Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari


Download 0.57 Mb.
bet77/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

10-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
52-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini quyidagilar amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari).
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ilmiy va ta’lim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin.
53-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim - tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash42.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling