Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Avtoyuklagichlar. Bunday mashinalarning asosiy ishchi qismlari, vilkali 
ushlagichlardan iborat bo’ladi. SHu vilkali ushlagichlar orqali mashina yuklarni 
tagiga solib yoki mayda yuklarni yoki maxsus 
shtabellarga yuklangan yukni ostki qismidan ilib 
yuklaydi. Vilkali ushlagichlari orqali donador temir-
beton buyumlari, g’isht terilgan poddonlar, jixozlar, 
uzun 
o’lchamli yogoch materiallar, metall 
konstruktsiyalar, metallar va boshqalar yuklanadi 
va tushiriladi yoki bir joydan ikkinchi joyga 
tashiladi. Vilkali ushlagichlar avtomobillar asosida 
(ko’priklari, korobkalari, boshqarish va to’xtatish
mexanizmlari) ichki yonuv dvigatellari orqali yoki 
elektrodvigatelь 
bilan 
ishlovchi 
talabda 
tayyorlanadi (2.19-rasm). Bu mashinaning barcha qismlari yurituvchi moslamaning rama 
qismiga o’rnatilgan bo’lib, ular o’z navbatida oldingi va orqa o’qlarga tayanadi. 
Avtomobillardan farqi shuki, bunda dvigatelь va boshqarish mexanizmi orqa o’qdarda 
joylashgan. Tortuvchi o’q oldida bo’lib, unda ikkitadan g’ildirak joylashtirilgan. Bunga sabab 
o’z ishchi jixozlaridan va ko’tarilayotgan yukdan yuklanishni tushishidir. Avtoyuklovchining 
yurituvchi moslamalari qattiq qoplamali maydonlarda ishlash uchun moslashtirilgan. Orqa 
o’qda joylashtirilgan g’ildiraklar yuklash va tushirish ishlarini bajarishda qulaylik yaratadi. 
Vilkali avtoyuklagichlarni yuk ko’tarish qobiliyati 3-5 t bo’lib, balandligi 6m va yuk 
bilan 20 km/soat va yuksiz xolatda 40 km/soat tezlikda xarakatlanadi. Ularga o’z navbatida 
turli vazifalarni bajarishi uchun turli xildagi moslamalarni almashtirilishi mumkin. 
Avtoyuklagichning ko’taruvchi qismi - yuk ko’taruvchi qism bo’lib yuklagichning 
ramasiga maxkamlangan, yuqoriga tik yo’nalgan rama ( 2 ) , ichki siljuvchi rama ( 4 ) va 
yuk ko’taruvchi karetka (8) unga biriktirilgan vilka ( 5) ushlagichlardan iborat. Yukni to’la 
xolda ishonchli ilib olish uchun tik xoldagi rama oldingi tomonga 3°-4°, yuk bilan 
turg’unligini ta’minlash uchun orqaga 12...15° ga ikkita gidravlik tsilindr yordamida amalga 
oshiriladi. Siljuvchi rama asosiy rama bo’ylab gidravlik tsilindr (1) yordamida xarakatlanadi. 
Gidrotsilindr korpusi asosiy ramaning ostki qismidagi ko’ndalang kesimli tayanchga 
maxkamlanadi. Porshenь (3) va shtok (10) sharnir orqali siljuvchi ramani (6 ) yuqori 
qismidagi balkasiga bog’langan. Bir vaqtni o’zida tik yo’nalgan rama bo’ylab yuk karetkasi 
qaytaruvchi zanjirli moslama yordamida xarakatlanadi. Oxirgi qism ikki plastinkali zanjir 
( 9 ) dan iborat bo’lib, u tishli yulduzcha ( 7 ) orqali aylanib o’tadi. U o’z navbatida siljuvchi 
rama ( 6 ) ni yuqorisiga balkaga o’rnatiladi. Zanjirni oxirgi uchi asosiy ramaga va yuk 
karetkasiga maxkamlanadi. Gidrotsilindrlarni shtok moslamasining xarakati xaydagichdan 
kelayotgan suyuqlikni bosimi orqali amalga oshiriladi. U o’z xolida avtoyuklagich dvigatelining 
aylanishi orqali uzatiladi. Boshqarish rulini oson xarakati uchun maxsus gidrokuchaytirgich 
qo’shilgan. Rulь qismidagi uzatgichlarga xaydagich o’rnatilgan. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling