Ushbu metodik qo‘llanmadan matematika darslarini qiziqarli va o‘ziga xos
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
mantiqiy masalalar(2)
47. 1, 2, 3 sonlarini bo‘sh kataklarga shunday joylashtiringki, har bir qator va ustun
bo‘yicha bu sonlarning har biri bittadan qatnashsin. Javob: 48. 3 ta 5 yordamida 2 sonini qanday hosil qilishni bilasizmi? Javob: (5 + 5) : 5 = 2. 49. Qanday qilib 3litrli va 5 litrli idishlar yordamida hovuzdan 1 lirt suv olish mumkin? Javob: 1-usul: 3 litrli idishdagi suv 5 litrli idishga ikki marta quyilsa, 3 litrli idishda 1 litr suv ortib qoladi. 2-usul: 5 litrli idishdagi suv 3 litrli idishga (3 litrli idish to‘lganida to‘kib tashlanadi) uch marta quyilsa, 5 litrli idishda 1 litr suv ortib qoladi. 50. Kompyuterda 1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlar yozilganda 7 raqamli tugmasi necha marta bosiladi? Javob: 100 gacha 20 marta, 1000 gacha 300 marta 7 raqamli tugma bosiladi. 10 51. 2 ga bo‘linganda 1 qoldiq, 3 ga bo‘lganda 2 qoldiq, 4 ga bo‘lganda 3 qoldiq, 7 ga esa butun bo‘linadigan sonni toping. Javob: 35. 52. Xonaning to‘rtta burchagida to‘rtta mushuk o‘tiribdi. Har bir mushuk qarshisida uchtadan mushuk o‘tiribdi. Har bir mushuk dumida bittadan mushuk o‘tiribdi. Hammasi bo‘lib xonada nechta mushuk bor? Javob: 4 ta mushuk. 53. Anvar shunday dedi: “3 yildan keyin otamning yoshi menikidan 3 marta katta bo‘ladi”. Hozir anvar 9 yoshda bo‘lsa, otasi necha yoshda? Javob: 33 yoshda. 54. Shunday 4 ta cho‘pni olingki, natijada 5 ta kvadrat qolsin. Javob: 55. 2 nafar ishchi 2 soatda 2 ta kalit yasasa, 4 nafar ishchi 4 soatda nechta kalit yasaydi? Javob: 8 ta kalit. 56. To‘rtburchakning ikkita burchagi to‘g‘ri bo‘lsa, bu to‘rtburchakni to‘g‘ri to‘rtburchak deyish mumkinmi? Javob: To‘rtburchakning ikki burchagi to‘g‘ri burchak bo‘lsa, qolgan ikki burchakning biri o‘tkir, ikkinchisi o‘tmas burchak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ikki burchagi to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakni to‘g‘ri to‘rtburchak deyish mumkin emas. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling