Sug`orish tizimlarini ishlab chiqish
Taxminiy xarajatlar: 3,5–4 mln. so`mdan boshlab.
Bu g`oya bugungi kunda hali innovatsiya darajasida desa ham bo`ladi. U bizga Xitoydan kirib kelgan, lekin allaqachon bozorning ancha qismini egllab olgan. Tomchilab sug`orish anchagina suvni tejashga imkon beradi. Mahsulotni qishloq xo`jaligida yoki shahar ko`chalirini bezatish va sug`orishda qo`llovchi tashkilotlarga sotish mumkin. Bular buyurtma bo`yicha tayyorlangan tizimlar yoki oddiy sug`orish tizimlari ham bo`lishi mumkin. Ishlash uchun anchagina bilimlar kerak bo`ladi. Muhimi tizim qanday ishlashi, suvning qanday kelishi va sug`orish qanday amlg aoshirilishini bilish kerak bo`ladi. Ko`p asboblar kerak emas. Trubalarni bir-biriga payvandlash, yopishtirish kerak bo`ladi.
Hammom va ularni qizdirish pechlari
Taxminiy xarajatlar: 9–10 mln. so`mdan boshlab.
Ishlash uchun ko`nikmalar, payvandlash apparati va xom-ashyo kerak bo`ladi. Bunda payvanchisiz hech nima qilishning iloji yo`q. Mahsulotlarni buyurtma bo`yicha ishlab chiqishingiz yoki standart parametrlar bo`yicha tayyorlab sotishingiz mumkin. Asosiy mijozlar xususiy uy egalari bo`ladi. Ayrim pechlarni garajlarda va dachadagi uychalarda ham o`rnatishadi. Ulgurji sotishning iloji yo`q. Chunki uning bahosi ham yuqorida.
Yog`ochga o`ymakorlik ishlovi berish
Taxminiy xarajatlar: 3–3,5 mln. so`mdan boshlab.
Bunday mahsulotlar mijozlarning o`zining eksklyuzivligi bilan jalb qiladi. Yog`och ustalari bugungi kunda unchalik ko`p emas. Lekin bunday mahsulotlarga talab oshib bormoqda. Bu texnikani darrov egallab olishning iloji yo`q, chunki u juda murakkab. Haqiqatan chiroyli va sifatli mahsulot tayyorlash uchun juda ko`p vaqt va kuch talab qilinadi. Bilim va ijodiy ko`nikmalarning mavjudligi juda muhim. Har qanday mahsulot – bu ustaning qalbining aksidir. Shuning uchun ham ular qimmat turadi. Mahsulotlarni internet orqali yoki qo`l ishlari magazinlarida sotish mumkin. Yog`ochdan tayyorlangan suvenirlarga aholi orasida talab yuqori. Ishlash uchun sifatli material, turli duradgorlik asboblari kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |