10. Bolalar chiqishlari, xulq- atvorlarini, ijodini taxlil qilish.
Ular magnitofon yozuvlari, rasmlar to‘plami, yasalgan ishlari, xulq-atvorini yorituvchi yozilmalar. Tarbiyachilar material bilan tanishadilar, ularni tahlil qiladilar va bolalarning ko‘nikma va bilimlariga, taraqqiyotiga, tarbiyasiga baho berishlari,olgan bilimlari bilan o‘z faoliyatlarida yordam sifatida takliflar kiritishlari mumkin.
11.O‘yin usuli. Bu yo‘nalish qiziqish uyg‘otadi, yuqori faollikni ta’minlaydi, pedagogik muammolarni hal qilishda malakalarini takomillashtirishga yordam beradi.
12. Yakuniy so‘z- Pedagogik kengashda yakuniy so‘z asosiy daqiqa hisoblanadi. U qisqa va aniq bo‘lishi, konstruktiv takliflarni o‘z ichiga olishi kerak.
Maishiy – xo‘jalik va tashkiliy masalalar bo‘yicha ikkinchi darajadagi masalalarni mudira huzuridagi yig‘ilishda muhokama qilish kerak.
Pedagogik kengashga qo‘yilgan muammolarning mazmuni, ularning muhokamasiga pedagogik kengashda pedagoglarning munosabatlari orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiga rahbarlik darajasini aniqlash mumkin.
Har yili pedagogik jamoada yil mobaynida qilingan ishlarning yakuniga bag‘ishlangan pedagogik kengash o‘tkaziladi.
Bunday pedagogik kengashni tayyorlash va o‘tkazishga diqqatni jalb qilish lozim, chunki butun jamoa bu pedagogik kengashda ishtirok etishlari, bir yilda nima qilindi va qanday natijalarga erishildi, qanday kamchiliklarni bartaraf etganliklari ma’lum bo‘ladi. Shu narsani ta’kidlash lozimki, butun jamoa bu yilgi rejada nimaga erishdilar, nimalarga erishmadilar, bularning hammasini bilishlari lozim. Bunday pedagogik kengashga oldindan tayyorlanadi, chunki yillik reja asosida hisobotlar beriladi, barcha bo‘limlar yuzasidan dasturning bajarilishi ko‘rib boriladi.
Keyingi o‘quv yili vazifalari belgilanadi. Yil davomida olib borilgan ish mexanizmi har xil bo‘lib, tarbiyachilarning ish natijalari muhokama qilinadi;
Bunda tanlama tashhisni o‘tkazish, guruhdagi yakuniy mashg‘ulotlarni tahlil qilish, ota- onalardan so‘rovnomalar olish mumkin.
Hamma hujjatlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi, pedagogik kengashga yakuniy ma’lumotnoma sifatida ilova qilinadi. Xuddi shu yakuniy tahlil kelgusi o‘quv yildagi ish rejasining birinchi qismi hisoblanadi, shuning uchun ko‘p ko‘rsatgichlarni ko‘rgazma uchun jadvalda tavsiya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Imkon qadar pedagogik kengashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda har bir pedagog, mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash kerak.
Yakuniy pedagogik kengashga tayyorgarlik ko‘rishar ekan tarbiyachilarga, quyidagi savollarni taklif etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |