Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruvchi gidroapparat
- Reduktsion klapan
- Gidrodrosselь.
Teskari gidroklapanlar. Teskari gidroklapanlar suyuqlik xarakatini faqat bir
tomonlama o’tkazadi. Teskarisiga xarakatlansa to’sib qoluvchi element klapan o’tirgichiga tushib to’sadi. Ular bosim birdaniga ko’tarilib, ishchi qismlarda kuchlanish xosil bo’ladigan joylarda ishlatiladi. Oqimni tekis, bir maromda bo’lishini ta’minlaydi. Klapanda prujina bo’lib, u suyuqlikni xarakatini teskari yo’nalishiga qarshilik qildirmaydi. U to’sib (berkitib) turuvchi elementni o’rindiqga to’g’ri o’rnashi uchun mo’ljallangan. SHuningdek ular xaydagichlarda to’satdan paydo bo’luvchi kuchli bosimdan ximoya etuvchi element bo’lib, ishchi qismlarda kuchlanish va ishchi suyuqliklarni suyuqlik liniyalaridagi yo’nalishini bir me’yorda tarqalishi uchun xam ishlatiladi. 62 So’ruvchi klapan. Teskari gidrokdapanlarning bir turidir. Suyuqlik uzatuvchi gidroliniyaga o’rnatiladi (gidrodvigatelь, gidroxaydagich). U gidroliniyani ishchi suyuqligi bilan ta’minlab turadi. Suyuqliq qulfi. Teskari klapanni boshqarib turadi. Ya’ni sitemani yopilishini ta’minlaydi va aksincha kerakli vaqtda xar ikki tomonga o’tkazib turadi. SHuning uchun teskari klapandan tashqari shtok va porshenь ishlatiladi. U gidrodvigatelь va gidrotaqsimlagich oralig’iga o’rnatiladi. Bu esa ishchi qismlarning ishonchli bo’lishini ta’minlab turadi. Boshqaruvchi gidroapparat. O’tuvchi kanaldan oqib o’tuvchi ishchi suyuqligini ba’zan ochib, suyuqlik sarfi va bosimni o’zgartiradi. Ularga: bosim gidroklapan (maxsus saxlagich va reduktsionli), drossel ishchi oqimini boshqaruvchi moslamalar kiradi. Muxofaza gidroklapani. Bosimni chegaralab turadi, ya’ni gidrodvigatelьdan keluvchi tashqi katta kuchlanishni qabul qilib, xaydovchi gidroliniyadan oquvchi liniyaga o’tkazadi. Reduktsion klapan. Aloxida uchastkalardagi past bosimli suyuqlikni ushlab turish uchun ishlatiladi. Bo’shliq A kuchli bosim bilan ishlovchi quvur uzatmasiga birlashtirilgan. Bo’shliq A dagi bosim, prujina kuchlanishini va bo’shliqdagi bosim kuchi S ni yengib klapan 1 ni ochadi. SHu davrda yuqori bosimli bo’shliqdan past bosimli bo’shliqga ishchi suyuqlik o’ta boshlaydi, ya’ni past bosimli quvur uzatmasida xam bosim ma’lum bir ko’rsatkichga yetadi. SHundan so’ng kanal 2 oraliq suyuqlik bosimi o’tib bo’shliq S ni to’ldiradi. Bosim kuchi ta’sirida S bo’shliqda borib keluvchi (zolotnik) element siljiydi va liniyadagi yuqori bosimli suyuqlik o’tishini berkitadi. Gidrodrosselь. Gidroliniyalarda suyuqlik sarfini boshqarish uchun ishlatiladi. U doimiy yoki gidravlik qarshilik bilan boshqariladi. Teskari klapanli sozlanuvchi gidrodrosselь bir tomonlama yo’nalishga ega bo’lgan suyuqlik oqimi uchun to’sib qoluvchi va boshqa yo’nalishdagi oqimni erkin suyuqlikda o’tishini ta’minlovchi qurilma. Yuqorida keltirilgan elementlardan tashqari xajmiy gidrotransmissiyalar o’z ichiga: ishchi suyuqdigi konditsionerini, gidrobak, gidroakkumulyator va gidroliniyalarni oladi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling