Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA USULLARI


Download 0.57 Mb.
bet76/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISHNING SHAKL VA USULLARI

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik xodimlar jamoasidn olib boriladigan metodik ishlarning funktsiyasi nazoratni yordam berishi bilan olib borilishi uzviydir. Endilikda, maktabgacha ta’lim muassasalarda metodik ishlarni tashkil etishning yangi shakllari ishlab chiqilmoqda. Avvalgi metodik ish shakllari o‘zining qiymatini yo‘qotib bormoqda. Tarbiyachilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stiruvchi yangi ish usullari tobora keng tarqalmoqda.
1. turli xil ish o‘yinlari;

  1. aqliy hujum (g‘oyalar banki);

  2. baxs-munozara;

  3. KVN-shaklidagi bahs o‘yinlari;

  4. pedagogik ring;

  5. pedagogik klub va boshqalar

Bu o‘yinlarning foydali jihatlari shundaki, ular ochiq muloqot, fikrlar almashinuvini,o‘rganilayotgan yoki dolzarb muammoni ochiqchasigaatroflicha hal etish, tahlil qilish, kerakli qarorlarni qabul qilish kabi mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oshiruvchi ish shaklidir.Bunda o‘yin turlarida muassasajamoasi jipslashadi,bahs-munozara vaqtida o‘zini puxta bilish, bahslashish madaniyati bilan qurollantiradi, xodimlarning o‘zaro munodabatlarini,bilim saviyalarini o‘stirish vositasidir.
Progressiv metodik ishlarning negizi –bu muhokamasidir.O‘yin qatnashchilarini o‘zlarining xulosalari bilan bahs munozaraga kirishadilar,bunda har bir ishtirokchining aqli, talanti,tafakkur darajalari yaqqol namoyon bo‘ladi.Psixologiya faniga har bir pedagogik jamoa o‘zining dunyoqarashi, xususiyatlariga ega bo‘lishi bilan farqlanadi deyiladi Bu quvvatdan ancha vaqtgacha kam foydalanib kelindi. Demak maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkaziladigan turli metodik ish shakllarida asosiy o‘rin-jamoa fikri egallaydi.

  1. Ishbop o‘yinlari- bu o‘yin jamoani va o‘yin ishtirokchilarini hayotiy sharoitga tobora yakunlashtiradi, u pedagogik qarorlarni to‘g‘ri tez oqilona qabul qilish kabi malakalarmi shakllantiradi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni ko‘ra olish va xatolarni to‘g‘rilash kabi qobiliyatlarini o‘stiradi.Ishbop o‘yinlarni ilmiy asosda ishlab chiqqan olimlardan - Lisin B„ N.Verbitskiy,S.Galayda va boshqalar bu o‘yinlarni musobaqali,rolli tuzilgan.

Tayyorgarlik bosqichi bunda o‘yin maqsadi, vazifalari,tashkiliy qoidalar o‘yin boshlanishidagi reglament vaqti,ijro etuvchi ishtirokchilarni tanlab olish,o‘yin uchun kerakli jihozlarni, materiallarni tayyorlash;o‘yin yakuni , o‘yinni tahlil qilish va natijasini aniqlab baholash.
Maktabgacha ta’lim muassasalarning guruhlarida 2 oyda 1 marta ota- onalar maj is, bolib o‘tadi. Shuning uchun, biz tarbiyachilarga metodik tavsiya sifatida «Ota-onalar majlisi» o‘yinini tanladik.
Mavzu: «Biz va bizning bolalarimiz»
Maqsad;Bolalar bilan muloqot malakalarini shakllantirish, mustahkamlash, bir-biri bilan o‘zaro munosabat umumiy til topisha olish kabi xususiyatlarni tarbiyalash,kelishmovchilik jarayonida ogohlantirish qo‘shimchalarini tarbiyalash Rollar: tarbiyachi, mudira, ota-onalar, buvi, katta ona, ota-onalar qo‘mitasi a’zolari, pedagoglar.
Referent: ish kuzatib boruvchi va baholovchilar. Bo‘lar bir necha bo‘lishlari mumkin. Referent o‘yinni kuzatib boradi va tegishli kuzatish xaritasiga qayd kiladi.
1. Tarbiyachining ota-onalar bilan suhbati, suhbat jarayonini tahlil qilish:

  1. bir nechta tarbiyachilar savolning nazariy va amaliy jihatlarini egallagani;

  2. ota-onalar majlisi mavzusidagi suhbat qay darajadaligi;

  1. suhbat mavzusi guruhlardagi bolalarning holati bilan bog‘liqligi;

  2. suhbatda ota-onalarning qiziqishlarini hisobga olish, ularning bu mavzu bo‘yicha bilim saviyalari darajalari;

  3. tarbiyachi tomonidan o‘rganilayotgan muammoga qiziqish hislarini hosil qilish, savollar bera olish, so‘zga chiqish, tarbiyachining mantiqiy, birin-qetin, asta-sekinlikda, asosli ravishda o‘z fikri nuqtai-nazarida bayon etish;

  4. qo‘shilmagan tarbiyachilarga nisbatan tarbiyachi tez, to‘g‘ri kirishib keta oladimi?

10.3.Ta’lim tizimiga doir hujjatlar, ko‘rsatmalar.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling