Fanning vazifasi – qishloq xo`jalik ekinlarining hosildorligini oshirish bo`yicha tuproqda sodir bo`ladigan barcha biologic jarayonlarni va bu jarayonlarning barqarorligini ta’minlaydigan omillarni boshqarishni va ulardan foydalanish texnologiyalarini o`rganish.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma ketligi.
Tuproq biologiyasi va qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi fani birinchi navbatda tuproqshunoslik va biotsenologiya (tabiiy murakkab sistemalar) haqidagi fanning ham tarkibiy qismidir. Bu fan ekologiya bilan tuproqshunolslik fanlarining barcha tarmoqlari (tuproq fizikasi, tuproq kimyosi, tuproq geografiyasi, agronomiya, dehqonchilikni) birlashtirib kelgan fan hisoblanadi.
Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan mikrobiologiya, virusologiya, fitopotalogiya, umumiy fitopotalogiya, qishloq xojaligi fitopotalogiyasi, o`simlikshunoslik, agrokimyo, fizika, matematika fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo`lish talab etiladi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar.
Tuproq biologiyasi va qishloq xo`jaligi biotexnologiyasi o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Tuproq hosil bo`lishining nazariy asoslari, tuproq hosil bo`lish jarayonining umumiy tavsifi va tuproqlarning geografik tarqalishiga oid asosiy qonuniyatlari va hossalari, tuproqda yashaydigan barcha tirik organizmlar yoki hayoti ma’lum darajada tuproq bilan bog’liq bo’lgan hayvonlar va mikroorganizmlar, ular orqali yuzaga keladigan jarayonlar hususida;
Tuproq unumdorligini oshirish biotexnologiyasi bo`yicha hozirgacha erishilgan yutuqlar va kelajakda hal qilinishi lozim bo`lgan muammolari; tuproq, o`simlik va mikroorganizmlar orasidagi bog`liqlik; tuproq unumdorligini oshirishda mikrobiologik preparatlardan foydalanish usullarini bilishi kerak;
Tuproqning biologik qismi, tuproqda yashovchi bir hujayrali hayvonlardan boshlab, murakkab tuzilgan sut emizuvchilar, ularning taksonomik tarkibini o’zaro munosabatlarining va tuproq hosil qiluvchi ona jins hamda o`simliklar va boshqa organizmlar bilan ta’sirini o’rganish;
mikroorganizmlarni ajratib olish va ko`paytirish;
azotfiksatsiyalovchi tizimlarning asosiy hususiyatlarini tahlil qilishi;
azotfiksatorlar bilan o`simliklar simbiozini o`rganish;
endosimbiontlarning rivojlanish regulyatsiyasini kuzatish bo`yicha ko’nikmalarga ega bo`lishi kerak;
“Tuproq biologiyasi va qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi” fanining ishchi dasturi Guliston DU o’quv-metodik Kengashining 2011 yil «____» ____ __-sonli majlisida muhokama etildi va ma’qullandi.
Ishchi dastur 5620100-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo’nalishi uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va ro’yxatga olingan № 60-51201 – 03.03.2008 yil 23 avgust namunaviy o’quv dasturi va o’quv rejasiga muvofiq tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |