillar ishlov 
berilgan yo’lda bitta o’qqa tushuvchi yuklanish 100 kN va boshqa barcha yo’llarda 60 kN 
oraliqda ishlab chiqariladi. Avtomobillar bir, ikki uch o’qli bo’ladi (2.1-rasm). 
Zanjirli va g’ildirakli traktorlar. Og’ir yuklarni tashish, surish uchun ishlatiladi. Ular 
bortli va o’zi ag’daradigan pritsepli, osmali qurilish mashinalariga (skreper, bulьdozer, 
ekskavator, truba montaj etuvchi kran va x.k.) bo’linadi. Zanjirli traktorlar yerga kam 
bosimli bo’lib, katta tortish kuchiga ega. 
Ular g’ildiraklilarga nisbatan yuqori o’tuvchi xisoblanadi (2.2-rasm). 
Eng katta tezligi — 12 km/s, g’ildirakli bo’lsa oson va yengil qaytib oladigan va 
tezligi — 40 km/s gacha boradi va gruntga tushgan bosimi 0.2…0.35 MPa. Zanjirlik asosga 
ega bo’lsa 0,1 MPa ga teng bo’ladi. 
Sanoat qishloq xo’jaligiga tortish kuchi - 6,9,14,20,30,40,50,60,90,150, 250 kN va 
ishlab chiqarish sanoatiga tortish kuchi - 100,150,200,250,350, 500 kN traktorlarni ishlab 
chiqarmoqda. Bular o’rnatilgan qurilmalariga qarab yuklovchi, bulьdozer, yerni 
yumshatuvchi, kran va boshqa qo’rinishda turli xildagi vazifalarni bajaruvchi turlarga 
bo’linadi. 
Traktorni dvigatelь quvvati 800 kVt, ba’zan undan yuqori bo’ladi. Traktor rama, kuch 
uzatmalari, zanjirli yoki g’ildirakli yurituvchi tayanch va boshqarish qismlaridan iborat 
bo’ladi. 
Barcha traktorlar gidravlik uzatmalardan iborat, ya’ni osma yoki pritsepli ishchi 
jixozlar uchun foydalaniladi. Zanjirli va g’ildirakli traktorlarning kuch uzatmalarida, bir va 
ikki o’qli shatakchilar, maxsus bir cho’michli yuklovchi mashinalarni yurituvchi qismlarida, 
o’zi yurar avtomobilь kranlarida, gidrodinamik uzatmalar keng miqyosda ishlatiladi. Bunday 
uzatmalarda mufta qo’shish o’rniga "gidravlik transformator" o’rnatiladi, xamda bikr kinematik 
bog’lama dvigatelь va xarakatlantiruvchi g’ildirak o’rtasidagi bog’lanish o’rnini suyuqlik 
bosadi. Bunday kuch uzatmalari gidromexanik uzatmalar deyiladi. (2.3-rasm). 
2.2.-расм. Тракторлар. 
а) двигатели олдинда жойлашган занжирли трактор, 
б)олдинги ғилдираклари бошқариладиган пневмоғилдиракли трактор. 


72 
Xarakatni boshlanishida paydo bo’lgan katta qarshilik (joydan ko’zg’alganda, 
yuqoriga xarakatlanganda yoki eng qiyin yo’l sharoitlarida) 
vaqtida, dvigatelni aylantiruvchi kuch momentini ko’paytirish xususiyatidan (dvigatelni 
yuqori koeffitsientli gidravlik transformatsiyasidan) foydalaniladi. qarshilikni kamayishi bilan 
sekin asta transformatsiya (qo’shish) momenti kamayadi, yengil xolda, yurituvchi g’ildirakning 
tezligi ortadi. Bunda transformator ishi xarakati, yuqori tartibda ishlovchi jarayonga o’tib 
boradi. Bunda uzatmadagi qo’shish-ajratish avtomatik boshqariladi, ya’ni tezligi yuqoriga 
yetgandan so’ng avtomatik tarzda bajariladi. 
SHu vaqtda dvigatelь eng katta quvvatdagi kuch bilan ishlaydi va ajratish qo’shish 
aylantiruvchi momentining uzluksiz xarakatida olib boriladi. Dvigatelni kinematik bog’lanishini 
aylantiradigan yulduzcha bilan bikr bo’lmasligi dvigatelga tushadigan yuklanishni kamaytiradi, 
uni uzoqqa chidamligini va kuch uzatmalari faoliyatini yaxshilaydi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling