Ushbu metodik qo‘llanmadan matematika darslarini qiziqarli va o‘ziga xos
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
mantiqiy masalalar(2)
7 27. Nodir akasidan 6 yosh kichik. Akasi 3 yil avval 8 yoshda edi. Hozir Nodira necha yoshda? Javob: hozir akasining yoshi -8 + 3 = 11 (yosh); hozir Nodiraning yoshi - 11 -6 = 5 (yosh). 28. Qanday to‘rtta har xil sonni ketma-ket ko‘paytirib, 40 sonini hosil qilish mumkin? Javob: 1 • 2 • 4 • 5 = 40. 29. Lift birinchi qavatdan uchinchi qavtga ko‘tarilganda 8 m masofani bo‘sib o‘tdi. Birinchi qavatdan to‘qqizinchi qavatga ko‘tarilganda lift necha metr masofani bosib o‘tadi? Javob: har bir qavatlar orasi 8:2 = 4 (m); birinchidan to‘qqizinchigacha 4 •8 = 32 (m). 30. Qafasdagi 4 ta qush 4 ta bolaga bo‘lib berilsada, 1 ta qush qafasda qolishi mumkinmi? Javob: 3 ta bolaga bittadan qush beriladi. To‘rtinchi bolaga qolgan 1 ta qush qafasi bilan birgalikda beriladi. 31. Bir sutka davomida soatning minut mili soat mili bilan necha marta ustma-ust tushadi? Bir sutkada ular necha marta o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qiladi? Javob: Minut mili soat mili bilan 24 marta ustma-ust tushadi. Minut mili bir marta to‘liq aylanishida soat miliga nisbatan 2 marta to‘g‘ri burchakda bo‘lgani uchun bir sutkada - 24•2 = 48 marta o‘zaro to‘g‘ri burchak hosil qiladi. 32. 5 ta 2 soni orasiga to‘rt amal ishorasining har biridan bittadan shunday qo‘yingki, natijada 2 soni hosil bo‘lsin. Javob: 2•2:2 + 2- 2 = 2 33. 10 ta cho‘pdan necha xil to‘g‘ri to‘rtburchak yasay olasiz? Javob: 34. Tarozining bir pallasida 12 ta shaftoli, ikkinchi pallasida esa 2 ta bir xil handalak bor. Shaftolilar turgan pallaga yana bitta shunday handalakni qo‘ysak, tarozi pallalari 8 tenglashadi. Bitta handalakning massasi nechta shaftolining massasiga teng? Javob: Bitta handalakning massasi 12 ta shaftolining massasiga teng. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling