Uyda mavsumiy ishlab chiqarish
Ushbu bo`limga mavsumiy ishlab chiqarishlar kiritilgan. Bu degani ma`lum vaqt davomida yaxshi daromad keltiradigan ish bilan shug`ullanish deganidir.
Banya uchun supurgilar ishlab chiqarish
Taxminiy xarajatlar: 2–2,5 mln. so`mdan boshlab (mashina bahosi kiritilmagan).
Supurgilarni iyul avgust oylarida tayyorlab qo`yish va yil bo`yi sotishingiz mumkin. Boshqa oylarda tayyorlangan supurgilarning sifati juda past bo`ladi. Bugungi kunda ko`proq:
oqqayin;
dub;
lipadan tayyorlangan supurgilarni olishadi.
Aynan ularga e`tibor qaratishingiz kerak. Ularga davolovchi va aromatik o`tlarni qo`shishingiz mumkin. O`rmon xo`jaligi bilan shartnoma tuzib qo`yganingiz ma`qul. Materiallarni o`rmonda yig`asiz va ularni alohida honada quritasiz. Agar alohida, bo`sh xonangiz bo`lsa, buni uyda ham qilishingiz mumkin. Bu ishning rentabelligi 100–150% ni tashkil qiladi. Ish uchun bolta, supurlilarni bog`lash uchun material va mashina kerak bo`ladi.
Uy sharoitida kvas tayyorlash
Taxminiy xarajatlar: 5 mln. so`mdan boshlab.
Agar kam ishlab chiqaradigan bo`lsangiz, kvartirada qilsa ham bo`ladi. Kattaroq ishlab chiqarish tashkil qilish uchun alohida uy bo`lishi kerak. Bu biznes, ayniqsa, yoz oylarida ko`proq foyda beradi. Bugungi kunda eng katta talab nonli va mevali kvas navlarigadir.
Mayda ishlab chiqarish uchun qo`shimcha asboblarnig keragi yo`q, lekin katta ishlab chiqarish uchun albatta kerak bo`ladi. Bular bochkalar, statsionar stoyka, quyish qurilmasi, tara, sovutkich. Mahsulotni ko`chada sotishm umkin. Bu holda maxsus stol va stul ham kerak bo`ladi. Mahsulotni kafe va yozgi barlarga ulgurji sotish ham mumkin.
Xususiy uyda ishlab chiqarish
Ushbu blokdan ish zonasini ajratib qo`yish uchun kattaroq yer kerak bo`ladigan xususiy uyda amalg aoshirilishi kerak bo`lgan ishlab chiqarishlar o`rin olgan. Ularning ko`pchiligi katta kuch talab qiladigan ishlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |