Elektron ta’lim resurslari
www. tdpu. uz
www. pedagog. uz
www. ziyonet. uz
‘
8.1.NAZORAT QILISHNING USUL VA USLUBLARI
Nazorat qilish – deganda – Davlat nazorati, maktabgacha ta`lim vazirligi, maktabgacha ta`lim boshqarmalari va maktabgacha ta`lim bo‘limlari tomonidan maktabgacha ta`lim tizimida rahbarlikning tekshirish shakliga aytiladi.
Bu – mamlakatimizda qabul qilingan qarorlar, farmon-farmoyishlarini, hukumatning ko‘rsatma, yo‘l – yo‘riqlarini, «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun asoslarini bajarilishini, maktabgacha ta’limi vazirligi yoki tashkilotlar tomonidan, maktabgacha ta`lim ahvolini tekshirish, shuningdek, maktabgacha ta`lim bilan bog‘liq bo‘lgan ariza, shikoyat, iltimoslarni tekshirishdir.
1.MTTlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM
Mazkur NIZOM 7-bob, 48-banddan iborat bo‘lib, 1-bobda umumiy qoidalarda bu hujjat davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasidagi barcha davlat organlari va tashkilotlari, tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari (o‘z buysunuvidagi maktabgacha ta’lim tashkilotini tekshirishlar bo‘yicha) faoliyati doirasida;
b) “Sud dujjatlari va boshqa organlar dujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
v) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni doirasida;
g) tergovga kadar tekshiruvlar damda kuzgatilgan jinoyat ishlari va ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar doirasida;
d) maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyatini tekshirish doirasida o‘tkaziladigan tekshirishlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |