Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Konveyer va xavo yordamida ishlovchi moslamalar
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 2. Yuk avtomobillari, traktorlar va g’ildirakli shatakchilar.
Konveyer va xavo yordamida ishlovchi moslamalar. Konveyerlar orqali asosan
sochiluvchan, bo’laklarga bo’lingan, donador yuklar, bundan tashqari quyuq beton qorishmalari, rastvorlar uzatiladi. Xavo yordamida ishlovchi moslamalar (qurilmalar) orqali mayda yoki kukunsimon materiallar, trubalar orqali xavo bosimi yordamida uzatiladi. Ko’p xollarda sochiluvchan qurilish materiallari maxsus qurilmalar orqali uzatilganda siqilgan xavo ta’sirida to’yinib qoladi. Natijada ularni xarakatlanishi ortadi. 2. 2. Yuk avtomobillari, traktorlar va g’ildirakli shatakchilar. Yuk avtomobillari. Yuk avtomobillarida asosiy qism: dvigatelь (1) kuzov ( 2 ) va tayanch asos (shassi) (3) dan iborat. SHassi — kuch uzatish moslamasi (transmissiya), yukni ko’taruvchi ramadan iborat. Unga dvigatelь, kabina, oldingi va orqa o’qlar rezina g’ildiraklar bilan xar ikkisi birgalikda, egiluvchan ilgich, ya’ni ko’prik (mostni rama bilan bog’lovchi moslama) mexanizmni boshqarish va elektr jixozlari o’rnatiladi. Kuzov qismi konstruktsiyasiga qarab: umumiy foydalanish uchun va maxsus tayyorlangan bo’ladi. Birinchisida bortlar ochiladi, yuk tushiriladi, ikkinchisida ma’lum aniq yuklar uchun foydalaniladi. Yuk tashuvchi avtomobillarda: ichki yonuv porshenli dvigatellar (benzin yoki gazga ishlovchi, og’irroq yonuvchi, gazotrubinali dvigatelь) qo’llaniladi. qurilish mashinalarining ko’pchiligida dizelь yoqilg’isi bilan ishlovchi, gazoturbinali esa faqat eng og’ir yukni tashuvchi avtotransportlarda foydalaniladi. Mumkin bo’lgan yuk ko’tarishiga qarab, dvigatelь quvvati umumiy maqsadlarda ishlatiluvchi avtomobillarda 60...220, tortuvchi (tyagach) mashinalarda 500 kVt ga boradi. 2.1-rasm. Yuk mashinalarining kuch uzatmalari. A 71 a) 4x2 g’ildirakli, b) 6x4 g’ildirakli, v) 6x6 g’ildirakli 1-dvigatelь, 2-mufta, 3-yurish o’zgarishini uzatuvchi korobka, 4-kardanli val, 5-bosh uzatma, 6-g’ildiraklarni xar xil chastota bilan aylanishini ta’mnnlovchi diffrentsial, 7-ikkita yarim o’q, 8-tortuvchi g’ildirak, 9-oldingi boshqaruvchi g’ildirak, ikkita tortuvchi o’q 10-ikkita tortuvchi o’q,. Yo’lda yurishi-o’tishi bo’yicha: oddiy yo’lda xarakatlanuvchi, o’tish imkoniyatilari yuqori va yuqori talabdagilarga bo’linadi. Konstruktsiya talabi bo’yicha, avtomobillar ishlov berilgan yo’lda bitta o’qqa tushuvchi yuklanish 100 kN va boshqa barcha yo’llarda 60 kN oraliqda ishlab chiqariladi. Avtomobillar bir, ikki uch o’qli bo’ladi (2.1-rasm). Zanjirli va g’ildirakli traktorlar. Og’ir yuklarni tashish, surish uchun ishlatiladi. Ular bortli va o’zi ag’daradigan pritsepli, osmali qurilish mashinalariga (skreper, bulьdozer, ekskavator, truba montaj etuvchi kran va x.k.) bo’linadi. Zanjirli traktorlar yerga kam bosimli bo’lib, katta tortish kuchiga ega. Ular g’ildiraklilarga nisbatan yuqori o’tuvchi xisoblanadi (2.2-rasm). Eng katta tezligi — 12 km/s, g’ildirakli bo’lsa oson va yengil qaytib oladigan va tezligi — 40 km/s gacha boradi va gruntga tushgan bosimi 0.2…0.35 MPa. Zanjirlik asosga ega bo’lsa 0,1 MPa ga teng bo’ladi. Sanoat qishloq xo’jaligiga tortish kuchi - 6,9,14,20,30,40,50,60,90,150, 250 kN va ishlab chiqarish sanoatiga tortish kuchi - 100,150,200,250,350, 500 kN traktorlarni ishlab chiqarmoqda. Bular o’rnatilgan qurilmalariga qarab yuklovchi, bulьdozer, yerni yumshatuvchi, kran va boshqa qo’rinishda turli xildagi vazifalarni bajaruvchi turlarga bo’linadi. Traktorni dvigatelь quvvati 800 kVt, ba’zan undan yuqori bo’ladi. Traktor rama, kuch uzatmalari, zanjirli yoki g’ildirakli yurituvchi tayanch va boshqarish qismlaridan iborat bo’ladi. Barcha traktorlar gidravlik uzatmalardan iborat, ya’ni osma yoki pritsepli ishchi jixozlar uchun foydalaniladi. Zanjirli va g’ildirakli traktorlarning kuch uzatmalarida, bir va ikki o’qli shatakchilar, maxsus bir cho’michli yuklovchi mashinalarni yurituvchi qismlarida, o’zi yurar avtomobilь kranlarida, gidrodinamik uzatmalar keng miqyosda ishlatiladi. Bunday uzatmalarda mufta qo’shish o’rniga "gidravlik transformator" o’rnatiladi, xamda bikr kinematik bog’lama dvigatelь va xarakatlantiruvchi g’ildirak o’rtasidagi bog’lanish o’rnini suyuqlik bosadi. Bunday kuch uzatmalari gidromexanik uzatmalar deyiladi. (2.3-rasm). 2.2.-расм. Тракторлар. а) двигатели олдинда жойлашган занжирли трактор, б)олдинги ғилдираклари бошқариладиган пневмоғилдиракли трактор. 72 Xarakatni boshlanishida paydo bo’lgan katta qarshilik (joydan ko’zg’alganda, yuqoriga xarakatlanganda yoki eng qiyin yo’l sharoitlarida) vaqtida, dvigatelni aylantiruvchi kuch momentini ko’paytirish xususiyatidan (dvigatelni yuqori koeffitsientli gidravlik transformatsiyasidan) foydalaniladi. qarshilikni kamayishi bilan sekin asta transformatsiya (qo’shish) momenti kamayadi, yengil xolda, yurituvchi g’ildirakning tezligi ortadi. Bunda transformator ishi xarakati, yuqori tartibda ishlovchi jarayonga o’tib boradi. Bunda uzatmadagi qo’shish-ajratish avtomatik boshqariladi, ya’ni tezligi yuqoriga yetgandan so’ng avtomatik tarzda bajariladi. SHu vaqtda dvigatelь eng katta quvvatdagi kuch bilan ishlaydi va ajratish qo’shish aylantiruvchi momentining uzluksiz xarakatida olib boriladi. Dvigatelni kinematik bog’lanishini aylantiradigan yulduzcha bilan bikr bo’lmasligi dvigatelga tushadigan yuklanishni kamaytiradi, uni uzoqqa chidamligini va kuch uzatmalari faoliyatini yaxshilaydi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling