Avtotsement tashuvchilar. Bunday mashinalar tsement zavodlaridan yoki tsement
elevatorlaridan qurilish maydonlariga va qurilish barpo etilayotgan joylarga tsementlarni
tashib keltirishda ishlatiladi. Avtotsement tashuvchi mashina avtomobilni bazasiga tsisternya-
yarim pritsep shaklida orqa o’qlarga tomon 6°-8° qiyalik bilan tsementni to’kilishini yaxshilash
maqsadida o’rnatiladi. TSement tashuvchi yarim pritsepli tsisternya avtomobilni orqa
o’qlarining tayanch o’rindiqlariga o’rnatilib avtomobilь bilan xarakatlanadi.
Tortuvchi moslamasiz bir joyda turgan vaqtda yarim pritsep tsisternya qo’shimcha
tayanch oyoqchalariga tayanadi (2.18-rasm).
TSisternyada ishchi bosim miqdori 0,10-0,2 Mpa gacha boradi. Bu vaqtda pastki
qismdagi kran ochilib ketadi. Xavo bilan to’la to’yingan tsement xarakatchanlikni oladi.
Natijada balandligi 25 metrli maxsus omborlarga xaydaladi. Maxsus tsement tashuvchi
avtomashinalarni ish unumdorligi 3, 5, 8, 13 va 22 tonna talab asosida ishlab chiqariladi.
2. 6. Yuklovchi va tushiruvchi mashinalar
Yuklovchi va tushiruvchi mashinalar. qurilishda bunday mashinalar donador va
sochiluvchan yuklarni yuklash va transport vositalaridan yuklarni tushirishda
foydalaniladi. Ular asosan g’ildirakli o’zi yurar yoki zanjirli ko’taruvchi-uzatib beruvchi
mashinalarga bo’linadi. Ish jarayonlarini bajarish talablariga qarab: yuklovchi tushiruvchi
mashinalar, to’xtab (tsikl bilan) ishlovchi va to’xtovsiz ishlovchi mashinalarga bo’linadi.
Birinchisi ommaviy bo’lib, turli sharoitlarda xam bemalol ishlay oladi, chunki bunda ishchi
jixozlarining turlari ko’p bo’lib, turli-tumandir. Ikkinchisi katta xajmdagi yuklash ishlari
bajariladigan ob’ektlarda, sochiluvchan qurilish materiallarini siljitish va tushirish ishlarida,
shuningdek ishlash jarayonlari to’xtovsiz talab etiladigan joylarda foydalaniladi. Temir yo’l
vagonlarida esa materiallarni tushirishda maxsus va bir vazifani tushurishni bajaruvchi turli
konstruktsiyalar ishlatiladi. Kesuvchi, tortuvchi-so’ruvchi, aylanib tushiruvchi va boshqa
ishchi qismlariga ega. Vazifasiga qarab: donador yuklarni yuklovchi avtoyuklagich,
sochiluvchi yuklarni yuklovchi bir va ko’p cho’michli yuklagichlar bo’ladi. Bunday
yuklagichlarga avtotsement tashuvchilar xam kiradi.
2. 18-rasm. Avtotsement tashuvchi mashinalar.
1-tsisternya yuki; 2-tsisternyali yarim pritsep; 3-tayanch oyoqchalari; 4-vakuum xaydagich;
5,11-tsementli chang xavoni tozalovchi moslama; 6-mushtukcha;7-egiluvchan shlang; 8-
tushirish krani; 9-taqsimlovchi quvur; 10-tsement balandligini o’lchovchi signalizator; 12-
manometr; 13,14-teskari klapanlar; 15-aerolotok; 16-muxofaza klapani.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |