Ushbu maqolada biz uyda tashkil qilish mumkin bo`lgan ishlab chiqarishlarni ko`rib chiqamiz
Lok-bo`yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish
Download 31.64 Kb.
|
biznes goya 43
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xona fontanlarini tayyorlash
- Taxta zinalar
- Sopol buyumlar
Lok-bo`yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish
Taxminiy xarajatlar: 3–3,5 mln. so`mdan boshlab. Ushbu ishlab chiqarishga hamisha talab yuqori bo`lgan. Usiz pardozlar ishlarini amalg aoshirishning iloji yo`q. O`z assortimentingizga quyidagilarni qo`shishingiz mumkin: shpatlevka; bo`yoq; kley; lak; emal va boshqalar. Bunday tadbirkorlikdan yuqori daromad olish mumkin. Asosiysi oldin bozorni, o`zingizning raqobatchilaringizni, har bitta mahsulotga bo`lgan talabni o`rganish va shundan keyingina mahsulot ishlab chiqarishni boshlashingiz kerak. Bu biznesning ustunligi uning tezda o`zini qoplashidir. Ishni boshlash uchun mahsulotlarni tayyorlash bo`g`risidagi bilimlar kerak bo`ladi. Xona fontanlarini tayyorlash Taxminiy xarajatlar: 2–2,5 mln. so`mdan boshlab. Bu g`oya bizg aXitoydan kirib kelgan va u katta chiqim talab qilmaydi. Bugungi kunda suv bilan birga qo`llaniladigan bezak anjomlarig atalab yuqori. Jumladan fontanlar va sharshalarga ham. Ular faqat chiroyli ko`rinibgina qolmasdan, xonaning havosini namlaydi, xotirjamlashtiradi. Fontanlar tayyorlash uchun quyidagi materiallardan foydalanish mumkin: tosh; shisha; yog`och; loy; bambuk va boshqa ko`pgin anarsalar. Dizaynni o`zingiz o`ylab topishingiz yoki internetdan mavjud g`oyalarn iolishingiz mumkin. Bunday mahsulotlarni suvenirlar magazinlarida sotish mumkin. Ishlash uchun maxsus asboblar talab qilinmaydi, lekin mohir qo`llar kerak bo`ladi. Taxta zinalar Taxminiy xarajatlar: 6 mln. so`mdan boshlab. Ushbu biznes minimal xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birgalikda yaxshigina daromad keltiradi. Zinalar arzon mahsulot emas. Lekin ularga bo`lgan talab yuqori va stabildir. Ularni faqat to`g`ri vazifasi bo`yicha ishlatish uchun emas, balki chiroyli ko`rinish uchun ham sotib olishadi. Aynan shuning uchun ham tabiiy materiallardan tayyorlangan zinalarga talab kuchli. Ularn inaqshlar yoki zarhal bilan bezash mumkin. Ularn iishlab chiqarish bilan yaxshisi, buyurtma asosida shug`ullanish va bo`lg`usi loyihaning hamma mayda chuydalari bo`yichsa oldindan kelishib olish kerak. Biznesning rentabelligi juda yuqori. Ishlash uchun duradgorlik asboblari va yog`och kerak bo`ladi. Sopol buyumlar Taxminiy xarajatlar: 5 mln. so`mdan boshlab. Bu yerda birinchi gapda sopol idishlar turadi. Bunda siz turli xom-ashyo, yuzalar, mahsulotlarning vazifalaridan kelib chiqib, ish olib borishingiz kerak. Sopl buyumlarni xo`jalikda ishlatish mumkin yoki ular bilan uylarni bezatish mumkin. Qo`lda qilingan narsalar fabrikada tayyorlanganidan ancha qimmat turadi. Ko`p narsa g`oyaning originalligi va uning tashqi ko`rinishiga bog`liq bo`ladi. U qancha chiroyli bo`lsa, unga bo`lgan talab ham shuncha yuqori bo`ladi. Ularni qanbay bo`yash, qanday naqsh yoki rasm tushirishni ham o`ylab ko`rish kerak. Uning ustidan maxsus sir bilan qoplash kerak bo`ladi. Download 31.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling