Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir yo’l transporti
- Suv transporti
- Xavo transporti
Maxsus avtomobillarga: yuk avtomobillari, pritsep va yarim pritseplar, (truba,
ferma, balka, panelь, donador va sochiluvchi materiallar tashuvchi, konteynerlar va x.k.) kiradi. Ularni ishlatilishi, yuklarni tashishda yuqori samaradorlikka olib keladi, ya’ni yukni sifati buzilmaydi, ishonchliligi yuqori va x.k. bo’ladi. Temir yo’l transporti. Katta miqdor (partiya) dagi qurilish yuklari va jixozlarini aniqlashtirilgan yoki qurilayotgan katta xajmli bino va inshootlarga oraliq masofasi Lq200 km dan kam bo’lmaganda tashib keltirishda foydalaniladi. Ulardan tashqi, va ichki kon (ruda) qazish manbalarida, texnologik jixozlarni tashishda foydalaniladi. Yuklar yarim vagon, platforma, yopiq vagon va maxsus tsisternya, vagon samosvallarda tashiladi. Ularni tanlash: tashiladigan yuklarning saqlanishi, yuklash va tushirishni mexanizatsiyalashganligi, yukni tortilish imkoniyati va x.k. talablar asosida olib boriladi. Xarakatlanuvchi sostavni yuk qobiliyati uni o’qlarga nisbatan tushadigan yuklanishiga bog’liq Ya’ni o’qlar bo’yicha yuklanish 220 kN dan oshmasligi kerak. Faqat tog’-kon sanoatida karьerlarda ishlatilsa, maxsus idoralar tomonidan ruxsat etilishi mumkin. Suv transporti. Bunda yuklar daryo va dengiz kemalari orqali tashiladi. Daryo transportlari port oraliqlarida bo’lib, katta xajmdagi inshootlarga kerakli yuklarni avtomobilь va temiryo’l transportlariga yuklanish joylarigacha keltirib beradi. Ular kuch qurilmalariga qarab: o’ziyurar, tortib yuriladigan bo’ladi. Ularni yuk ko’tarish qobiliyati 1000 tonnagacha bo’ladi. Tortib yurg’iziladigan suv transportlari ochiq maydonchali (barja) va sektsiyali bo’ladi. Sektsiyali sostavni turtish xisobiga, barjalar esa turtish va buksirga olish bilan 70 xarakatlantiriladi. Barjalar asosan yuqori yuklanishli kemalarda, temir-yo’l va avtomobilь transportlariga qaraganda yuklarni eltib berishga moyil bo’lib, kapital sarf 1 km temir yo’l transportiga nisbatan ancha samarali xisoblanadi. Xavo transporti (samolyot, vertolyot, dirijablь). Asosan yuklarni eng qiyin joylarga olib borishda yer usti, suv transporti yo’q yoki ularga sharoit bo’lmagan iqlimli joylarda foydalaniladi. Bular ichida ko’proq vertolyotlar qo’llanilmoqda. Yuk asosan ichki o’rindiq joylariga (fyuzelyajga) qo’yiladi. Katta o’lchamli yoki o’rnatish (joylash) maydonchalari bo’lmasa, tashqi osmalarga qo’yiladi. Yuk ko’tarishi, uzoq masofaga borishi, uchishdagi tezligi, uni uchish og’irligi imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. quyidagi sinflarga bo’linadi: baland inshootlarni tiklashda (teleminora, retranslyator, domna pechi, truba va x.k.) va kichik xajmdagi elementlarni montajida (ustunni poydevorga o’rnatishda, reaktor, elektr uzatmalarda) ishlatiladi. qulay bo’lishi uchun aloxida boshqarish kabinalarga ega. Vertolyotlarni yuk bilan birga ko’tarilishi 43 tn gacha boradi. Tashqi ilgichdagi eng ko’p yuklanish 11 tn ni tashkil etadi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling