69
2. 1. Yuk tashish transportlarining turlari xaqida umumiy
tushunchalar.
qurilishda yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, tashish asosan yer usti, suv
va xavo transportlari yordamida bajariladi. qurilishda yuklarni 90% dan ortiqrog’i
yer usti
transportlari:
avtomobilь, temiryo’l transporti, truboprovod moslamalari
yordamida amalga
oshiriladi. Tashiladigan yukga qarab, transportlar tanlanadi. Ya’ni uzoq-yaqinligi,
yetkazib
berishga ketadigan vaqt va shunga o’xshash parametrlar xisobga olinadi.
Yuk tashish mashinalarini quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- yuk avtomobillari va traktorlari;
- temiryo’l transporti;
- xavo transporti;
- pnevamatik yuk tashish qurilmalari;
- gidravlik yuk tashish qurilmalari;
- suv transportlari.
Avtomobilь transportlari. Eng ko’p ishlatiladigan va qulay transport turi xisoblanadi.
qurilish ob’ektini o’zida xam yuklarni tashib, joylarda xech qanday ortiqcha yuklanishga xojat
qoldirmaydi. Barcha yuklarni (grunt, konstruktsiyalar,
materiallar, texnologik jixozlar,
qurilish materiallari) tashish traktor, avtomobilь, g’ildirakli, tayanch (80% yuk) shular
zimmasiga tushadi. Avtomobilь transportlariga tushadigan sarflar,
butun qurilish montaj
ishlarining 10...15% ini tashkil etadi. Ular o’z navbatida: umumiy tartibda foydalaniladigan
va maxsuslashtirilgan avtomobillarga bo’linadi. Umumiy tartibda foydalaniladigan
avtomobillarga: yuk ko’taruvchi, suyuq va yashiqsiz maxsulotlarni tashiy oladigan barcha
transportlar kiradi.
Avtomobilь yoki o’rindiqli shatakchilar pritsepli yoki yarim pritsepli bo’lsa,
avtopoezd deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: