Ushbu o’quv-uslubiy majmua zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida oliy ta’lim muassasalari tabiatshunoslik fakultetlari agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi 3-bosqich Tuproq biologiyasi fani o’quv dasturi bo’yicha tayyorlangan


Download 0.53 Mb.
bet14/53
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1544044
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Bog'liq
portal.guldu.uz-Тупроқ

Muhokama uchun savollar.

  1. Non yopishda va sut mahsulotlari tayyorlashda foydalaniladigan mikroorganizmlar.

  2. Antibiotik nima, u nima maqsadda qo’llaniladi?

  3. Fermentlar va gormonlar qanday biologik moddalar?



3-Asosiy savol. O’zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishi.
Uchinchi savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarga O’zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishi haqida ma’lumot berish.
Identiv o’quv maqsadlar:

  1. O’zbekistonda biotexnologiya fanining rivojlanishi uchun zarur shart sharoitlarni izohlaydi.

  2. O’zekistonda biotexnologik kashfiyotlarni tushuntirib beradi.

  3. O’zbekistonning biotexnolog olimlarini bilib oladi.

3-Asosiy savol bayoni.
O’zbekistonda biotexnologiya fani O’zbekiston Fanlar Akademiyasiga qarashli mikrobiologiya institutida, Respublika kimyo ishlab chiqarish birlashmasiga tegishli Yangiyo’l biokimyo zavodi, Andijon gidroliz zavodi, Qo’qon spirt zavodlari bilan bir qatorda rivojlanmoqda.
Akademik A.G’. Xolmurodov fuzarim avlodiga mansub zamburug’lardan koferment va vitaminlar kompleksi (V guruhiga kiruvchi vitaminlar tamin RR, Q-10 va hokazo) tayyorlash texnologiyasini yaratdi. M.I. Mavloniy O’zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug’larini tahlil qilib, ularni novvoychilik, vinochilik va chorvachilikda qo’l keladigan turlarini topdi va ular asosida hamirturush tayyorlash texnologiyasini yaratdi.
K.D. Davronov – yog’ parchalovchi ferment – lipazani tayyorlash texnologiyasini yaratdi. Bu fermentni ko’p shaklligi sabablarini tahlil qila turib, har bir biotexnologiya jarayonlari uchun o’ziga xos spetsifiklikka ega bo’lgan lipaza fermenti zarurligini isbotladi. K.Davronov tomonidan yaratilgan “Er malhami” biopreparati azot yutuvchi mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo’lib, mamlakatimiz qishloq xo’jaligida keng qo’llanilmoqda. K.D. Davronov rahbarligida tsellyulozalignin biokarkasini (g’o’zapoya, kanop poyasi, yog’och chirindisi) maxsus tayyorlangan ba’zi diomitsetlarning fermentlari ishtirokida tabiiy tsellyulozalignin birikmalarini parchalanishini amaliyotga tadbiq etdi.
J. Tashpo’latov somon va g’o’zapoyani parchalashda “Trixoderma xarzianum” deb nomlanadigan zamburug’ fermentlaridan foydalanish mumkinligini ilmiy asoslab berdi va bu texnologiya qo’llanilganda somonda shakar miqdori 6-7% ga etgani, vitaminlar, aminokislotalar paydo bo’lib, somonni ozuqa birligi bir necha barobar oshganligi isbotlandi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling