Ushbu ma’ruzada ekzogen jarayonlar, ularning tasnifi, quruqlik va suvlik muhitda ekzogen jarayonlarning borishi, nurash, uning turlari va u bilan bog`liq relyef shakllari bayon etilgan. Ma’ruza №7 ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef reja


Download 43.14 Kb.
bet5/6
Sana28.12.2022
Hajmi43.14 Kb.
#1070919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma`ruza. Ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef

Nurash 3 xil bo`ladi:
1. Fizik nurash.
2. Kimyoviy nurash.
3. Biologik nurash.
Fizik nurashning asosiy sababi tog` jinslari haroratining o`zgarib turishidir. Tog` jinslari bir qizib, bir sovishi natijasida darz ketadi, yoriladi, parchalanib, katta-kichik siniq jinslar, xarsangtosh, g`o’latoshlarga ajraladi va maydalanib ketadi. Tog` va vodiy yonbag`irlaridagi bunday siniq jinslar uyumi qurum deb ataladi. Ba’zan qurumlar daryo o`zanini yoppasiga qoplab oladi, u fanda toshloq daryo deb nomlanadi. Kun bilan tun harorati keskin farq qiladigan joylarda, ya’ni cho`llarda va baland tog`larda eng kuchli bo`ladi. Kechasi qattiq sovigan jins kunduzi isib, ustki qism go`yo to`ladi, ya’ni deskvamatsiya hodisasi ro`y beradi, kechasi yana soviganda esa yorilib-yorilib ketadi. Bunga yoriqlarda muzlab qolgan suv ham ta’sir ko`rsatadi. Turli minerallardan tarkib topgan jinslar, ayniqsa rangi turlicha bo`lgan minerallardan tarkib topgan jinslar maydalanib ketadi, chunki har xil minerallar issiqda turlicha kengayadi va turlicha torayadi. O`rtacha geografik kengliklarda jinslar odatda suvni shimib olgan bo`ladi, sovuq tushganda, bu suv muzlab hajmi kengayadi va jins zarralarini joyidan suradi, kun iligandan keyin esa jins yemirila boshlaydi. Yumshoq mergel, qumtosh ayniqsa tez maydalanadi. Qor suvlarining kunduzi tosh yoriqlariga kirib, kechasi muzlab qolishi natijasida nurashi nival nurash deb ataladi.
Kimyoviy nurash asosan gumid o`lkalarga xos bo`lib, tog` jinslarining suv, havo ta’sirida ular tarkibining o`zgarishi va parchalanishi. Kimyoviy nurashda suv, jinslardagi erigan moddalar va havodagi kislorod asosiy ishtirokchilar hisoblanadi. Kimyoviy nurash jinslar tarkibidagi elementlarning o`zaro kimyoviy ta’siri natijasida vujudga keladi. Quyosh nurlari jinslarni qattiq qizitsa, jinslarda ba’zi bir kimyoviy o`zgarishlar ro`y beradi. Masalan: Amazonka daryosi toshganda qoladigan ko`k loyqa oradan bir oy o`tgandan keyin qizil tusga kiradi, chunki bu loyqada temir sulfiddan (FeS) uch valentli temirning suvsiz oksidi hosil bo`ladi. Cho`llardagi turli jinslarda, ayniqsa qumtoshlarda. "sahro quyug`i" (himoya po’stlog’i) vujudga keladi. Himoya po’stlog’i uch valentli temirning suvli oksidi, uch valentli temirning suvsiz oksidi va fosfat kislotasidan iborat. Suv hamda havoning kimyoviy ta’siri tog` jinslarning nurashida birinchi o`rinda turadi.
Biologik nurash tirik organizmlar ta’sirida vujudga keladi. Tirik organizmlar jinslarni mexanik yemiradi, hayot mahsulotlari bilan esa ularni kimyoviy o`zgartiradi. Lishaynik va moxlar ozuqa moddalarini o`zlari bosib ketgan jinslardan oladi va natijada bu jinslar yemiriladi. Har xil o`simliklarning ildizlari ham jinslarni mexanik va kimyoviy yo`l bilan yemiradi. Chuvalchanglar tuproqni yumshatishga ishtirok etadi, in qazib yashaydigan hayvonlar ham tuproqni yumshatib, qurishiga sabab bo`ladi. Ba’zan fizik, ba’zan kimyoviy nurash ustun bo`lsa-da, odatda fizik va kimyoviy nurash birgalikda sodir bo`ladi.

Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling