Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanilgan:
tekshirishga vakolatli organlar - maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini davlat tomonidan nazorat kilishga konun dujjatlari bilan vakolat berilgan vazirliklar va idoralar damda ularning dududiy bulinmalari; tekshirish - maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan konunlar hamda ular faoliyatini tartibga soluvchi boshka konun xujjatlari kanday bajarilayotganligini tekshirish ga vakolatli organlarning bir marta nazorat kil i shi; rejali tekshirish - tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bulgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bulinmalari bilan kslishgan xolda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan o‘tkaziladigan tekshirish; rejadan tashqari tekshirish - tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar yoki ularning tegishli hududiy bo‘linmalari bilan kelishgan holda tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvalida belgilanmagan holda o‘tkaziladigan tekshirish; nazorat tartibida tekshirish - maktabgacha ta’lim tashkilotining ilgarigi tekshirishda ko‘rsatilgan qonun buzilishlarini bartaraf etishi ustidan tekshirishga vakolatli organlar tomonidan amalga oshiradigan tekshirish. 2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalari. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishning maqsadi maktabgacha ta’lim bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirishda maktabgacha ta’lim tashkilotining roli va mas’uliyatini kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq sifatli ta’lim - tarbiya berilishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ijro intizomini mustahkamlash, pedagoglar va boshqa xodimlarning kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga chek qo‘yish, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan ta’lim - tarbiya sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Quyidagilar maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirishning vazifalari hisoblanadi: maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim - tarbiya jarayonining sifatini, pedashglarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish; qonun hujjatlari buzilishi holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish buyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish; amaldagi normativ-xuquqiy hujjatlar ijrosi o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini tashkil etish; maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatida kam samarali taftishlarni qisqartirish bilan bir vaqtda to‘laqonli tekshirishlar samaradorligini oshirish; maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatidagi ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, ta’lim - tarbiya jarayoni ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish; maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taminlash; davlat organlari va tashkilotlarining maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan bog‘lik vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling