Ushbu ma’ruzada glyatsial jarayonlar, muzliklarning hosil bo‘lishi, ularning Yer yuzida tarqalishi, tog‘ va materik muzliklarining hosil qilgan relyef shakllari, qadimgi va hozirgi muz bosish bosqichlari natijachida hosil bo’lgan relyef
Download 0.49 Mb.
|
12-ma`ruza. Glyatsial jarayonlar va muzloq relyef shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muzlik vodiysi yoki trog
- 10-rasm. Morenalar.
- Muzlik sirklari
2) Jinslarni olib ketish.
3) Akkumulyatsiya. Muzlik eroziyasi yoki ekzaratsiya (lotincha muzlikning o`yib yuborishi) yaxlit jinslar parchalarining yulib olinishi va ularning muz tarkibida muzlab qolib, u bilan birga harakat qilishidan iborat. Muz va unga yopishib muzlab qolgan tog` jinslari parchalari ham o`zining osti va yonlarini sidirib, tirnab, jo`yaklar hosil qiladi. Shu holatda muz olib kelayotgan toshlar o`zi ham yumaloqlanib va silliqlanib qoladi. Bunday toshlar g`o’la toshlar deb ataladi. 1 m3 muz massasini og`irligi 900 kg, agar muz qalinligi 100 m. bo`lsa 1 m2 yuzaga 90 tonna og`irlik bilan ta’sir ko`rsatadi. G`oyat katta muz massalari pastga tomon harakat qilayotganda yo`lda uchragan bo`sh tog` jinslarini o`zi bilan birga olib ketadi va muzlikning harakatiga to`siqlik qilgan hamma notekisliklarni tekislab ketadi, qattiqroqlarini tirnaydi va silliqlaydi, tirnalish izlari chuqur bo`lsa tirnalgan qoya toshlar (jingalak qoyalar) hosil bo`ladi. Bu relyef shaklani yuzaga kelishi, ostki morenalarning xarsang toshlarni bir-biroviga tegib ishqalanib, o`tkir qirralari o`tmaslanadi, lekin xarsang toshlar dumaloq bo`lib qolmaydi, ularning tekis yuzasida ko`pincha egri-bugri chiziqlar - muzlik izlari hosil bo`ladi. Ostki morenalarning tosh parchalari muzga qo`shilib qotib qoladi va muz ostidagi qoya toshlarni tirnab yemirishi mumkin, shu holatda toshlarni usti silliqlanadi. Muzlik tagidan bo`rtib chiqqan qoya toshlar dumaloq bo`lib qoladi va silliqlangan, dumaloqlangan tashqi ko`rinishiga qarab qoya toshlar yoki qo’y peshonalar (9-rasm). deyiladi. Qo’y peshonalarini muzlik kelgan tomoni yassi, silliq teskari tomoni notekis, tik bo`ladi. Ular qadimgi va hozirgi muzlik tarqalgan o`lkalarda ko`p uchraydi. Muzlik vodiysi yoki trog (nemischa “trog”-tog`ora degani) muzlikning harakati natijasida yer yuzasini o`zgartiradi, daryo vodiylarini o`yib, tagi yassi bir oz botiq o`ziga xos tog`orasimon shaklini hosil qiladi. Vodiy tubi keng bo`lib, ma’lum balandlikkacha ikki yonbag`ri birdan tik ko`tarilib, vodiy yanada kengayadi va bir ozdan so`ng yana tik yonbag`ir boshlanadi, shu ikkala tik yonbag`irlar o`rtasidagi kengaygan joyda o`yilgan terrasa hosil bo`ladi. 10-rasm. Morenalar. T-tag morena, У-ustki morena, Ё-yon morena, И-ichki morena, Ў-o`rta morena, va O – oxirgi morena. Фг- Flyuvioglatsial qum-shag`al yotqiziqlari. Daryo o`zaniga yana muz kirib qayta ishlashidan osti tor va juda chuqur o`zan hosil qiladi, bunday vodiylar osilma vodiylar deyiladi, shu vodiylarni dengiz suvlari bosishi natijasida fiord qirg`oqqa aylangan. A.Penk asosiy vodiy hosil bo`lgandan keyin uning muzlik eroziyasi natijasida chuqurlanishi tufayli vodiylar shunday bo`lib qolgan deb hisoblaydi (10-rasm). Tog` yonbag`irlaridagi shakli kresloga o`xshash chuqurliklar uchraydi, ular karlar deb ataladi; ularning uchala tomoni tik jarlik (devor) bilan o`ralgan, to`rtinchi tomoni esa ochiq bo`ladi; karlarning tagi yassi yoki to`lqinsimon hamda silliqlangan bo`ladi. Karlar tog` yonbag`irlarining yuqori qismidan tog` sirtlari tagigacha kesilib tushgan chuqurliklar bo`lib, ular shakli jihatidan kresloning ichiga o`xshaydi. Karlar sobiq muzlanishlar qoldigi bo`lib, Alp, Kavkaz, Tyan-Shan va boshqa tog`li o`lkalarda uchraydi. Muzlik relyefi shakllari orasida hozirgi zamon troglari va karlari qor chegarasida va undan balandroqdadir. Qadimgi muzliklar bilan bog`liq bo`lgan trog qor chizig`idan pastda bo`ladi. Muzlik sirklari deb yassi yonbag`irda emas, vodiyning boshlanishidagi karlarga aytiladi. U sovuq nurash natijasida hosil bo`ladi, ichida ko`pincha muz yig`ilib yotadigan uch tomoni tik devor va bir tomoni ochiq bo`lgan tovoqsimon tabiiy chuqurlik. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling