Ushbu metodik qo‘llanmadan matematika darslarini qiziqarli va o‘ziga xos


 3 ta 5 raqami yordamida 0 sonini hosil qila olasizmi?  Javob: (5-5) • 5 = 0 yoki (5 - 5) : 5 = 0  68


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1411926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
mantiqiy masalalar(2)

67. 3 ta 5 raqami yordamida 0 sonini hosil qila olasizmi? 
Javob: (5-5) • 5 = 0 yoki (5 - 5) : 5 = 0 
68. Bittadan 1, 3, 5 kg li toshlar bor. Shu toshlardan foydalanib pallali tarozida 500 g, 2 
kg, 7 kg guruchni qanday qilib tortish mumkin? 
Javob: 1) tarozida tortilgan 1 kg guruch tarozining ikki pallasiga teng bo‘linadi; 
2) tarozining bir pallasiga 3 kg li tosh, ikkinchi pallasiga tortilayotgan guruch bilan 
birgalikda 1 kg li tosh ham qo‘yiladi; 
3) tarozining bir pallasiga 3 va 5 kg li tosh, ikkinchi pallasiga tortilayotgan guruch bilan 
birgalikda 1 kg li tosh ham qo‘yiladi. 
69. G‘oz va qo‘ylarning umumiy soni 6 ta, ularning oyoqlari soni esa 18 ta. Go‘zlar 
nechta? Qo‘ylar-chi? 
Javob: 3 ta g‘oz va 3 ta qo‘y. 
70. 5 ta 1 raqami yordamida 21 sonini hosil qila olasizmi? 
Javob: 11 + 11 - 1 = 21. 
71. O‘g‘li tug‘ilganda otasi 24 yoshda edi. Hozir o‘g‘lining yoshi otasidan ikki marta 
kichik. Hozir o‘g‘li necha yoshda? 
Javob: 24 yosh. 
72. Shunday 2 ta cho‘pni olingki, 4 ta kvadrat qolsin. 
Javob: 


13 
73. Ikki va uch g‘ildirakli velosipedlarning umumiy soni 5 ta, g‘ildiraklari soni esa 12 
ta. Ikki va uch g‘ildirakli velosipedlarning har biri nechta? 
Javob: Ikki g‘ildirakli velosipedlar - 3 ta,
Uch g‘ildirakli velosipedlar - 2 ta. 
74. Amallarni bajarmasdan turib 666 sonini 999 soniga qanday qilib aylantirish 
mumkin? 
Javob: Bir varaq qog‘ozga 666 soni katta qilib yoziladi. Bu qog‘ozni stol ustida boshini 
osmondan qilib aylantirib o‘qilsa, 999 soni hosil bo‘ladi. 
75. Sinfdagi o‘quvchilarning uchdan bir qismi musiqa to‘garagiga, choragi tasviriy 
san’at to‘garagiga qatnashadi. Qolgan 15 nafar o‘quvchi hech qaysi to‘garakka 
qatnashmaydi. Sinfda necha nafar o‘quvchi bor? 
Javob: 36 nafar o‘quvchi.
76. 1 dan 9 gacha qolgan 6 ta sonni ham bo‘sh doirachalarga shunday joylashtiringki, 
har bir qator doirachalari ichidagi 4 ta son yig‘indisi 20 ga teng bo‘lsin. 
Javob: 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling