Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
Download 0.74 Mb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
1-2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: “Barmoqqa-barmoq”, “o‘oz-Qoz”, “o‘oz tursin”, “Bo‘p-bo‘p”, “Toy-toy”, “Poezd”, “Achom-achom” o‘yinlari, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi.
3-4 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: “Ot o‘yin”, “Kesak qo‘ydi”, “Ko‘z boylagich”, “CHoriy chambar”, “Avvalakam”, “Tayoq irQitish”, “Quloq cho‘zish”, “CHitti gul”, “Xolam mehmonga keldi”, “Uchdi-uchdi”. 4-5 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: “CHir aylanma”, “CHillak”, “Tortishmachoq”, “Lafta”, “Dor o‘yin”, “Ko‘pkari”, “Berkinmachoq”, “Jami”, “CHertan devor gir-gir aylan”. Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar “CHavandozlar”, “Doiraga tort”, “Do‘ppi yashirma”, “Sapalak”, “Besh tosh”, “Oq terak-mi ko‘k terak”. Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi. Xalq harakatli o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o‘rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur. 1. Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash. 2. O‘yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e’tibor berish. 3. O‘ar bir o‘yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik. 4. O‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan boQlagan holda hayotga tatbiq etish. 5. O‘yin davomida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash. 6. Jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e’tiborli bo‘lish. Milliy harakatli o‘yinlarning sport ko‘rinishidagi turlaridan “Kurash”, “CHavandozlar” bolalarda kuchli va chaqqon, halol harakat qilish malakalarini orttiradi.O‘zbek xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlaridan asosan bolaning ilk yosh davridan boshlab shuQullanib boriladi. Bu o‘yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so‘zlarning uyQunlashuvi bilan o‘ynatiladi. Masalan, “Barmoqlar”, “Sichqon-sichqon” o‘yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasavvurlari o‘sib boradi. Xalqimizda “Bolaning ilonni changallaydigan davri” degan ibora bor. Bu xikmat bola xali qo‘rqish hissini bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo‘llaniladi. Xuddi shu davrda “Sichqon-sichqon” o‘yini qo‘l keladi. Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan “sichqon”ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. “Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga ko‘maklashadi. Ermak o‘yinlardan “Oymoma”, “Boqqa kirsam maylimi”, “Alla”, “Aji-aji”, “Boylandi”, “CHapakka-xo-chapakka” orqali bolalarni muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko‘rish, sezish, his qila olish kabi sensor holatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o‘stirish maqsadida aytishma o‘yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o‘yinlarga “Boylandi”, “Xolam keldi”, “Mundi-mundi”, “Bulbulim-bulbulim”, “Ko‘z boyloQich”, “Oq sholi, ko‘k sholi”, “Ada xormang” lar kiradi. YAna, xalqimizda azal-azaldan o‘ynab kelinadigan so‘z o‘yinlaridan “YArashtirgich”lar hali-hanuzgacha bolalar orasida “tinchlik – yarashuv” timsoli sifatida qo‘llaniladi. Bu o‘yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi: Karimga berdim toychoq, U olavermadi har choq. ToychoQimni kim olsa, Men u bilan chin o‘rtoq. YAlinchoq-yalinmachoq, Pista po‘choq. Qilichmi, to‘qmoq, qirq yilgacha o‘rtoq, To‘qmoq - to‘qson yilgacha o‘rtoq. Bolalarning matematik tasavvurlarini o‘stirishga yordam beradigan o‘yin turiga “Sanamalar” kiradi. Bu o‘yin jarayonida bolalar she’riy satrlar orqali son-sanoqdan topishmoq tarzida foydalanib qatnashadilar. Bunda bolalarning tasavvurlari, fikrlash doiralari kengayib, she’riy ohangda to‘g‘ri javob qaytarishga o‘rgatilib boriladi. Asosan bu o‘yinlar quyidagicha jaranglaydi: Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling