III.Sinov savollari
1.Elektron generator so’zini izohlang.
2.Garmonik tebranishlar generatori bilan multivibrator, o’rtasidagi farq nimada?
3.Multivibrator tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.
4.Multivibrator ishlab chiqargan signal parametrlari nimalarga bog’liq?
5.Tranzistorlarning ulanish usullari nechta?
IV.Adabiyotlar
1. YuE-50 konstruktori kitobchasi .
2. V.G.Borisov Radiokonstruktorlik to’garagi. Toshkent. O’qituvchi. 1988
3.B.K.Karimov, Yu.A.Ganin, G.X.Rustamov Radioelektronika asoslari. Toshkent. O’qituvchi. 1993 y.
4. A.N.Bogatirov Radioelektronika, avtomatika i elementы EVM. Moskva. Prosvesheniye. 1999, 79-84 str.
Laboratoriya ishi № 15
Mavzu: Detektorli radiopriyomnikdagi jarayonlarni o’rganish va uning sxemasini chizish
Ishning maqsadi: talabalarda radioaloqa prinsipi to’g’risida to’laroq tushuncha hosil qilish va radioqabul qilgichning sodda sxemasini yig’ish ko’nikmasini hosil qilish
I. Nazariy ma’lumot.
Radiouzatgichda sodir bo’ladigan jarayonlarni 1-rasmda tasvirlangan grafik bilan tushuntirish mumkin. Radiopriyomnik antennasiga kelib urilgan radioto’lqinlar unda radiouzatgich tarqatgan amplituda bo’yicha modulyasiyalangan, lekin kam quvvatli tebranishlarpni uyg’otadi. Bu to’lqinlar dastlab radiopriyomnikda tovush chastotali elektr tebranishlarga, so’ngra tovushga aylanadi. Bu jarayonlarning birinchisini, ya’ni kerakli stansiya tarqatgan tebranishlarni ajratib olishni tebranish konturi bajaradi. Dedektor esa tovush chastotasidagi elektr tebranishni “kesib” oladi. Bu tebranish ikkita tashkil etuvchi- birinchisi yuqori chastotali, u telefonga parallel ulangan kondensator orqali o’tadi, past chastotali qismi (tovush) telefondan o’tadi. Bu jarayonlar 2-rasmda tasvirlangan. Biz yuqorida ko’rib o’tgan jarayonni amalga oshiruvchi asboblarning eng soddasi ya’ni radioto’lqin energiyasi bilan ishlovchi (tok manbai kerak emas) dedektorli radiopriyomnikdir (3-rasm). U quyidagi elementlardan tashkil topgan.
W1 –qabul qiluvchi antenna, S1-kondensatoor priyomnikning sozlanishiga antennada bo’ladigan tashqi ta’sirni kamaytiradi. L1 – induktiv –altak va S2 kondensator chastotali tebranish konturidir. Kontur chastotasi fk kerakli stansiya chastotasiga fp teng bo’lsa, rezonans xodisasi sodir bo’ladi, ya’ni frez=fk=fp tenglik bajariladi .
V1 diod frez chastotali tebranishlarni “kesadi”
S3 –kondensator –“kesilgan” tebranish tarkibidagi yuqori chastotali tashkil etuvchini ajratib oladi.
V1- telefondan “kesilgan” tebranish tarkibidagi past chastotali tashkil etuvchi – tovushni o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |