66
Boshqarish sistemasi ishonchli, yaqqol ko’zga
tashlanadigan, sekin-asta xarakatni
ko’taradigan, xavfsiz, yengil va operator uchun qulay bo’lishi kerak.
Richag xolati operatorga qaysi tomonga xarakat tasavvurini berishi,
ozroq vaqtda
sozlash talab etiladigan bo’lishi kerak.
Boshqarish vazifasiga qarab: to’xtatish moslamasi, mufta, dvigatelь, ishchi qismlaridan
iborat bo’ladi (1.32 -rasm).
Energiya uzatish usuli bo’yicha: mexanik richagli, elektrli,
gidravlik, pnevmatik,
jamlangan,
shuningdek
avtomatlashtirish
ko’rsatkichi bo’yicha: avtomatlashmagan,
avtomatlashgan turlarga bo’linadi.
Afzalligi: ishchi elementlar
xarakati sekin-asta uzatiladi, sozlash imkoniyati yaxshi,
to’satdan paydo bo’lgan xarakatni yumshoq uzatib beradi.
Kamchilligi: ishchi suyuqligini bosimi ish bajaruvchi qismlarda tezlik bilan o’sadi
(0,1...0,2 sek) va uni birdaniga o’chib qolishi va bunda konstruktsiya elementlarida dinamik
kuchlanishni xosil bo’lishiga olib keladi.
Bu muammolar asosan xavo bilan ishlovchi boshqarish sistemalarida tuzatilib, qurilish
mashinalarida keng foydalanilmoqda. Bunday sistemalarda bosim 0,7...0,8 MPa bo’ladi.
Drossel moslamasi orqali vaqt bo’yicha,
bosim sekin-asta, yengil, oson ortishi mumkin
(kerakli miqdordagi bosim bilan). Xavo, kompressor orqali yuboriladi. Kamchilligi: xavoni
obdon, turli xil chang, iflosliklardan, loy va namdan tozalash, kondensatni o’z vaqtida undan
chiqib ketmasligi, natijasida uni sovuqda muzlashga olib kelishi mumkin.
Ishchi bosimlar sistemalarda avtomatik va damlanma g’ildirakli
mashinalarning rul
qismini boshqarishida gidroprovod tuzilmalar orqali ishlatiladi. Bu tuzilmada kuchlanish
quvvati xosil bo’lib, natijada rul boshqariladi. Gidravlik va pnevmatik tuzilmalar, ma’lum bir
masofada turib boshqarishni va mashina ishini avtomatlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: