ekish uslublari.
Ishning borishi. Ko’pgina tajribalarni bajarish uchun katta ahamiyatdagi koloniyalarni selektiv muhitga ekish talab qilinadi. Bu ko’p mehnat talab qilinadigan ishlarni bajarishda odatda nusxa olish texnikasidan foydalaniladi. Bunda dastlabki Petri likobchasidan boshlang’ich materiallarning koloniyalarini bir yo’la bir necha selektiv muhitli likobchalarga ekish mumkin.
Klonlarni replikatsiya qilishda ninali nusxa ko’chirish foydalanilganda aniq natijalarga erishish mumkin. Nusxa ko’chiriuvchi materiallardan nusxalarni agarli muhit yuzasidan boshlang’ich likobchalar, materiallarning metal plastinkalari chuqurchalardagi suspenziyalaridan olish mumkin. Birinchi holatda test klonlari ma’lum tartibda boshlang’ich likobchalarga ishlatiladigan shablon qalinligi 5-6 mmli plastmassa, metal, faner yoki kartondan iborat bo’lib, petri likobchasi o’lchamda bo’lib, 2-3 mm qalinlikda bo’ladi. Plastinkalarda chuqurchalar o’yilgan bo’lib, ular nusxa ko’chiruvchi moslama ninalariga mos joylashgan. Shablon bo’lmagan taqdirda belgilangan qog’oz- varaqdan foydalanish mumkin. Boshlang’ich likobchalari bakteriyalar o’sishi ko’rilguncha termostatga quyiladi.
Dastlabki likobchaga mikroorganizmlar klonlarini temir nusxa ko’chiruvchi yordamida ekilganda dastlabki likopcha yuzasidan behisob selektiv muhitlarga ekiladigan xujayralarning miqdoridagi farqni kamaytirish uchun yana boshlang’ich likobchadan nusxa olishadi va har bir selektiv muhitga yoki ikki uch likobchaga ekish mumkin. Agar agardagi klonlardan selektiv likobchalarga nusxa olish ko’p miqdorda xujayra o’tadi. Baxmal yoki qog’oz filtrda ishlatilganidagi kabi materiallardan schelektiv likobchalarga qayta ekiladigan xujayralar sonini kamaaytirish uchun, agar-agarda o’sayotgan koloniyalardan emas balki xujayralar suspenziyasidan olish mumkin. Buning uchun chuqurchali metal plastinka matrisidan foydalaniladi. Chuqurchalarning joylashishi nusxa ko’chiruvchi moslama ninalarining joylashishiga mos keladi. Chuqurchalarga 2-3 tomchi fiziologik eritma tomiziladi har bir chuqurchada alohida koloniyalar suspenziyasi tayyorlanadi. Bakteriyalar xujayralarni aralashtirish va ekish uchun gugurt cho’plaridan yoki steril qog’oz lentalaridan foydalaniladi.
Adabiyotlar.
V.S.Sheveluxa va boshqalar. Selskoxozeystvennaya biotexnologiya. Moskva. Vo’sshaya shkola. 2003
K. M. Artomonov-Biotexnologiya agropromishlennomu kompleksu. M, Mir. 1989.
Yo. X. To’raqulov-Molekulyar bitexnologiya. 1993.
Muromtsev G.S. i drugie. Osnovo’ selskoxozyaystvennoy biotexnologii. M. 1990.
R.G.Butenko. Biologiya kletok vo’sshix rasteniy in vitro i biotexnologii. M. 1990
Do'stlaringiz bilan baham: |