Ushbu metodik qo‘llanmadan matematika darslarini qiziqarli va o‘ziga xos


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1411926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
mantiqiy masalalar(2)

 
 
 
 
77. Uchburchakning har bir burchagi qirqilsa, qanday shakl hosil bo‘ladi? Javobingizni 
chizmada asoslang? 
Javobi 2 xil: to‘rtburchak yoki uchburchak. Qanday shakl hosil bo‘lishi qirqish joyiga 
bog‘liq bo‘ladi: 
78. 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni yozish uchun nechta raqam ishlatiladi? 
Javob: 10 ta 


14 
79. 12 ta cho‘pdan necha xil to‘g‘ri to‘rtburchak yasash mumkin? 
Javobi: 3 xil: 
80. Katakli qog‘ozga bo‘yi 9 katak va eni 4 katak bo‘lgan to‘g‘ri 
to‘rtburchak chizing. Bu to‘g‘ri to‘rtburchakni ikki bo‘lakka shunday ajratib qirqingki, 
bu ikki bo‘lakdan bitta kvadrat yig‘ish mumkin bo‘lsin? 
Javob: 
 
81
Mehmonxonaning 
bitta xonasiga joylashgan 3 nafar 
sayohatchining har birida bittadan osma qulf va har bir qulf uchun bittadan kalit bor. 
Bitta eshikni har bir sayohatchi xohlagan vaqtda kelib ochishi uchun qulflarni qanday 
osishlari kerak? 
Javob: Uchala qulfning ilgagi bir-biriga nisbatan zanjir shaklida 
eshikning ikki halqasiga chizmada ko‘rsatilgandek tarzda ulanishi 
kerak: 
82. Kartondan yasalgan va barcha tomoni o‘zaro teng bo‘lgan oltiburchak berilgan. Uni 
qaychi bilan qirqib, shunday 7 ta bo‘lakka ajratingki, hosil bo‘lgan bo‘laklardan 2 ta 
oltiburchak hosil qilish mumkin bo‘lsin. 
Javob: 
Bunda oltiburchakning 6 ta burchagi shunday qirqiladiki, o‘rtada kichikroq bo‘lgan 


15 
yaxlit oltiburchak qolishi kerak. Qirqib olingan 6 ta uchburchak shaklidagi kartonlardan 
bitta kichik oltiburchak hosil qilinadi. 
83. Yulduzchalar o‘rniga qanday raqamlar qo‘yilsa, amallar to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi? 
Javob: 
84. Biro damning 17 ta tuyasi bor edi. U katta o‘g‘liga tuyalarning yarmini
o‘rtanchasiga uchdan birini va kenjasiga to‘qqizdan birini vasiyat qilib qoldirdi. 
O‘g‘illari tuyalarni qanday qilib bo‘libolishni bilmay turganlarida tuya mingan 
donishmand kelib qoldi. Donishmand tuyalarni o‘g‘illariga bo‘lib berdi. Qanday qilib? 
Javob: Donishmand o‘z tuyasini ham qo‘shgan. Shunda aka-ukalardagi tuyalar 18 ta 
bo‘lgan. Katta o‘g‘il 18 ta tuyaning yarmisi - 9 ta tuyani, o‘rtancha o‘g‘il 18 ta tuyaning 
uchdan biri - 6 ta tuyani, kichik o‘g‘il 18 ta tuyaning to‘qqizdan biri - 2 ta tuyani olgan. 
Ortib qolgan 1 ta tuyaga, ya’ni o‘z tuyasiga mi nib, donishmand yo‘lini davom ettirgan. 
85. 1)To‘g‘ri to‘rtburchakning bo‘yi 2 marta orttirilsa, uning yuzi necha marta ortadi? 
2) Kvadratning tomoni 3 marta orttirilsa, yuzi necha marta ortadi? 
Javob: 1) 2 marta ortadi; 2) 9 marta ortadi. 
86. Anvar singlisi Umidadan 7 yosh katta. 4 yil oldin Anvar Umidadan ikki marta katta 
edi. 7 yildan keyin anvar va Umida necha yoshda bo‘lishini toping? 
Javob: 4 yil oldin Umida 7 yosh, Anvar 14 yosh edi. Hozir Umida 11 yoshda, akasi 18 
yoshda. 7 yildan so‘ng Umida 18 yoshda, Anvar 25 yoshda bo‘ladi. 
87. Bahodirning otasi 3 yildan keyin og‘lidan 4 marta katta bo‘ladi. Agar otasi hozir 37 
yoshda bo‘lsa, Bahodir necha yoshda? 
Javob: Bahodiming otasi 3 yildan keyin 37 + 3 = 40 yosh bo‘ladi. U o‘g‘lidan 4 marta 
katta bo‘lsa, o‘g‘li 3 yildan keyin 40 : 4 = 10 yosh bo‘ladi. Hozir Bahodir 10 - 3 = 7 
yoshda. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling