Ushbu metodik qo‘llanmadan matematika darslarini qiziqarli va o‘ziga xos
Berilgan 10 ta kvadratni 5 tadan iborat bo‘lgan ikki shaklga shunday ajratingki, hosil bo‘lgan shakllar bir xil bo‘lsin. Javob
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
mantiqiy masalalar(2)
57. Berilgan 10 ta kvadratni 5 tadan iborat bo‘lgan ikki shaklga shunday ajratingki, hosil
bo‘lgan shakllar bir xil bo‘lsin. Javob: 11 58. Shunday 3 ta cho‘pni olingki, natijada 5 ta kvadrat qolsin. Javob: 59. Uchta aka-uka olma terishdi. To‘ng‘ichi 2 savat, o‘rtanchasi 1 savat, kenjasi 10 ta olma terdi. Terilgan jami olma 100 ta bo‘lsa, 1 ta savatda nechta olma bor? Javob: a)to‘ng‘ich va o‘rtancha o‘g‘illarning 3 ta savatidagi olmalar soni - 100 - 10 = 90 (ta); b)bitta savatdagi olmalar soni - 90 : 3 = 30 (ta). 60. Aka va ukada jami 100 dona yong‘oq bor edi. Aka ukasiga 15 dona yong‘oq berganidan keyin aka va ukadagi yong‘oqlar soni bir xil bo‘liq qoldi. Aka ukasiga bermasdan oldin ularning har birida nechtadan yong‘oq bor edi. Javob: Akasida 65 ta, ukasida 35 ta. 61. O‘g‘lining yoshi otasinikidan 3 marta kam. Ota va og‘il yoshlarining yig‘indisi 68 ga tengligi ma’lum. Ota va og‘ilning har biri necha yoshda ekanligini toping? Javob: Ota - 51 yosh, o‘g‘il - 17 yosh. 62. Kurant soati bonglari soat necha bo‘lsa, shuncha marta bong uradi. Bir sutkada kurant soati necha marta bong uradi? Javob: Sutkaning birinchi yarmida 1 dan 12 gacha soat kuranti 78 marta bong uradi. Ikkinchi yarmida yana shuncha. Demak, hammasi bo‘lib 78 - 2 = 156 marta bong uradi. 63. 5 ta 5 yordamida 31 sonini qanday hosil qilish mumkin? Javob: 5-5 + 5 + 5:5 = 31. 64. Toshbaqa ertalab 17 metrli chuqurlikka tushib ketdi. Har kuni kunduzi 5 metrga ko‘tariladi, kechasi esa 2 metrga sirg‘alib pastga tushadi. Shu tarzda toshbaqa necha kunda chuqurlikdan chiqadi? Javob: Toshbaqa kunduzi 5 m ko‘tarilib, kechasi 2 m pastga tushsa, u har kuni 3 metr ko‘tariladi. 5 - 3 = 15 bo‘lsa, demak, oltinchi kuni deb o‘ylash mumkin. Aslida u 4 kunda 12 metrli balandlikda bo‘ladi. Beshinchi kuni 5 metrga ko‘tarilib, 17 metrli chuqurlikdan chiqib ketadi. 12 65. Daraxt tagidan boshlab har birining orasi 1 m dan qilib 10 ta yong‘oq qo‘yilgan. Olmaxon 10 marta qatnab, hamma yong‘oqni daraxt tagiga bittadan tashib kelishi uchun jami qancha masofani bosib o‘tishi kerak? Javob: 55 m. 66. Ikki cho‘pon uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga: “Agar sen menga bitta qo‘yingni bersang, mening qo‘yim senikidan ikki marta ko‘p bo‘ladi”, - dedi. Ikkinchisi birinchisiga: “Yaxshisi sen menga bitta qo‘yingni ber. Shunda qo‘yimiz teng bo‘ladi”, - dedi. Ularda nechtadan qo‘y bo‘lgan? Javob: 5 ta va 7 ta qo‘y Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling