Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Tebranmali konveyerlar. Bu xildagi konveyerlar asosan uzatiluvchi materiallar; 
sochiluvchan materiallar, yopishqoq quyuq, qorishmalarni tashkil etuvchi zarrachalarni 
o’zaro tortish kuchini (o’zaro ichki ishqalanish kuchini) sezilarli darajada kamayishi xisobiga, 
shuningdek materiallarni tegib turuvchi yuza qismlari bo’yicha ma’lum bir tebranma va 
amplituda bo’yicha xarakatidan kelib chiquvchi ichki va tashqi ish xarakatidan kelib chiquvchi 
ichki va tashqi ishqalanishni paydo etilishi printsiplariga asoslangan. 
Tebranish manbai bo’lib elektromagnitli qo’zg’atma yoki 
mexanik uzatmali titratgich (ekstsentirk, krivoship-shatunli) 
manbaalar xizmat qiladi. Materiallarni tebranishi quvursimon 
yoki jelobsimon bikr qism orqali amalga oshiriladi (2.15-rasm). 
Yuqori va o’rta chastotali tebranishlarda qiya xolda nova xar bir 
tebranishda I xolatdan II xolatga o’tib va yana I xolatga qaytadi. Bu 
paytda material qismlari A nuqtada turgan xolatdan, nova bilan 
birgalikda B nuqtaga ko’chib siljiydi va juda tez orqaga, avvalgi 
xolatgaga qaytishida V nuqtada paydo bo’ladi. Ya’ni A nuqtadan 
yuqoriroqda joylashgan bo’lib, xar bir tebranish uzatuvchi qism xarakati bo’yicha sodir bo’ladi. 
Materiallarni gorizontal bo’yicha, qiyalik va qiya burchak bilan yuqoriga uzatish 
mumkin. qurilishda tebranmali konveyerlar qisqa masofalarda materiallar oqimini teng 
taqsimlagan xolatda uzatish uchun ishlatiladi. Misol uchun qorishma to’ldiruvchilarini teng 
taqsimlashda yoki konveyerlarni bir tekisda yuklanishida amalga oshiriladi. 
 
2. 5. Materiallarni xavo yordamida uzatish 
Materiallarni xavo yordamida uzatish uchun moslamalar. Bunday moslamalar 
yordamida sochiluvchan materiallar quvurlar orqali, siqilgan xavo yoki damlangan xavo 
yordamida kerakli joylarga uzatiladi. Bunday moslamalarning (mashiinalarni) qurilish 
materiallarini (tsement, qum, oxak, qirindi va b.) yuklashda, tushirishda, uzatib berishda 
mexnat unumdorligini oshirishiga, changlanish va ifloslanishni butunlay bo’lmasligiga, barcha 
ishlarni mexanizmlarga yuklab, ularni avtomatlashtirishga sharoit yaratadi. Xavo yordamida 
ishlovchi uzatish moslamalarining samarali tomoni ularda xarakatlanuvchi qismlarning 
yo’qligidir. Ya’ni kichik diametrdagi quvurlarni qo’llanilishi xisobiga xar qanday fazoviy, 
uzun oraliqli uzatmalarda xam yuqori unumdorlikda ishlashidir. Kamchiliklari bo’lib, katta 
xajmdagi xavo nimi unumdorlikda ishlashidir. Kamchiliklari bo’lib, katta xajmdagi xavo 
oqimi sarfi va katta energiya talablik (1,5-5 kVt. soat/t) jarayonidir. SHuningdek jixoz va 
element, moslama elementlarining (qismlarining)emirilishidir. Ish rejimiga qarab xavo 
yordamida ishlovchi moslamalar: so’ruvchi, sochuvchi (purkovchi) bo’ladi. (2.16-rasm). 
2. 16-rasm. Pnevmotransportli qurilmalarni printsipial sxemasi. 
2.15-rasm 
Tebranmali 
konveyer 


80 
Bunday qurilmalarga materiallarni yuklash va uzatib berish siqilgan xavoni uzatuvchi 
quvurlar ( 2 ) orqali xarakati natijasida amalga oshiriladi. U o’z navbatida vakuum xaydagich 
(8) orqali yuboriladi. Material uzatuvchi quvurga tumshuqcha (1) orqali uzatiladi. Uzatuvchi 
quvurdagi material to’kuvchi idishga (3) kameraga tushib, u joyda material aylanma xavo 
oqimiga duch keladi va birdaniga xavo tezligini pasayishi natijasida ochilib-berkilib turuvchi 
qism ( 4 ) orqali bunker (5)ga tusha boshlaydi. Ortiqcha xavo tozalovchi moslama filьtr orqali 
o’tib keyingi bosqichlarda ishlatish uchun o’tadi va tozalangan xavo yig’ib xaydovchi (8) 
bo’shliq idishga tushadi. SHundan so’ng quvur (7) orqali tashqi muxitga chiqarib yuboriladi. 
Sochuvchi qurilmalarda esa (2.16-rasm, b) materiallar xarakati kompressor (10) yordamida 
boshqariladigan kuchli bosim ta’siri natijasida amalga oshiriladi. Bunkerdagi material 
yuklovchi idish (13) ga to’planib, o’sha joydan to’sgich (12) orqali siqilgan xavo ta’sirida 
ochilib-yopilib turuvchi moslama (16) zatvor orqali bunker (17) idishga tushadi. Xavo 
tozalagich (18) filьtr orqali o’tuvchi xavo tashqi atmosferaga tashlab yuboriladi. So’ruvchi 
kompressor yordamida tashqi muxitdagi xavo, xavo yig’uvchi ( 9 ) orqali o’tib turli xildagi 
chang va iflosliklardan tozalanib xavo to’planadigan idishga (11) tushadi va u yerda to’planib 
siqilgan xavo keyingi ishlarga quvur orqali materiallarni xaydash uchun ishlatiladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling