Ушбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Electronics Workbench dasturi komponentlari
- Bazaviy komponentlar
- Manbalar
- O’zgarmas kuchlanish manbasi
- O’zgarmas tok manbasi
- O’zgaruvchan tok manbasi.
- Chiziqli elementlar Rezistor.
- O’zgartiriladigan sig`imli kondensator.
- Induktivligi o’zgaruvchan galtak
- O’lchov asboblari va elementlarining kattaliklarini o’rnatish
- O’lchov jihozlari paneli
- Osillograf
- TAJRIBA XONALARIDA ISHLASH QOIDALARI.
- O`ZGARMAS TOK ZANJIRLARIDA BAJARILADIGAN O`LCHASHLAR
1
Ушбу услуб
ий курсатма
Тузувчилар:
O’zbekiston respublikasi Navoiy kon metallurgiya kombinati Navoiy davlat konchilik instituti
«Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar» fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish bo`yicha USLUBIY KO’RSATMA
Navoiy–2008
2
talabalar uchun “Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar» fanidan vertual usulda bajariladigan tajriba ishlarini o`z ichiga oladi. Uslubiy ko’rsatma texnika oily o’quv yurtlarining energetik bo’lmagan mutaxassislik yo’nаlishlari talabalari uchun mo’ljallangan. Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik instituti «Umumiy fizika va eletrotexnika asoslari» kafedrasining o’quv uslubiy kengashi yig`ilishida muhokama qilingan. Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik instituti o’quv uslubiy kengashi qarori bilan chop ettirildi.
Tuzuvchi Nazarov J.T.
Taqrizchilar f.m.f.n., dotsent Ibragimov O f.m.f.n., dotsent Bazarov M.B.
3
Fan va texnika jadal rivojlanib borayotgan hozirgi kunda talabalarga ta’lim va tarbiya berish samaradorligini oshirishda ham katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Yaratilayotgan yangilikni doimiy o’zlashtirib borish O’zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to`g’risidagi qonun” lari oldiga qo`yilgan asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ta’lim va zamonaviy ishlab chiqarishning uyg’unligini ta’minlash maqsadida kompyuter texnikasi imkoniyatlaridan ta’lim jarayonida muntazam foydalanib borish ayniqsa muhimdir. Shu maqsadda yaratilayotgan elektron darsliklar, ilmiy ommabop filmlar va virtual tajriba ishlari ta’lim jarayonining asosiy elementlari hisoblanadi. Elektrotexnika fanidan tajriba ishlarini bajarish uchun yaratilgan ushbu uslubiy ko’rsatma “Electronics Workbench” dasturi asosida tuzilgan bo’lib, unda bu dasturdan foydalanish qoidalari va bu dastur yordamida bajariladidan 8 ta tajriba ishlari keltirilgan. Electronics Workbench dasturi tajriba ishlarini elektron usulda bajarish uchun moslashtirilgan dastur hisoblanadi. Electronics Workbench sxematexnik modellashtirilgan sistema bo’lib, analogli, raqamli va raqamli-analogli elektr sxemalarni modellashtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Dastur bazasida keng tarqalgan electron komponentlarning katta to’plami mavjud. Bundan tashqari bu komponentlarning bazasini kengaytirish va ularning qiymatlarini keng diapazonda o’zgartirish imkoniyati kattadir. Oddiy komponentlar qiymatlarini kattaliklar to’plamidan klavishlar yordamida o’zgartirish mumkin. Faol elementlar (modellar) o’zida aniq elementlar yoki ularning ideal modellari hamda kattaliklar to’plamini mujassamlashtirgan. Modellar komponentlar bazasidan tanlanadi va ularning kattaliklari ham foydalanuvchi tomonidan o’zgartirilishi mumkin. O’lchov asboblarining katta to’plami turli xil kattaliklarni aniq o’lchash va ularning grafiklarini chizish imkonini beradi. Barcha asboblar haqiqiy o’lchov asboblariga yaqin qilib yasalganligi ulardan foydalanishda qulaylik yaratadi. Haqiqiy (real) tajriba qurilmalaridan foydalanganda va unga tayyorgarlik ko’rganda ko’p vaqt sarf qilinadi. Electronics Workbench dasturida tajriba ishlarini bajarish vaqtni tejash imkonini berishi bilan birgalikda alohida joyga ehtiyoj tug’dirmaydi. Electronics Workbench dasturida shemalarni noto’g’ri yig’ish o’lchov asboblarining ishdan chiqishiga va tajriba o’tkazuvchining hayotiga xavf tug’dirmaydi. Murakkab sxemalarning grafik imkoniyatlari kengligi sababli ularni aniq tasvirlash va rangini o`zgartirish imkonini yaratadi. Ushbu uslubiy ko’rsatmada keltirilgan trajriba ishlari Karimov A.S. va boshqalar muallifligida 1975 yilda chop ettirilgan «Elektrotexnika» (masalalar tuplami va laboratoriya ishlari) kitobidan olindi va Electronics Workbench dasturida bajarish ucun moslashtirildi. Ushbu uslubiy ko’rsatma Umumiy elektrotexnika fanini o’rganayotgan kasb-hunar kollejlari talabalari uchun ham tajriba ishlarini vertual usulda bajarishda amaliy yordam beradi.
4
Electronics Workbench komponentlari bazasiga passiv
elementlar, tranzistorlar, boshqariladigan energiya manbalari, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, raqamli va analogli elementlar, maxsus kombinatsion sxemalar mavjud. Faol elementlar modellari ideal va real holatlarda berilgan. O’lchashlarni olib borish uchun ampermetr, voltmeter, osillograf, multimetr, Bode-plotter (sxemalarni chastota xarakteristikalarini grafik tasvirlagich), funktsional generator, mantiqiy analizator, mantiqiy o’zgartirgich kabi asboblar mavjud. Electronics Workbench sxema tahlili o’zgarmas va o’zgaruvchan tokda amalga oshirilishi mumkin. Electronics Workbench dasturi turli murakkabliklardagi sxemalarni quyidagi harakatlar yordamida yig’ish imkonini beradi: 1) elementlar bazasidan o’lchov asboblari va elementlarni tanlash; 2) elementlarni ishchi oynaning istalgan joyiga olib borish; 3) elementni yoki elementlar guruhini muntazam 90 gradusga burish; 4) elementlar va elementlar to’plami yoki sxemani ko’chirib olish, o`rnatish va o’chirish; 5) o’tkazgichlar rangini o’zgartirish; 6) bir vaqtning o’zida bir qancha o’lchov asboblarini ulash; 7) elementlar parametrlarini keng diapazonda o’zgartirish ; Barcha amallar sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi.
Electronics Workbench dasturi oynasi ikki qismga ajratilgan: bular komponentlar paneli va komponentlar maydoni.
Barcha komponentlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: bazaviy komponentlar; manbalar, chiziqli komponentlar: kalitlar, nochiziqli komponentlar; indikatorlar, mantiqiy komponentlar; kombinatsion turdagi tugunlar, ketma-ket turdagi tugunlar hamda gabrid komponentlar.
Birlashtiruvchi tugun-o’tkazgichlarni ulash va nazorat nuqtalarini hosil qilish uchun hizmat qiladi. Sxema yig’ib bo’lingach o’lchov asboblarini ulash uchun qo’shimcha tugunlarni joylashtirish mumkin.
potensiallar farqi hosil qilish imkonini beradi. Sxema tarkibida operatsion kuchaytirgich, transformator, boshqariladigan manba yoki osillogrif mavjud bo’lsa, bu sxema albatta yerga ulanishi zarur. Aks holda o’lchov asboblari ishlamaydi yoki noto’g’ri ma’lumot beradi.
ishchi oyna komponentlar maydoni komponentlar paneli jihozlar paneli
5
Electronics Workbench dasturining barcha manbalari ideal manbalar hisoblanadi. Ideal manbalarning ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ularning kuchlanishi iste’molchi qarshiligiga bog’liq emas.
lardan kV largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Electronics Workbench manbalari ichki qarshiligi nolga teng bo’lganligi sababli ikkita batareyani parallel o’lash zarur bo’lsa ularga ketma-ket qilib kichikroq qarshilik (masalan 1 Om ) o’lash zarur.
qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
qiymati voltlarda o’lchanadi va mkV lardan kV largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Manbaning boshlang’ch fazasi va chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjud.
amperlarda o’lchanadi va mkA lardan kA largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi. Manbaning boshlang’ich fazasi va chastotasini o’zgartirish imkoniyati mavjud.
o’zgartirish imkonini beradi.
yordamida rostlash mumkin. Qiymatlar oynasida reostat holatini (foizlarda) o’rnatish imkoniyati mavjud.
qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
ozgartirish imkoniyati mavjud. U faradalarda o’lchanadi va pF lardan F largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
mkGn lardan Gn largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
proportsionallik koeffitsienti orqali o`rnatiladi (L=boshlang’ich qiymat/100). Transformator- U 1 kuchlanishni U 2 kuchlanishga o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Transformatsiya koeffitsienti n birlamchi cho’lg’am kuchlanishi U 1 ni ikkilamchi cho’lg’am kuchlanishi U 2 ga nisbati orqali aniqlanadi. Transformatsiya koeffitsienti qiymatlar oynasiga o’rnatiladi.
Eslatma: Transformator ulangan sxema albatta yerga ulanishi zarur.
6
Oddiy anologli elementlar hisoblangan turli energiya manbalari, kondensatorlar, induktiv g’altaklar, qarshiliklar bir yoki bir nechta kattaliklarga ega. Murakkab elementlar aniq bir modelni mujassamlashtirgan bir qancha o’zaro bog’langan elementlardan iborat. Yerga ulovchi va birlashtiruvchi tugundan tashqari barcha elementlar o`rnatilgan ma’lum kattalikga ega. Bu elementlarning qiymatini o`zgartirish uchun kompyuter sichqonchasi chap tugmasini ikki marta bosish yordamida elementning qiymatlar oynasi ochiladi va zaruriy kattalik yoziladi. Element o`lchami “yuqoriga” va “pastga” strelkalari yordamida o`zgartiriladi. Shundan so’ng Accept tugmasi bosiladi va kerakli qiymat o`rnatiladi. Bu amallarni Circuit menyusidagi Preferences bo’limi orqali ham amalgam oshirish mumkin.
Electronics Workbench dasturining oddiy o’lchov asboblari voltmetr va ampermetr hisoblanib, ular komponentlar panelida belgisi ostida joylashtirilgan. Bu asboblarni ishlatish uchun ularning qiymatini o’rnatish talab etilmaydi. Bitta sxemaning o`zida ularning bir nechtasini bir vaqtning o’zida ulash mumkin.
uchun xizmat qiladi. To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan voltmetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali voltmetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan kuchlanishning turi va voltmetrning ichki qarshiligi o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan
To’g’ri to`rtburchak shaklida tasvirlangan ampermetrning qalin qora chiziq chizilgan tomoni “manfiy” chulg’am qisqichi hisoblanadi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali ampermetrning qiymatlari oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi va ampermetrning ichki qarshiligi urnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy kurinishi keltirilgan.
O’zgaruvchan (АС) tok va kuchlanishni o’lchashda o’lchov asboblari ularning ta’sir etuvchi qiymatlarini ko`rsatadi. Eslatma: Voltmetr va ampermetr sifatida multimetrdan ham foydalanish mumkin.
Electronics Workbench dasturida ampermetr va voltmetrdan tashqari ko’p sonli rejimlarida ishlaydigan 7 ta asbob mavjud bo’lib ular bitta elektr sxemada faqat bir marta qo`llaniladi. Panelning chap tomonida analogli kattaliklarni kuzatish uchun mo`ljallangan multimetr, funktsional generator, osillograf va Bode-plotter joylashtirilgan.
7
O`ng tomonda esa mantiqiy kattaliklarni kuzatuvchi va hosil qiluvchi bayt generator, mantiqiy tahlillovchi, mantiqiy o’zgartiruvchilar keltirilgan.
Quyida bu asboblar haqida ma’lumot keltiriladi. Multimetr- kuchlanishni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), tokni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), qarshilikni va kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash imkonini beradi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali quyida tasvirlangan qiymatlar oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi va zarur fizik kattaliklari o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan. Tok va kuchlanishni o’lchash uchun multimetr qisqichlari voltmeter va ampermetr kabi ulanadi. Qarshilikni o’lchash uchun multimetr qisqichlari o’lchanishi zarur bo’lgan zanjir qismiga parallel holatda ulanadi. O’lchashni amalga oshirish uchun multimetrni o’zgarmas tokka o`tkazing va
tugmasi o`rnatilgach qo`shish tugmasini bosing. O’lchash xatosiz bajarilishi uchun zanjir yerga ulanadi hamda energiya manbalari uzib qo`yiladi. Kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash uchun multimetrning dB tugmasini bosing. Multimetr qisqichlari aniqlanadigan nuqtalarga nisbatan biriktiriladi. Multimetr parametrlari kattaliklarini o`rnatish uchun SETTINGS tugmasini bosing. Multimetr parametrlari tekshiriladigan sxemaga kam ta’sir etishiga e’tibor qaratish zarur.
Osillograf. Electronics Workbench osillografi saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan uzluksiz ikki nurli bo’lib oddiy va kengaytirilgan holatlarga ega. Osillografning kengaytirilgan varianti eng yaxshi raqamli saqlab qoluvchi haqiqiy osillografga yaqinlashtirilgan. Sichqoncha tugmasini ikki marta bosish orqali osillografning oddiy holati paydo bo’ladi. multimetr funktsional generator osillograf Bode-plotter
bayt generator mantiqiy tahlillovchi mantiqiy o’zgartiruvchilar
8
Osillografning to`rtta ulash qisqichi mavjud bo’lib, pastgi o`ng va chap qisqichlar А (channel А) va В (channel В) kanallarning kirish qismi hisoblanadi. O`ng tomondagi yuqorigi qisqich umumiy qisqich deb ataladi. Chunki osillograf o`lchayotgan nuqta kuchlanishi bu qism potensialiga nisbatan olinadi. Odatda bu qism yerga ulab qo`yiladi, chunki osillograf kuchlanishni nolga nisbatan olishi zarur. Shu sababli osillograf bu qisqichi «ground». deb belgilangan.
Menyuning Circuit punktida Analysis Options qismiga kirib Time domain points per cycle qatori orqali otsillogrifning hisoblash nuqtalarini kengaytirish mumkin. Odatda bu nuqtalar soni 100 bo’ladi. Huddi shi yo`l bilan Pause after each screen holatini o’rnatish orqali osillogramma tahlilini yengillatish mumkin. Bunda osillografning ishi uning nuri ekrani oynasini to`liq egallagach to`xtaydi. Osillograf ishini davom ettirish uchun Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi yoki F9 tugmasi bosiladi. Osillograf ishini istalgan holatda to`xtatish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Circuit punktidan Pause (Pauza) holati tanlanadi. Osillograf ishini qayta davom ettirish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi. Oddiy holatdan kengaytirilgan holatga o`tish uchun ZOOM tugmasi bosiladi.
Umumiy Sinxronizasiya 9
Mustaqil ish boshlashdan oldin talabalar texnika xavfsizligi qoidalari bilan puxta tanishishlari va keyinchalik ham ularga qat'iy amal qilishlari lozim. Tajriba mashg’ulotlarini bajarihlari uchun talabalar qu yidagi qoidalarga amal qilishlari zarur.
1. Birinchi tajriba mashg'ulotida har bir talabaga butun o’quv yarim yilligi (semestri) davomida bajariladigan ishlarning aniq muddati belgilangan jadval beriladi. 2. Tajriba xonasiga talabalar navbatdagi mashg'ulot ishlariga puxta tayyorgarlik ko'rgan holda kelishlari, ya'ni qilinadigan ishning mazmuni va maqsadi, bajarish tartibini bilgan holda, sxemalarni tuzish va ko'zatuv natijalarini yozib olish uchun ham oldindan hozirlik ko'rgan bo’lishlari lozim. 3. Tajriba xonasida tajriba ishi mashg'ulotlari belgilangan alohida ajratilgan maxsus joylarda amalga oshiriladi. 4. Talabalar bajariladigan amaliy ishining sxemalarini yig'ishdan oldin qo'llaniladigan asbob va qurilmalarni ishlatish tartibini ko'rsatuvchi qo'llanmalar bilan tanishishlari kerak. Bulardan tashqari ular daftariga amaliy ishni bajarish uchun kerak bo`lgan asosiy sxemalarni chizib, o'lchash natijalarini yozish va hisoblash uchun zarur bo'lgan jadvallarni ham hozirlab qo'yishlari kerak. Talabalar tajriba ishlarini bajarishlari uchun zarur hisob-kitoblarni tavsiya qilingan adabiyotlardan, shuningdek o'qituvchidan olingan ma'lumotlar asosida oldindan hisoblab chamalab-qo'yishlari lozim. 5. Talaba tajriba ishini tugatgach, bajargan ish natijalari-yozilgan daftarni o'qituvchiga ko'rsatishi va qayd etilgan ma'lumotlarning to'g'ri ekanligi haqida tasdiq olishi zarur. 6. Har bir talaba navbatdagi mashg'ulotga kelganda o'tgan tajriba ishi bo`yicha yozma ravishda hisobot tuzib, uni qoidasi bilan rasmiylashtiradi, so'ngra uni o'qituvchisiga ko'rsatadi. Hisobot to'g'ri bajarilganligi tasdiqlangandan keyin talaba sinov savollariga javob beradi. 7. Talabalarning tajriba ishlari bo'yicha tayyorlagan hisobotlarida ishning qisqacha bajarilish tartibi, asbob-uskunalarni ulash sxemalari, ish natijalari yozilgan jadvallar, vektor diagrammalar va qo`llanilgan o`lchash asboblari hamda uskunalarining qo'llanma ko'rsatkichlari kabi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi kerak. 8. Ushbu qoidalarni buzgan talabalar tajriba mashg’ulotidan chetlashtiriladi.
10
1-TAJRIBA ISHI O`ZGARMAS TOK ZANJIRLARIDA BAJARILADIGAN O`LCHASHLAR
1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad 1. Elektr energiyasi iste'molchilarining sxemasini yig`ishni o`rganish (ketma-ket, parallel va aralash ulash) 2. Turli ulash sxemalarida, zanjirning ayrim qismlari va butun zanjir uchun tok kuchi va kuchlanishni o`lchashni o`rganish. 3.O`zgarmas tok zanjiri uchun Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlarini amalda tekshirish.
2.Tajriba ishini tushuntirish 1. Uch lampadan har birining qarshiligini ampermetr va voltmetr usuli bilan aniqlash (1.1- rasm). Bunda lampalarni navbati bilan ulab, ampermetr va voltmetrlarning ko`rsatishlari yozib olinadi, shu qiymatlarini Om qonuni formulasiga qo`yib har bir lampa spiralining qarshiligi aniqlanadi.
1 1
I U R
2 2 2 I U R
3 3 3 I U R
Uchta parallel ulangan cho`g`lanish lampasi spiralining umumiy qarshiligini aniqlash (1.1-rasm). Om qonuni bo`yicha I U R um
bu yerda I -ampermetrning ko`rsatishi, a , U-voltmetrning ko`rsatishi, v Lampalarni parallel ulash sxemasi bo`yicha quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi: a) zanjirdagi umumiy tok, parallel ulangan iste'molchilardagi toklarning yig`indisiga teng (Kirxgofning 1-qonuni). I um = I 1 +I 2 +I 3 . Berilganlar 1.1 va 1.2-jadvallardan olinadi; b) parallel ulangan iste'molchilarning hisobiy zanjir qarshiligi (R h ) qo`yidagi formula bilan hisoblanadi: 3 2 1 1 1 1 1
R R R h
bu yerda 1 3 3 2 2 1 3 2 1 R R R R R R R R R R h R 1 , R 2 , R 3 larning grafiklari 1.1-jadvaldan olinadi. Jadvaldan olinganlar buyicha (1.2-jadval) hisobiy qarshilik (R h ) umumiy qarshilik (R um ) bilan
solishtiriladi. 3. Ketma-ket ulangan lampalar spiralining qarshiligini aniqlash. Ketma-ket ulanganda, har bir lampa spiralining qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi:
1 1
I U R 2 2
I U R 3 3
bu yerda I-zanjirdagi tok, a. U 1 , U 2 , U 3 - har bir lampadagi kuchlanishning tushuvi, v. Kuchlanishlarning bu tushuvi har bir lampaga navbati bilan ulanadigan voltmetr yordamida o`lchanadi. Umumiy qarshilik Om qonuni bo`yicha aniqlanadi:
11
I U R um
bu yerda U–tarmoq kuchlanishi, v. Lampalarni ketma-ket ulash sxemasi bo`yicha (1.2-rasm) quyidagi asosiy nisbatlar tekshiriladi;
x ) alohida lampalar qarshiliklarining yig`indisiga teng: R h = R 1 +R 2 +R 3 Bu qiymatlar jadvaldan olinib, R UM bilan solishtiriladi; b) zanjirga berilgan kuchlanish, ayrim lampalardagi kuchlanishlar tushuvining yig`indisiga teng (Kirxgofning 2-qonuni) U = U 1 +U 2 +U 3 v) zanjirning barcha qismlarida tokning miqdorlari teng. 4. Aralash ulanganda (1.3-rasm) lampa spiralining qarshiligi va butun zanjirning umumiy qarshiligi Om qonuni bo`yicha aniqlanadi. ; 1 1 1
U R
; 2 2 2 I U R
; 3 3 3 I U R
; I U R um
L 2 va L 3 lampalar parallel ulangani uchun U 2 =U 3 deyish mumkin. U 1 , U 2 ,U 3 va U-kuchlanishlar voltmetr yordamida o`lchanadi. Hisobiy qarshilik quyidagi ifodadan aniqlanadi: 3 2
2 1
R R R R R h
Bu miqdor tajribadan olingan R um bilan solishtirib ko`riladi. 5. Turli tajribalardan olingan R 1 , R 2 , R 3 qarshiliklarning bir xil emasligiga e'tibor berilsin. Bunga turli ulash sxemalarida cho`g`lanish spiralidan o`tayotgan toklar kattaligining teng emasligi sabab bo`ladi. O`tkazgichdan o`tgan tok, kattaligi jihatidan shu tok kuchiga proportsional bo`lgan issiqlik ajratib chiqaradi (Joul-Lens qonuni). Bu issiqlik o`tkazgichning temperaturasini, binobarin uning qarshiligini ham oshiradi. Qaysi cho`g`lanish lampasi spiralidan katta tok o`tsa, usha spiralning qarshiligi katta bo`ladi.
3. Ishni bajarish tartibi 1. Kompyuterda “Elektronics Workbench” dasturiy paketi ishga tushuriladi. 2. 1.1-rasmdagi sxema yig`iladi. Buning uchun elektr jihozlari panelidan kerakli elementlar olinadi.
1.1-rasm
3. L 1 ,L 2 ,L 3 lampalarning toklari ampermetrlar ko’rsatishlaridan va kuchlanish voltmetrning ko`rsatishidan 1.1-jadvalga yozib olinadi. 4. Uchta lampa parallel ulangan hol uchun, ampermetr va voltmetr ko`rsatkichlari 1.2-jadvalga yozib olinadi. 5. 1.2- rasmdagi sxema yig`iladi.
12
1.2-rasm
6. Voltmetrlar va ampermetrning ko`rsatishlari 1.3-jadvalga yozib olinadi. 7. 1.3-rasmdagi sxema yig`iladi.
1.3-rasm
8. Voltmetr va ampermetrlarning ko`rsatishlari 1.4-jadvalga yozib olinadi. 9. Har bir lampaning qarshiligi, shuningdek barcha sxemalar uchun umumiy va hisobiy qarshiliklarni hisoblash natijalari 1.1,1.2,1.3 va 1.4–jadvallarga yozib olinadi. 1.1–jadval
Lampalar O’lchashlar Hisoblashlar I U R L 1
L 2
L 3
O’lchashlar Hisoblashlar U I R um R h
1.3– jadval O’lchashlar Hisoblashlar
13
1.4– jadval O’lchashlar Hisoblashlar
4. Tekshiruv savollari
1. Parallel ulangan uchta lampaning umumiy ekvivalent qarshiligi ampermetr va voltmetr usuli bo`yicha qanday aniqlanadi ? 2. Parallel ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi ? 3. Kirxgofning birinchi qonuni qanday ifodalanadi ? 4. Kirxgofning ikkinchi qonuni qanday ifodalanadi ? 5. Ketma-ket ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi ? 6. Aralash ulashda hisobiy qarshilik qanday aniqlanadi?
2-TAJRIBA ISHI Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling