Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 0.57 Mb.
bet56/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Maqsadiga ko‘ra:
a) Reja asosida o‘tkaziladigan pedagogik kengash;
b) Yakuniy pedagogik kengash;
v) Navbatdan tashqari pedagogik kengash.
Pedagogik kengashda tashkilot taraqqiyoti rejalari aniqlanadi. Pedagogik kengashning moddiy - texnika ta’minotini muassasa rahbari ta’minlaydi. Tashkilotning pedagogik tarkibi 3 nafardan kam bo‘lmagan taqdirda pedagogik kengash tashkil etilmaydi. Pedagogik kengash qarorlari jamoaning har bir a’zosi tomonidan ijro etilishi lozim. Qarorlarning ijrosi mas’ul xodimlar tomonidan nazorat qilinadi, shuning uchun bu qarorlar tushunarli, mas’ullar belgilanishi va ijro muddati belgilangan bo‘lishi kerak.
Pedagogik kengash qaysi shaklda o‘tkazilishidan qat’iy nazar albatta qaror chiqarilishi shart. Qarorlar pedagogik kengash bayonomalarida qayd qilinadi, ularni qayd qilinishi aniq talablar asosida olib boriladi.
Ko‘pincha quyidagicha savol beriladi: Har bir pedagogik kengashda nechta qaror qabul qilinadi? Bu kun tartibiga qo‘yiladigan masalalar soniga bog‘liq. Qarorlar aniq, mas’ullar belgilangan, muddati belgilangan bo‘lishi lozim. Har bir pedagogik kengash oldingi pedagogik kengash qarorlarining ijrosi haqidagi ma’lumot bilan boshlanadi.
Pedagogik kengash bayonnomasi daftari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun (shahar) maktabgacha ta’limi bo‘limi tomonidan, nodavlat ta’lim muassasalari uchun ta’sischi tomonidan tikilgan, raqamlangan, muhrlangan bo‘lishi kerak. Bayonnoma daftarida ishtirok etganlar va ishtirok etmaganlar soni ko‘rsatiladi. Kun tartibi aniq yoziladi. Taklif va kamchiliklar, qarorlar har bir masaladan keyin yoritiladi. Har bir bayyonnoma rais va kotiba tomonidan imzolanadi. Pedagogik kengash bayonnomasi har o‘quv yili boshida yangidan raqamlanadi.
Pedagogik kengash jamoani bir fikrga kelishida yordam beradi, o‘z pedagog nuqtai nazarini tahlil qilishda va baholashda sharoit yaratadi, ilg‘or amaliyotni hayotga tadbiq etish tamoyillariga rioya qilishga harakat qiladi.
Oldindan metodik xonada muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha adabiyotlardan ko‘rgazma tashkil etiladi, ilg‘or pedagoglarning ish tajribalarini yorituvchi hujjatlar (qo‘llanmalar, matnlar, bolalar bilan olib borilayotgan ish rejalari) taklif etiladi.Tarbiyachilarga topshiriqlar beriladi. Masalan: Guruhingizdagi bolalardagi o‘z-o‘ziga xizmat malakalarini baholab, shartli ravishda 3 guruhga:

  • turg‘un malakali bolalar

  • qisman shakllangan, ammo noturg‘un malakali bolalar

  • u yoki bu ko‘nikmalar umuman bo‘lmagan bolalar.

Bunday darajadagi turli- tumanlilikni belgilovchi sabablarni izohlang, ikkinchi va uchinchi guruhga kiruvchi bolalar bilan ishlash tartibini izohlab bering.
Bunday topshiriqlar pedagogik kengashda ijodiy xulosa chiqarish va izlanishlarni talab etadi. Uslubchi pedagogik kengashning har-bir mavzusini chuqur o‘rganib chiqadi ( pedagoglarni faollashtiruvchi tomonlarni o‘ylab topadi.)
Pedagogik kengashni tayyorlashda asosiy shart - sharoitlardan biri - bu ko‘rib chiqiladigan masalalarning dolzarbligidir. Pedagogik kengashlar yangi pedagogik texnologiyalar, mualliflik ishlanmalardan iborat bo‘lishi mumkin. Shuning uchun oldingi zerikarli ma’ruzalar orqada qolib ketdi. Umuman nazariy ma’ruzalar va axborotlarni boshqa ish shakllariga, masalan, nazariy seminarlarga kiritish mumkin.
Pedagogik kengashda muhokama qilingan mavzular aniq va tarbiyachilarga yaqin bo‘lishi kerak. Bir qancha savollarni tayyorlab qo‘yish va pedagoglarga ularni ballarda baholash taklif etilishi mumkin, bu rahbarga eng dolzarb, ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollar bo‘lishi va ular pedagogik kengashning kun tartibiga kiritish mumkin. (1 jadval).

Pedagogik kengashda muhokama qilinadigan masalalar ro‘yxati

Juda qiziq

Juda qiziq va dolzarb

E’tiroz bildirmayman

Qiziq
emas, dolzarb emas

E’tiroz bildiraman

1.

3ball

3 ball

2 ball

1ball

0 ball

Bunday jadval o‘quv yili uchun dolzarb masalalarni tanlashga yordam beradi. Ta’lim - tarbiya muammosi har bir pedagogik kengashda muhokama qilinishi mumkin.


Mavzuni aniqlagach, pedagogik kengashga tayyorgarlikni olib borish mumkin. Bunda ishchi guruhni tashkil qilish lozim, chunki u pedagogik kengash shaklini o‘ylashga, joylarni jihozlashga, o‘rganish uchun adabiyotlarni tuzishga yordam beradi. Uslubiy xonada “Pedagogik kengashga tayyorlanayapmiz” mavzusida ko‘rgazma tayyorlash mumkin. Bunda ish tajribalarini, qo‘llanmalarni tavsiya qilish mumkin. To‘liq kun tartibi, muhokama qilinadigan mavzular pedagogik kengashdan 2-3 hafta oldin e’lon qilinadi. Pedagogik kengashning natijasi aynan unga qanday tayyorgarlik ko‘rishga bog‘liq.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling