Ushbu ma’ruzada ekzogen jarayonlar, ularning tasnifi, quruqlik va suvlik muhitda ekzogen jarayonlarning borishi, nurash, uning turlari va u bilan bog`liq relyef shakllari bayon etilgan. Ma’ruza №7 ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef reja
Download 43.14 Kb.
|
7-ma`ruza. Ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nurash po`sti
- 3-REJAGA OID TEST Nuragan jinslar o`z joyida qolsaqanday ataladi
2-REJAGA OID TEST
Tog` va vodiy yonbag`irlaridagi siniq jinslar uyumi nima deb ataladi? qurum toshloq daryo nival nurash gidrotatsiya 3-REJA: Nurash mahsulotlari va ular bilan bog‘liq foydali qazilmalar Tirik organizmlarning biosferadagi rolini dastlab akademik V.I.Vernadskiy asoslab bergan. Tirik organizmlarning xarakterli tomonlari. Tirik organizmlar 3 km chuqurlikkacha (Q800S), atmosferada qarib 70 km balandlikkacha uchraydi. Biosferadagi suv miqdori yer sharidagi barcha daryo suvidan 5 marotaba ko’pdir. Tog’ jinslarini yemirlishida biosferaning ta`sirini avvalo kimyoviy elementlarning turlicha tarqalganligida ko’rish mumkin. Masalan: Plesnevy zamburug’i laboratoriya sharoitda bazaltdan bir xafta davomida 3% kremniy, 11% alyuminiy, 59% magniy, 64% temir ajratib oldi. Chakalakzorlarda 1 gektar yerga har yili tirik organizmlar yordamida 8 t kremnezem keltiriladi. O’simliklar tog’ jinslarining mexanik nurashiga ham katta ta`sir qiladi. Masalan: tog’larning yalang’och yon bag’rlaridan 29 ming yil ichida 20 mm, li qatlam olib ketilsa, o’rmon bilan qoplangan yerlardan, shuncha qatlamni ketishi uchun 174 yil kerak bo’ladi. Yomg’ir chuvalchanglari 200 yil ichida o’zining ichaklaridan 1 m. qalinlikdagi tuproqni o’tkazadi. Inson faoliyatini ham unutmaslik kerak; (yuksak texnika yordamida kesadi, yo’llar quradi, suv omborlar, shaxtalar, karyerlar va h.k.). 5. Gepergenezdagi turli jarayonlarning faolligiga yog’inlar miqdori va harorat ham ta`sir qiladi. N.M.Straxovning aytishicha, kimyoviy nurash mo’tadil kengliklardagi nam rayonlarga nisbatan, tropiklarda 20 marotaba tez boradi. Tog’ jinslarning mexanik nurashi cho’l- va qutbiy kengliklarning arid (quruq) iqlimli joylarida tez bo’ladi. Nurash jarayonida joy relefining bo’laklanganlik holati ham ta`sir etadi va tektonik harakatlarning faollashuviga sabab bo’ladi. Xullas, nurash jarayonlari endogen va ekzogen omillar yordamida nazorat ostida bo’lib, u ham zonallik asosida namoyon bo’ladi. 6. Nurash mahsulotlari: nurash mahsulotlari deganda faqat yemirilgan tog’ jinslari emas, balki turli genetik tipdagi yotqiziqlar, relef shakllarining hosil bo’lishi ham birgalikda tushuniladi. Nurash mahsulotlari bu tog’ jinslari va minerallar bo’lib, qaysikim o’zi hosil bo’lgan joyida qoladi yoki og’irlik kuchi natijasida yon bag’rlarga olib tushiladi. Nurash mahsulotlarini elyuviy va kollyuviyga ajratish mumkin. Elyuviy - bunda nurash mahsulotlari o’z paydo bo’lgan joyda qoladi. Ular qirrali siniq jinslar bo’lib kattaligi turlichadir (harsang toshdan tortib qum, gilgacha). Kollyuviy (lot colluvio-to’planish)–bular aralash holdagi mahsulotlari bo’lib og’irlik kuchi yordamida yonbag’ir bo’ylab tushadi. Tabiiy qiyalik burchagi turli jinslarda 27 – 370 gacha bo’ladi. (uyumlar, konus to’qilma hosil bo’ladi) Kollyuviy jinslar qatlam hosil qilmaydi, saralanmagandir. Kollyuviy qalinligi 30 – 50 m bo’ladi. To’qilma (tog yonbag’ridagi ko’chib tushgan tosh, xarsang uyumi) Kavkazdagi To’qilma (oso’p)uzunligi 1,2 km, kengligi esa 0,4 km ga etgan. Nurash po’sti – tog’ jinslarining havo, suv va organizmlarning ta`sirida o’zgarishi dan hosil bo’lgan kovak jinslar qatlami. Tub tog’ jinslaridan kovakligi va tarkibini o’zgarganligi bilan farq qiladi. Nurash po’sti qalinligi syernam o’lkalarda 200 m gacha boradi. Nurash po’sti hosil bo’lishi Yerning barcha geologik davrlarida ro’y byergan. Nurash po’sti haqidagi ta`limot V.I.Vernadskiy, B.B.Polunov, I.I.Ginzburg, N.M.Straxov, K.I.Lukashev, V.V.Dobrovolskiy ishlarida ko’rsatilgan. Hozirgi nurash po’stiga yer yuzasining ustki qismi kiritiladi. qadimgi tuproq hosil bo’lishi jarayoni bormoqda, nurash po’stining qalinligi joylarda 300...400 m gacha boradi. Bu joylarda foydali qazilmalar joylashgan kaolin latyeritlar, Fe rudasi, nikel rudasi (cho’kindi jinslarda) uchraydi. Nurash jarayonlarini ta`sir doirasi jinslarning tarkibi va g’ovakligiga bog’liqdir. Nurash po’sti vaqtga e`tiboran qadimiy va hozirgilarga ajratiladi. Hozirgi nurash po’sti bu tuproqdir - u o’zining hosildorligi bilan farqlanadi. qadimgi nurash po’sti qalinligi 100 m va undan ortiq bo’ladi. Nurash po’stini - olimlar bir necha bosqichga bo’ladilar (Polnov, Ginzburg) Bo’laklanish bosqichi; o’z navbatida: siallit; allit bosqichlariga ajratiladi. Nurash po’sti tarkibi ona jinslar va gipyergenez, jarayonlariga bog’liqdir. Tokembriy, devon, mezazoy va paleogen nurash po’sti keng tarqalgandir. Tropik va subtropiklarning quruq iqlimli rayonlarida karbonatli va gipsli nurash po’sti tarkib topadi, ular asosan kalsit va gipsdan iborat. Bu xildagi nurash po’sti O’rta Osiyo, qrim, Qozog’istonda ma`lumdir. Nurash po’sti yotish holatiga ko’ra maydonli va bo’ylama holda bo’ladi. Birinchisi platformalarda bo’lib, cho’kindi jinslar to’plana boradi. Bo’ylanmasi – burmali oblastlarda bo’lib, yoriq zonasida ular ona jinslarga 200 – 300 m gacha kirib boradi. Nurash po’sti o’rganish ilgarigi tabiiy geografik sharoitlarni tiklashda ahamiyati kattadir. Bu nurash po’sti faqat quruqlikda vujudga keladi, landshaftlarni vujudga kelish davrini ko’rsatadi. 7. Nurash po’sti va foydali qazilmalar: Nurash po’stini o’rganish katta nazariy ahamiyatga egadir nurash po’stini o’rganish paleogeografik sharoitni tiklashda qo’l keladi, turli yoshdagi nurash po’sti bilan ko’plab qimmatbaho foydali qazilmalarning hosil bo’lishi bog’liqdir. M: boksit, Fe pudasi, marganes, nikel pudasi va h.q. Qadimgi nurash po’stida metallar boshqa joylardagiga nisbatan ko’p miqdorda to’planadi, undan sanoat miqyosida foydalanish mumkin bo’ladi. Ulardagi nikel, kobalt va boshqa konlar ultra asosli jinslarda hosil bo’ladi. Elyuvial sharoitda sochma oltin, platina, olmos, kassiterit va boshqa konlar hosil bo’lgan. Nurash po`sti - tog` jinslarining havo, suv va organizmlar ta’sirida o`zgarishidan hosil bo`lgan g`ovak jinslar qatlami. Nuragan jinslar o`z joyida qolsa ellyuviy deyiladi. Ellyuviy jinslar to`plamidan iborat qatlam nurash po`sti deb ataladi. Nurash po’sti tub tog` jinslaridan g`ovakligi va kimyoviy tarkibining o`zgarganligi bilan farq qiladi. Tabiiy sharoitga qarab nurash po`stining qalinligi har xil. Issiq va sernam o`lkalarda qalin (200 m gacha) qatlam shakllanadi, u sovuq zonalarga tomon yupqalashib boradi. Nurash po`sti barcha geologik epoxalarda hosil bo`lgan. Qadimgi nurash po`stlari neogen, paleogen davrlarida, mezozoy va paleozoy eralarida hosil bo`lgan, ba’zi joylarda paleozoydan oldingi eralarda hosil bo`lgan nurash po`sti qoldiqlari uchrab turadi. Ayrim holatlarda nurash po`stlog`i tabiiy ravishda sementlanib qoladi va btonlashgan sathlar vujudga keladi. Nurash tezligi va uning litosferaga o`tib borish chuqurligi ko`pgina geologik, geografik va biologik omillarga bog`liq. Eng qalin nurash po`sti - issiq mintaqada, eng yupqa nurash po`sti qutbiy mintaqada hosil bo`ladi. Nurash po`stining bo`ylama profili, morfologiyasi va qatlamlari tarkibi geografik zonalar bo`yicha o`zgarib boradi. Demak nurash relyef hosil qilishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi. 3-REJAGA OID TEST Nuragan jinslar o`z joyida qolsaqanday ataladi? Elyuviy Kollyuviy Delyuviy Allyuviy Download 43.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling