Ushbu ma’ruzada glyatsial jarayonlar, muzliklarning hosil bo‘lishi, ularning Yer yuzida tarqalishi, tog‘ va materik muzliklarining hosil qilgan relyef shakllari, qadimgi va hozirgi muz bosish bosqichlari natijachida hosil bo’lgan relyef
Download 0.49 Mb.
|
12-ma`ruza. Glyatsial jarayonlar va muzloq relyef shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzlik
- Xionosfera atamasi
1) Materik yoki qoplama muzliklar, Antarktida va Grenlandiya, Islandiya va boshqa orollarni qoplab yotgan muzliklar. Yer yuzasini yaxlit muz qalqoni hosil qilib qoplab yotadi, qalinligi 4 km. gacha yetadi.
2) Tog` muzliklari materik muzliklariga nisbatan kichik bo`ladi, ular tog`larning qor chegarasidan yuqorida to`planib, zichlashib hosil bo`lgan muzliklar. Bu muzliklarni ichida eng uzuni - Alyaskadagi Xobbard (uzunligi 145 km, kengligi 16 km gacha), bu yerda uzunligi 80 km keladigan Bering muzligi bor. Qoraqurumdagi Siachen (78 km), Biafo (60 km), Pomirdagi Fedchenko muzligi, uning uzunligi 71-77 km. umumiy maydoni 830-990 km2, buni 600-690 km2i firn havzasi bo`lib, muzning qalinligi 700-1000 m. Muz ham suv singari, yer yuzasi relyefini anchagina o`zgartiradi, yer yuzasida o`ziga xos muzli landshaftni vujudga keltiradi va ilgari o`zi yemirgan tog` jinslaridan yangi relyef shakllari hosil qiladi. Muzlik deb – o`z-o`zidan siljib turadigan va yoqqan qorning quruqlikda to`plana borib zichlashishidan yuzaga kelgan tabiiy massaga aytiladi. Muzliklarni o`rganadigan fan- glyatsiologiya (lotincha “glyatsioz” - muz va yunoncha “logos”- fan). Atmosferadagi nam qutbiy mintaqalarda dengiz sathida, mo’tadil va issiq mintaqalarda esa troposferaning 2000-3500 m. dan 5500 m. gacha bo`lgan balandlklarida asosan qattiq holatda bo`ladi. Bu rayonlarda yog`in qor tarzida tushadi va agar sharoit bo`lsa bu qorni hammasi to`liq erimay, ma’lum qismi to`plana boradi va muzga aylanadi. Abadiy qor o`lkasining pastki chegarasi qor chizig`i deb ataladi. Buni har qaysi kenglikda harorati noldan past bo`lgan balandliklardan topamiz. Ma’lum balandlikka (yer yuzasidan 17 km gacha bo`lgan balandlikkacha yetadi) yetgandan keyin havo quruq bo`lganligidan yog`adigan qor miqdori eriydigan qor miqdoriga teng bo`ladi (ana shu balandlikda havo doimo sovuq bo`lsa ham yoqqan ozgina qorni quyosh osongina eritib yuboradi), bu yer qorning yuqori chegarasi, buni qurib bo`lmaydi, chunki Yer sharida bunday balandlikka yetadigan hech bir tog` yo`q. Qorning pastki va yuqori chegarasi Yer sharini hamma tomondan o`rab turadi va o`ziga xos qobiq hosil qiladi. Bu qobiq muayyan qalinlikda bo`lib xionosfera deb ataladi. Bu qobiq o`ziga xos bo`lgan nival iqlimli balandlik mintaqasi tog`larda yuzaga kelsa, enlama mintaqada esa qutbiy o`lkalarni o`z ichiga oladi. Yerdagi xionosfera (yunoncha “xion”- qor, “sfera”-qobiq) deb atalmish doimiy qor va muzlik qobig`i ana shunday hosil bo`ladi. Xionosfera atamasini fanga 1939 yil S.V.Kalesnik kiritgan. Qor qobig`i qor to`planishi uchun qulay relyef va iqlimga ega bo`lgan joylardagina vujudga keladi. Qor ko`chkilari. Tog`larning tikka yonbag`irlarida to`plangan qor vaqt-vaqti bilan ajralib ketib, pastga surilib tushadi. Bir qor ko`chkisida 55-70 mln.m3 gacha qor ko’chgani kuzatilgan. Surilib tushgan qorning qalinligi 60 metrgacha yetadi. Ko`chki davrida faqat qor emas balki yer yuza qismidagi ko`plab tog` jinslarini ham o`zi bilan olib tushib yer yuzasi relyefini o`zgartirib yuboradi. Ko`chkining bo`lishiga asosiy sabab qotgan qor ustiga toza qor kelsa yopisholmasdan suriladi, bu davrda quruq ko`chki ro`y berib uning tezligi 80-100 m sekund. Bahorda qorlarni turli qismidan erib og`irligini saqlay olmasdan siljishiga shamol, qattiq tovushlar va hokazolar sabab bo`ladi. Katta tezlik bilan pastga qarab kelayotgan ko`chkini oldida kuchli havo to`lqini hosil bo`lib, u ko`chki quyunini hosil qiladi va tog` oldiga urilib o`yiq shakllar va uning atrofga keltirgan tog` jinslaridan iborat ko`tarilma relyef ko`rinishini hosil qiladi. Tog` relyefining qor qulab ketmaydigan joylarida yoki barcha relyef shakllari muz ostida ko`milib qolgan rayonlarida qor to`planib, firnga aylanadi. Firn (qadimgi nemischa “firni”- bulturgi degani) qorning qayta kristallanishi oqibatida hosil bo`lgan donador muz. Firn qor bilan muz orasidagi bosqich bo`lib, yana zichlashib muzga aylanadi. Uning zichligi 0,4-0,7g sm3 gacha bo`ladi. Firn quyi qatlamlarida muzlikka yoki gletcher (nemischa gletcher-muzlik degani) muziga aylanadi. Qor va firn ostida hosil bo`lgan muz shularning og’irlik kuchi ta’sirida o`z shaklini o`zgartirish qobiliyatiga plastiklik deyiladi. Plastik modda bo`lganligidan relyef nishobi bo`yicha pastga o`z og`irligining ta’siri ostida sekinlik bilan muz tili ko`rinishida oqadi. Firn havzasida har xil shakldagi va katta-kichiklikdagi yoriqlar uchraydi, shu bilan bu havzada har xil qiyofadagi qor uyumlari uchraydi. Ular pushtasimon. dyuna va barxanga o`xshash shakllarni hosil qilgan. Firn havzasini o`rta qismlarida muz yoriqlari kamroq, chekka qismlarida har xil chuqurlik va kenglikka ega bo`lgan (uzunligi 300 m, kengligi 15-20 m, chuqurligi 50-100 m) yoriqlar uchraydi. Muzlik harakat qilayotgan vaqtida uning turli joylarida yoriqlar paydo bo`ladi. Muzlik yotgan yerning nishabi tikroq bo`lgan joylarda yoriqlar ayniqsa yaxshi ko`rinadi. Yoriqlarning ustini qor bosib ketsa, ular ko`rinmay qoladi va ehtiyotsiz sayyohlarning halokatiga sabab bo`ladi. 1-TEST Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling