Ushbu ma’ruzada glyatsial jarayonlar, muzliklarning hosil bo‘lishi, ularning Yer yuzida tarqalishi, tog‘ va materik muzliklarining hosil qilgan relyef shakllari, qadimgi va hozirgi muz bosish bosqichlari natijachida hosil bo’lgan relyef


Muzlikning akkumulyatsion relyef shakllari


Download 0.49 Mb.
bet5/8
Sana04.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1077827
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12-ma`ruza. Glyatsial jarayonlar va muzloq relyef shakllari

Muzlikning akkumulyatsion relyef shakllari.

11-rasm. Kar (a) va trog б):
1-oxirgi morena, 2-trog kifti,
3-qoyalar, 4-trog.
Morena (fransuzcha “moraine”-tog` jinslarining har xil kattalikdagi to`plami) muzliklar olib kelib qoldirgan tog` jinslari (g`o’la toshlar, xarsang toshlar, qum, gil, shag`al) dir. Muzlik orasidagi va muzlik bilan birga harakatlanuvchi morena harakatlanuvchi morena deb ataladi. Morenalar ostki, yon, ustki, o`rta yoki oraliq va oxirgi morenalarga bo`linadi. Ostki morena o`z nomidan ham bilinib turibdiki, muz tilining tubida hosil bo`ladi. Morenani osti tekis yoki ellips shakldagi balandliklar hosil qiladi. Ustki morena atrofini o`rab olgan yonbag`irlardagi tog` jinslarining uvalanib tushgan parchalaridan hosil bo`lgan. Yon morena- muzlikni yonlaridagi ostki va ustki morenalarni qo`shilishidan yuzaga keladi. O`rta yoki oraliq morena - muzliklar bir-birovi bilan qoshilganda yon morena muzlik o`rtasida qolishidan hosil bo`ladi. O`rta morenalar bo`ylama ketgan morena marzalarini hosil qiladi. Ichki morena- vaqt o`tishi bilan og`irlik kuchi ta’sirida yuzadagi jinslar muzlik tanasiga botib, cho`ka borishidan hosil bo`ladi.
Oxirgi morena- muzlik oxirida muz butunlay erib ketgach, barcha tog` jinslari undan cho`kib qolib muzlik tilini oldida ko`ndalang yotgan tepaliklarni hosil qiladi. Muzlik to`xtaganida oxirgi morena oldidagi morena amfiteatri (cho`kmasi) hosil bo`ladi, bu cho`kma keyinchalik ko`l yoki botqoqqa aylanishi mumkin, morena marzasini muzlikka qaragan yonbag`ri tik, teskari yonbag`ri qiya konusga o`xshash bo`ladi. Bu qiya konusga o`xshagan yonbag`ir muzlik yotqiziqlari bilan eriyotgan muz suvi flyuvioglyatsial (muzlik-daryo) yotqiziqlarini atrofga saralab yotqizadi.
2-TEST
Muzlikning eroziya ishi qanday ataladi?
Ekzaratsiya
Korroziya
Abraziya
Akkumlyatsiya


3-REJA: Qadimgi va hozirgi muz bosish bosqichlari

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling