Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz


Download 31.64 Kb.
bet6/16
Sana04.05.2023
Hajmi31.64 Kb.
#1425045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
biznes goya 43

Qo`lda tayyorlangan suvenirlar
Taxminiy xarajatlar: 600–5 mln. so`mdan boshlab.
Bunda ikki yo`nalishda: qo`l ishlari yoki biznes mahsulotlari yo`nalishlarida ishlashingiz mumkin. Ikkinchi holatda turli yuzalarga (futbolka, ruchka) tushirilgan reklama mahsuloti haqida gap ketyapti. Birinchi yo`nalish ko`proq mavsumiy xarakterga ega bo`ladi. Bunda matolar, biser, taxta va boshqa materiallar kerak bo`lishi mumkin. Lekin reklama suvenirlari bilan ishlashda prosussional asbob-uskunalarni sotib olishingiz kerak bo`ladi. Bunda hammasi qaysi yo`nalishni tanlashingizga bog`liq. Siz, masalan:

  • Keramika mahsulotlar (dekol yoki shelkografiya);

  • plastiklar;

  • matolar (kashta, termik rasmni tushirish);

  • metallar (lazer yordamida gravirovka) bilan ishlashingiz mumkin.

Bunda turli stanoklar, presslar, printerlar kerak bo`lishi mumkin. Bunday asboblarni Xitoydan sotib olgan ma`qulroq.
Dekupaj
Taxminiy xarajatlar: 1,3–1,5 mln. so`mdan boshlab.
Bu texnik yordamida mebel, salfetkalar, dasturxonlar va boshqalarni bezash mumkin. Bu ish bilan istagan kishi shug`ullanishi mumkin. Faqat bosib o`tirib, ishlash kerak bo`ladi. Vaqti kelib ko`nikmalar paydo bo`ladi sifat osha boshlaydi. Ana shunda sotish uchun dekupaj bilan shug`ullanish mumkin. Ishlash uchun kley, mo`yqalam, gubka, bo`yoqlar, gruntovka, qum qog`oz, dekupaj uchun maxsus vosita, turli materiallar (yog`och, karton, shisha va boshqalar) hamda bezak materiallari kerak bo`ladi. Mahsulotni dastlab tanish-bilishlaringizga taklif qilishingiz mumkin. Internet orqali sotish ham mumkin. Oldiniga faqat o`zingizning shahringizdan boshlashingiz mumkin va keyinchalik ishni kengaytirishingiz mumkin bo`ladi.
Sovg`a magnitlar
Taxminiy xarajatlar: 700–900mingso`mdan boshlab.
Ko`pchilikka mahsulot bahosi tufayli bu biznes jiddiymasdek tuyuladi. Aslida unda yaxshigin adaromad olish mumkin. Mahsulotning originalligi va estetik did bilan qilinganligi muhim faktor hisoblanadi. Birdaniga bir nechta yo`nalishlarda ish boshlash mumkin:

  • yozuvli magnitlar;

  • kulgili va quvnoq mahsulotlar;

  • bolalar uchun o`qituvchi mahsulotlar yig`masi;

  • magnitli kalendarlar;

  • ma`lum bayramga mo`ljallangan magnitlar.

Bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun ko`p narsa kerak emas. Birinchidan asosiy konstruksiya mahkamlanadigan magnitlar kerak bo`ladi. Yuzani esa istagan narsadan tayyorlashingiz mumkin: yog`ochdan, plastikdan, shishadan, gravirovka qilingan, polimer loydan tayyorlashingiz mumkin.

Download 31.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling