Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz


Download 31.64 Kb.
bet3/16
Sana04.05.2023
Hajmi31.64 Kb.
#1425045
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
biznes goya 43

Polufabrikatlar ishlab chiqarish
Taxminiy xarajatlar: 2–2,5 mln. so`mdan boshlab.
Bu yerda tadbirkor kolbasa, sosiska, go`shtli chuchvara ishlab chiqarilishi ko`zda tutilyapti. Go`shtni qassoblardan olish mumkin yoki o`zingiz yetishtirishingiz mumkin. Bu holda sizga shahar tashqarisida molxona yoki qo`ra kerak bo`ladi. Bunda siz sanepidstansiyadan mahsulotlarni sotish uchun ruxsat olishingiz kerak bo`ladi.
Oldiniga assortimentni unchalik katta qilish kerak emas. 3 nomdagi mahsulot juda katta assortiment hisoblanadi. Mahsulotlarn itayyorlash retseptlariga alohida e`tibor qaratish kerak bo`ladi. Mahsulotingiz qanchalik mazali va noan`anaviy bo`lsa, unga talab ham shunchalik yuqori bo`ladi.
Ishlash uchun odatdagi oshxona jihozlari kerak bo`ladi. Pichoqlar va gzsht qiymalagichlar ham muhim. Tayyor mahsulotlar va go`shtni saqlash uchun muzlatkich kerak bo`ladi.
Uyda tayyorlangan fito chay
Taxminiy xarajatlar: 400–600mingso`mdan boshlab.
Bugungi kunda odamlar o`zlarining salomatligiga ko`proq e`tibor qaratadigan bo`lishgan. Shuning uchun ham “sog`lom” mahsulotlarga bo`lgan talab oshib bormoqda. Fito choylar ham bundan istisno emas. Bunda ularni tayyorlash uchun hech qanday asboblar va chiqimlar talab qilinmaydi. O`simliklardan bo`ladigan choylarni dalaga chiqib, o`zingiz tayyorlashingiz mumkin. Yetishmagan qismlarini aptekalardan olishingiz mumkin. Bu mahsulotlar quritilgan holatda sotiladi. Mahsulotning chiroyli o`ramda bo`lishiga ham alohida e`tibor qaratishingiz kerak. Chiroyli paketchalar sotib oling va ularga etiketka yopishtirib, o`z telefoningizn iham tushiring. Proporsiyan isaqlashingiz juda muhim. Retsetlarning turli-tumanligi, turli ta`m va hid beruvchi qo`shimchalarning qo`shilishi faqat talabni oshiradi. Ishlash uchun tarozi, idishlar va xom-ashyokerak bo`ladi.
Sochiluvchan mahsulotlarni qadoqlash
Taxminiy xarajatlar: 1–1,5 mln. so`mdan boshlab.
Bu holatda sotuv hajmi o`ram qanday bezatilganiga bog`liq bo`ladi. Nimalarni qadoqlash mumkin? Yong`oqlar, pista, krupa, un va boshqalarni. Ushbu mahsulotlarn ibiror bazadan yoki bozordan sotib olishingiz mumkin. Qadoqlagandan keyin ularni qo`shnilaringiz va tanishlaringizga foydali narxdan taklif qilishingiz mumkin. Agar yuqoriroq darajaga chiqmoqchi bo`lsangiz, o`ramni yaratishga professional yondashishingiz kerak bo`ladi. Dastlabki vaqtlarda bu bilan qo`lda shug`ullansa ham bo`ladi. Asta-sekin mahsulotni ulgurji sotib oladigan mijozlarni qidira boshlaysiz va qadoqlash uskunalarini sotib olishingiz ham mumkin.

Download 31.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling