Har xil aniq vaziyatlar mavjud. Ular orqali tarbiyachilarning faolligi va qiziquvchanligini oshirish mumkin.
1. Illyustratsiyali vaziyat. Bu vaziyatda amaliyotdan ayrim voqealar yoritiladi. Shu yerning o‘zida qaror ham chiqariladi.
2. Vaziyat- mashq. Bunda ba’zi bir topshiriqlarni bajargan holda muammoni hal qilish lozim. (reja tuzish, maktabgacha ta’lim muassasa ta’lim- tarbiya dasturi asosida u yoki bu bo‘lim bo‘yicha bolalar o‘zlashtirishi jadvalini to‘ldirish.)
3. Vaziyatli baholash.Bunda muammo hal qilingan bo‘lishi, lekin pedagoglardan uning tahlili orqali chiqarilgan qarorni asoslay olishi, uni baholay olishi kerak.
4. Vaziyat - muammo Bu nisbatan murakkab faollashtiruvchi usul bo‘lib, u muammoni yechishdan iborat. Yordam tariqasida tarbiyachilarga savollar beriladi.
5. Qarama - qarshi ikki taraflama nuqtai -nazardan muhokama qilish.
Bunda muhokama qilinadigan muammo ikki xil nuqtai nazardan ko‘rib boriladi. Har bir tarbiyachi muammoga nisbatan o‘z nuqtai nazarini aytishi va uni asoslab berishi lozim.
6. Amaliy bilimga o‘rgatish. Bu usul juda samaralidir, lekin uni oldindan o‘ylab chiqish, uni qaysi tarbiyachiga topshirish lozimligini o‘ylash lozim. Uning davomliligi 5 daqiqadan oshmasligi lozim. Bunda tarbiyachilarning ilg‘or ish tajribalarini olish mumkin.
7. Tarbiyachi ish kunini tasvirlovchi usul.
Pedagoglarga yosh guruhni tavsiflash vazifasi berilib, uning maqsadi va vazifasi ifodalanadi va u hal qilinishi lozim va ajratilgan vaqt ichida o‘z ish kunini tashkil etishi lozim. Xulosada rahbar taklif etgan modellarni muhokamasini ham
kiritish mumkin, uning ijobiy tomonlari aniqlanadi, kamchiliklari ko‘rsatiladi.
8. Pedagogik krossvord va perfokartalarni topish.U aniq mavzu bo‘yicha tarbiyachilarning bilimlarini aniqlashga, ularning dunyoqarashlarini rivojlantirishga, bu esa bolalar bilan ishlash sifatiga yordam beradi.
9. Me’yoriy – huquqiy hujjatlar bilan ishlash. Oldindan tarbiyachilarga u yoki bu hujjat bilan tanishish imkoniyati beriladi. O‘z yo‘nalishlarini belgilagan holda bu hujjatlarni o‘z ishlarida qo‘llashlari , shu faoliyatlari davomida o‘z kamchiliklarini yo‘qotishlari mumkin. Bu ishni har bir qatnashuvchi mustaqil bajarishi mumkin, pedagogik kengashda bir xil muammo turlicha yondoshgan holda muhokama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |