Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
- Mavzuni mustahkamlovchi savollar
- Elektron ta`lim resurslari 8.2.MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILARNING PEDAGOGIK FAOLIYATLARINI KUZATISH MEZONLARI
- .MTTlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida
Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi:
Maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: rejali tekshirish; rejadan tashqari tekshirish; nazorat tartibida tekshirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja- jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1 dekabrigacha bo‘lgan muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15 dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqdangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotiga har yili 25 dekabrga qadar yetkazib beriladi. Rejali tekshirinshni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishlar reja - jadvalidan ko‘chirma; tekshiritsha vakolatli opganining tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i: tekshrish dasturi savolnomasidan nusxa. Rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i; tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi SXEMASI
Mavzuni mustahkamlovchi savollar: 1. MTTlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM qachon qabul qilingan? 2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalarini snab o‘ting? 3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlar? 4. MTT larida tekshirishlarni o‘tkazish tartibi? Adabiyotlar 1. Sodiqova Sh.A “Maktabgacha pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”T:. 2013 y. 2. Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti T:. 2013 y. 3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006 y. 4. « Илк қадам » Мактабгача таълим муассасаларининг Давлат ўқув дастури Т.: 2018 й. 5. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”-2018. 6.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”-2019. 7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qaror: T.: 2019 yil 13-may. 8. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida 352-son qaror: T.: 2019 yil 25-aprel. 9. Maktabgacha ta`lim va tarviya to‘g‘risida QONUN-595-son T.:-2019 yil 22 oktyabr 10.Davlat maktabgacha tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasqidlash to‘g‘risida”155-son buyruq.T.:-2019 yil, 30-avgust Elektron ta`lim resurslari 8.2.MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILARNING PEDAGOGIK FAOLIYATLARINI KUZATISH MEZONLARI Pedagogik ishlarini kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo‘shimcha yoki takroriy kuzatishcha o‘tkazish kerak. Tashkiliy-pedagogik faoliyatin kuzatishda: Mudiraning shu ish kunini to‘g‘ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo‘jalik ishlari bir tekisda olib berishga, kollektiv bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarini qabul qilish tartibiga qaratish kerak. Kuzatishda – kuzatilayotgan jarayonining, rejim jarayonlardagi aniqlilik, rejimni buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq normalari, tarbiyachining dastur talabalarini va metodikaning egallaganligi va boshqalarga ahamiyat berish kerak. Kuzatish – jarayonida shu narsa ayon bo‘ladiki, tarbiyachining yetarli darajadagi mutaxassisligini, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarlik ko‘rganligi uning ishdagi ribasi sayozligi, bolalar kollektivini tashkil eta olmasligi, uning o‘ta hayojanlanishi tormozlanib qolishi namoyon bo‘ladi. 1.MTTlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM Mazkur NIZOM 7-bob, 48-banddan iborat bo‘lib, 1-bobda umumiy qoidalarda bu hujjat davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat organlari va tashkilotlari, tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z buysunuvidagi maktabgacha ta’lim tashkilotini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida; b) “Sud dujjatlari va boshqa organlar dujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida; g) tergovga kadar tekshiruvlar damda kuzgatilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida; d) maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling