Ushbu ma’ruzada glyatsial jarayonlar, muzliklarning hosil bo‘lishi, ularning Yer yuzida tarqalishi, tog‘ va materik muzliklarining hosil qilgan relyef shakllari, qadimgi va hozirgi muz bosish bosqichlari natijachida hosil bo’lgan relyef


Firn so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?


Download 0.49 Mb.
bet3/8
Sana04.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1077827
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-ma`ruza. Glyatsial jarayonlar va muzloq relyef shakllari

Firn so’zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni anglatadi?
qadimgi nemischa “firni”- bulturgi degani
qadimgi nemischa “firni”- muzlik degani
qadimgi yunoncha “firni”- qor degani
qadimgi lotincha “firni”- muz degani


2-REJA: Tog‘ va materik muzliklarining relyefi
Har qanday muzlik ikki qismdan iborat: to’yinish havzasi va oqim maydoni bor. Xionosferada yotgan qor to`yinish havzasida to`planib, zichlanib firnga va muzga aylanadi. Oqim maydonida muzlik qor chegarasidan pastga tushib keladi, bu yerda muzlik eriydi, ya’ni ablyatsiya ro`y beradi. Qor chizig`idan pastga surilib kelayotgan muz o`zi bilan tog`- toshlarni ham olib keladi, ularni maydaroqlari muzdan erigan suv bilan tog`larni pastki qismiga tushirilsa, katta-katta g`o’la toshlar to`planadi, ular erratik g`o’la toshlar ham deyiladi. Bu oxirgi morena tagida bo`ladi va muzlik tili yo`lini ko`rsatuvchi belgi sifatida tizilib turadi. Katta xarsanglar bilan quyosh nurlaridan saqlangan joylari erimaydi va muzlikning umumiy yuzasidan balandroq ko`tarilib qoladi va muzlik stollarini hosil qiladi. Agar qiyalik 45o burchak ostida bo`lsa, muzlik bir sutkada 1,5-2 km gacha siljiydi. Himolay tog`laridagi muzlik 700 m dan 1300 m gacha siljiydi. Grenlandiyadagi muzliklar sutkasiga 10-40 m gacha siljiydi. Muzlik harakati natijasida eroziya, ko`chirish va akkumulyatsiyadan yuzaga keladigan relyef shakllari hosil bo`ladi. Muzliklar flyuvo-glyatsial yotqiziqlarni hosil qiladi, yoki muzlik daryo yotqiziqlari deyiladi. Muzning harakati bilan bog`liq bo`lgan barcha tabiiy hodisalar glyatsial jarayonlar deb ataladi.
Tog` muzlanishida qor va muzlar pastqamlik relyef shaklida to`planadi va ulardan chetga chiqib ketmaydi. Materik muzlanishida muzning qalinligi relyef imkoniyatidan ortiq bo`lib, muzlar barcha botiqlarnigina emas, balki relyefning barcha qismini shu jumladan, musbat shakllarini ham qoplab oladi. Muz ostidan faqat ba’zi bir qoyalar - nunataklargina (materik muzini chetlarida muz ustiga chiqib turgan qoyatoshlarning nomi, eskimoslar tilidan olingan, Arktika va Antarktikada uchraydi) chiqib turadi.
Muzlik ishi uch holatda namoyon bo`ladi:
1) Eroziya yoki ekzaratsiya.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling