Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Og’ir yuklarni tashuvchi maxsus avtomobillar
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 4. Konveyerlar va ularning turlari.
- Tasmasimon konveyerlar
Og’ir yuklarni tashuvchi maxsus avtomobillar. Bu turdagi avtomobillar ish bajarish
vazifasiga qarab: ommaviy turdagi yuklarni (qurilish mashinalarini, qismlarga ajralmaydigan texnologik jixozlarni) maxsuslashtirilgan; maxsus texnologik jixozlarga moslangan va katta miqdordagi og’ir yuklarga mo’ljallangan (konteynerlar va kichik miqdordagi og’ir yuklarni tashuvchi); maxsus mashinalar: yirik xajmli yuklar uchun, aloxida katta og’irlikdagi va katta o’lchamli texnologik jixozlarga mo’ljallangan bo’ladi. Og’ir yuk tashuvchi mashinalar vazifasiga qarab, yuk ko’tarish qobiliyati 100 tn va undan ortiq yuk ko’taruvchi qilib tayyorlanadi. (2.11-rasm). Og’ir yuk tashuvchi mashinalar konstruktsiyasiga qarab pritsepli, yarim pritsepli, ba’zan o’zi yurar mashinalar tarzida past platformali ikki, uch, to’rt o’qli, ko’p g’ildirakli barcha o’qlari boshqariladigan suyuqlikda tayyorlanadi. Ba’zan og’ir yuk ko’taruvchi mashinalarda yuklash va tushirish ishlarini yaxshilash maqsadida ularga maxsus lebedkalar o’rnatiladi. Ba’zi bir mashinalarni platformalari yuklarni tushirish va yuklash chegarasida (500-900 mm) xajmiy suyuqliklar orqali ishlovchi uzatmalar orqali pastlab yoki yuqorilatib turiladi. 2. 4. Konveyerlar va ularning turlari. Konveyerlar orqali donador sepiluvchi materiallar, donador yuklar, shuningdek yumshoq, oquvchan qorishmalar (beton, qum-tsement qorishma) kerakli joyga uzatilib beriladi. Konstruktsiyasiga qarab ular; tasmasimon va cho’michli, vintli va tebranmali tarzda tayyorlanadi. Tasmasimon va cho’michli konveyerlarda materiallar to’xtovsiz tarzda zanjirlar yoki tasmalar orqali yetkazib beriladi. Vintsimon va tebranmali bo’lsa, aylanuvchi qism yoki ishchi o’zakli tebranish orqali bajariladi. Tasmasimon konveyerlar. Bu turdagi konveyerlar keng tarmoqlarda ishlatiladi. Ular turli-tuman yuklarni gorizontal yoki qiyalik yo’nalishlari bo’yicha to’xtovsiz uzatib beradi. Ularni ish unumdorligi (soatiga bir necha ming tonnagacha) yuqori va sezilarli uzoqlikka (bir necha 10 km gacha) yetkazib beradi. qurilishda ko’chirilib turadigan va ko’chmas (turg’un) konveyerlar ishlatilib, masofasi uncha katta bo’lmagan oraliqlarda foydalaniladi. Ko’chuvchi tasmasimon konveyerlarni uzunligi 5, 10 va 15 m qilib tayyorlanadi. Ularni tayanch qismlari g’ildiraklardan iborat bo’lib, bir joydan ikkinchi joyga qo’l kuchi yoki tyagach orqali siljitib turiladi. Ko’chmas tasmasimon konveyerlarni montaj qulayligini oshirish uchun ular aloxida sektsiyalar shaklida uzunligi 2...3 m va umumiy uzunligi 40...80 m etib jamlanadi. Tasmasimon konveyerlar keng tarmoqlarda: rotorli va zovur qazuvchi ekskavatorlarning asosiy ishchi qismlari sifatida, beton qorishmasi quyadigan va boshqa turdagi mashinalarda, ko’proq mashinalarning asosiy ishchi qismlarida ishlatiladi. qurilish materiallarini uzatib berish uchun material va rezina qo’shib tayyorlangan tasmalar (bir necha qavatli qilib tayyorlanadi) jamlanib (belьting materiali) ishlatiladi. Kengligi va qavatlar soni standartlashgan bo’ladi. CHo’zilishga faqat mato materiali ishlaydi. Ular asosan paxta qog’ozli iplar yoki yanada pishiqroq maxsus sun’iy tolalardan to’qilgan materiallardan tayyorlanadi. Tasmasimon konveyerlarni kengligi, ularning ish unumdorligi yoki tezligiga qarab (0,4-1,6 m tarzda) ko’proq ishlatiluvchi, qurilish materiallarini tashuvchi (tezligi 0,8-2,5 m/s) talabda 2. 11-расм. О\ир юк кытарувчи ярим прицеп. 76 tayyorlanadi. Ko’p cho’michli ekskavatorlarni ishchi qismi xisoblanuvchi tasmasimon konveyeri, shuningdek yer ishlarini bajaruvchi (kovlovchi) mashinalarda, tasmasining kengligi 3,2 m gacha bo’lib, 8 m/s tezlikgacha xarakatlanadi. Tasmasimon konveyerlarda ish unumdorligi (t/soat) quyidagicha topiladi P=3600-A·r· Bunda A — yuklangan materiallar oqimining ko’ndalang kesim yuzasi, m 2 ; - yuklangan materiallarning xarakat tezligi, m/s; r - materiallarning zichligi (xajmiy og’irligi), t/m . U xolda talab etilgan ish unumdorligi bilan ishlash uchun, tasmani kengligi (m) K B T k В bunda k-yoysimon tasmali konveyerlarda material oqimining ko’ndalang kesimi yuzasini o’zgarishini xisobga oluvchi koeffitsient; (uchta rolikli tayanchlarda xarakatlansa, agar yon tomonlaridagi rolik qiyaligi a=20° va 30° bo’lsa, ularda o’z navbatida 0,05 va 0,04 deb olinadi). Yirik donador materiallarni tashishda ularni sochilib ketishdan saqlash uchun tasma kengligi quyidagicha bo’ladi. V>2 a max =0,2 m Bunda a max - material donalarining eng katta o’lchami, m. SHu tarzda tasma kengligini bilgan xolda uning mustaxkamligi, undagi qavatlar soni va bitta qavatdagi birlik yuzaga tushuvchi yuklanish orqali aniqlanadi i=T/(V K) bunda T— tasma iplarini aylanma barabanga ta’sir etishdagi kuchlanish, N. K — bitta qavatdagi 1 sm kenglikdagi (oraliqda) ajralib qoluvchi ruxsat etilgan kuchlanish, N/sm. Tasmali konveyerlarni ishlatilishida ular tarang xolatda tortiladi. qavatlarni siljishi (ajralishi) xisobiga tasmani solishtirma cho’zilishi 20-30% ga yetadi. SHuning uchun katta (uzun) tasmalarda 10-12 marta ko’proq mustaxkamlik chegarasi olinadi. Paxta qog’ozli iplar orqali tayyorlangan tasmalarda siljishdagi zo’riqish 60 N/sm, sun’iy belьting ipli bo’lsa- 300N/sm ko’proq talabda olinadi. Uzatmalar barabanidagi tortuvchi zo’riqish, iste’mol quvvati orqali quyidagicha ifodalanadi: S=1000 / N ; Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling