Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz
Download 31.64 Kb.
|
biznes goya 43
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duradgorlik ustaxonasi
- Shpondan eshik tayyorlash
- Ko`zguli plitka
Mebel tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 5,5–6 mln. so`mdan boshlab. Ushbu ishlab chiqarish bir qator ustunliklarga ega. Birinchidan katta chiqim talab qilinmaydi. Ikkinchidan mahsulot buzilib qolmaydi. Resurslarni istagan paytda topish mumkin va mahsulotni yil bo`yi sotish mumkin. Ishlab chiqarish uchun detallarni fabrikalardan sotib olsa bo`ladi. Bunda drel, perforator, sverlolar, bolg`a, arra, shuruovert, lobzik va boshqa asboblar kerak bo`ladi. Ishlash uchun DSP, stoleshnitsalar, fasadlar va mebelni tovar ko`rinishiga keltirish uchun furnituralar kerak bo`ladi. Mahsulotlaringizga shisha oynalar o`rnatish haqida ham o`ylab ko`rish kerak. Ularni maxsus ustaxonalarga buyurtma berishingiz yoki imkoniyat bo`lsa, o`zingiz kesib olishingiz mumkin. Duradgorlik ustaxonasi Taxminiy xarajatlar: 9 mln. so`mdan boshlab. Bunday ustaxona kamida 50 m2 yuzaga ega bo`lishi kerak. Shipning balandligi 4 metrdan baland bo`lishi shart. Albatta elektr bo`lishi kerak. Ustaxonada ishlash uchun yong`in xavfsizligidan ruxsat olish kerak bo`ladi. Bir qator asboblarni ham sotib olishingiz kerak bo`ladi: randa, turli elektr asboblar, torets va deskli arralar, stameskalar, nojovkalar va boshqalar. Ustaxonada chiqariladigan mahsulotlar assortimenti ustida albatta bosh qotirish kerak. Bular eshik tutqichlari, yog`och figuralar, suvenirlar, o`yinchoqlar va boshqa ko`pgina narsalar bo`lishi mumkin. Yog`ochni sotish oldidan qanday ishlov berish kerakligini ham o`ylab ko`rish kerak. Arzon materiallardan stolchalar, taburetkalar, stollar, stullar tayyorlash va eksklyuzivlik uchun turli naqshlardan foydalanish mumkin. Biznesning rentabelligi o`rtacha 20–25% ni tashkil qiladi. Shpondan eshik tayyorlash Taxminiy xarajatlar: 8,5–9 mln. so`mdan boshlab. Bu ishni durudgorlik ustaxonasiga qo`shish mumkin, lekin eshiklarni alohida ishlab chiqarishgani uchun uni ajratib ko`rsatdik. Bunday ishlab chiqarish oqim qilib bajariladi. Bunda kerakli asbob-uskunalar huddi duradgorlik ustaxonasidagi kabi bo`ladi. Bunda eng muhimi o`z mijozingizn itopishingizdir. Ulgurji sotuvchilar bilan ishlashingiz ham mumkin. Qurilish va ta`mirlash firmalari bilan ishlashingiz ham mumkin. Eshiklarni MDF paneldan tayyorlash ham keyingi vaqtlarda juda keng ommalashmoqda. Lekin buning uchun siz o`ta qimmat turadigan kompyuterlashtirilgan stanoklarni sotib olishingiz kerak bo`ladi. Shuning uchun bu yo`nalishni uyda qilish mumkin bo`lgan biznes deb qaramaymiz. Ko`zguli plitka Taxminiy xarajatlar: 6,5–7 mln. so`mdan boshlab. Ushbu ishlab chiqarish turi juda foydali va rentalligi yuqoridir. Tayyorlangan mahsulot uylarni bezash uchun ishlatiladi. U juda chiroyli va qiziq ko`rinadi. Bu yo`nalishda quyidagicha ishlash mumkin: tayyor ko`zgular sotib olinadi, ularni kerakli o`lchamda qirqiladi, chetlariga ishlov beriladi. Ishlash uchun shisha keskich, stol, plitkaga ishlov berish uchun jilvirlash stanogi kerak bo`ladi. Keyinchalik ishlab chiqarish tezligini ko`p martalab oshirishi mumkin bo`lgan stanok sotib olishingiz ham mumkin. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling