7.2.PEDAGOGIK KENGASH MAJBURIYATLARI
7.2.1.Pedagogik kengash majburiyatlari
1. Pedagogik jamoaning ilg‘or ish tajribalarini izlaydi, topadi, baholaydi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.
2. Maktabgacha ta’lim faoliyati yuzasidan pedagoglarni qiziqtiruvchi masalalar yuzasidan ish olib boradi.
3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining yillik natijalarini ishlab chiqadi.
4. Qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
5. Pedagogik kengashga qo‘yiladigan masalalar yillik rejadagi asosiy vazifalarni yoritib boradi.
7.2.2.Pedagogik kengash haq- huquqlari va mas’uliyati
1. Pedagogik jamoa a’zolaridan ish jarayoniga bir xilda yondashuv va faoliyat olib borishni talab qilishi.
2. Ma’muriyat tomonidan faoliyatni yaxshilash borasidagi takliflarni kiritishi.
3. Pedagogik kengash qarorlarini amalga oshirishini nazorat qilishni ma’muriyatdan talab qilishi.
4. Pedagogik kengashga hamma pedagoglarning qatnashuvini talab qilish.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirish yo‘nalishlarining istiqbol rejasini belgilash.
6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishini amalga oshirish.
7. Ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil qilishning turli shakl va usullarini muhokama qilish, amaliyotga tadbiq etish.
8. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim-tarbiya jarayoniga oid barcha masalalarni o‘z vakolati doirasida muhokama etish va tegishli qaror qabul qilish.
9. Pedagoglar malakasini oshirish tizimiga, ularni ijodiy tashabbuskorliklarini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini berish.
10. Bolalarning bilim darajasini aniqlashda diagnostik mezonlarni tahlil, uni o‘tkazish shakli, vaqtini belgilash.
11. Ta’lim - tarbiya jarayonini tashkil qilish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishga doir masalalar bo‘yicha rahbariyatning hisobotlarini tinglash.
Ta’lim - tarbiya jarayonida alohida xizmat ko‘rsatgan maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini rag‘batlantirishga tavsiya qilishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |