3-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
MAVZU: PLAZMID DNK SINI AJRATISH VA TOZALASH USLUBI.
Topshiriq-1. Qaynatish uslubi yordamida preparativ plazmid DNK sini ajratish.
Mashg’ulotning maqsadi: Agrobakteriyalar Ti va Ri plazmid DNK larni ajratishni va tozalashni o’rganish.
Kerakli materiallar, asboblar va uskunalar: Agrobakterium kulturasi, STET TES buferlari, lizotsim eritmasi, avtomat pipetka, agaroza, elektroforez buferi. 12-21. V Bekman tsentrafuga, 18-80 M Bekman ultratsentrofugasi, -200 S haroratli muzlatgich, suvli hammom, muz hammomi, elektroforez aparati doimiy tok manbai xemiskon.
Ishning borishi: Ozuqali muhitda o’stirilgan bakteriyalar xujayralari tsentrafugada cho’ktirilib STET buferida suspenziyalanadi. Xujayradagi xromo DNKsi va ohsilllarni cho’ktirish uchun suspenziyaga pizatsim solinib qaynatiladi sentrafugalanib depaturatsiyaga uchragan oqsillar va xromosoma DNKsi cho’ktiriladi. Suyuq qismiga RNKazi fermenti bilan ishlab beriladi va plazmid DNKsi etanolda cho’ktiriladi., so’ngra TESida eritiladi, va agrozoli gel elektroforezida tahlil qilinadi. Yuqoridagi tajribalarni bajarish uchun. Bir kun o’stirilgan kulturadan 400ml olinib 3000 aylanmalardan tezlikda 30 daqiqa tsentrafugalanadi. Har bir kultura cho’kmasi 10ml STET buferida suspenziyalanadi va 50ml-li Elanmeter kolbasivga solinadi. Suspenziyaga 1ml lizotsimning suvdagi eritmasi (20mg G’ml) qo’shiladi va tez aralashtirib aralashma isitgichga qo’yiladi. Birinchi qaynash alomati ko’rinishi bilan kolbani 40 sekuntga qaynab turgan suvli xammomga joylanadi so’ng, olib tezlik bilan muz xammomga 5 daqiqaga qo’yiladi. Hosil bo’lgan yopishqoq lizot tsentrafuga prabirkalariga teng miqdorda solinib 2500 aylanma daqiqa tezlikda 4 0 S da 30 daqiqa tsentrafugalanib xromosoma DNK si va denaturatsilangan oqsillardan tozalanadi. qolgan tiniq suyuqsik shisha tsentrafuga prabirkalariga 10mgG’ml miqdoridagi RNK bilan xona xaroratida 1 soat inkubatsiyalanadi. Inkubatsiyalangan suyuqlikga teng miqdorda izopraponal qo’shilib muzlatkichga –200S ga 1 soat quyiladi. So’ng 300 aylanma daqiqa tezlikda 20 daqiqa tsentrafugalanadi. Cho’kma xavodaquritiladi va 0,9 ml TES buferida eitiladi. Shu eritmadan 20 ml olinib agrozali gelda elektroforez apparatida qo’yilib plazmidning borligi anio’lanadi.
DNK eritmasiga 1 g tseziy xlorid solinib 40S da saqlanadi.
Adabiyotlar.
V.S.Sheveluxa va boshqalar. Selskoxozeystvennaya biotexnologiya. Moskva. Vo’sshaya shkola. 2003
K. M. Artomonov-Biotexnologiya agropromishlennomu kompleksu. M, Mir. 1989.
Yo. X. To’raqulov-Molekulyar bitexnologiya. 1993.
Muromtsev G.S. i drugie. Osnovo’ selskoxozyaystvennoy biotexnologii. M. 1990.
R.G.Butenko. Biologiya kletok vo’sshix rasteniy in vitro i biotexnologii. M. 1990
Do'stlaringiz bilan baham: |