3-misol. Tangani tashlash natijasida bir vaqtda gerbli va raqamli tomonlar tushish hodisalari birgalikda bo‘lmagan hodisalar bo‘ladi.
6-ta‘rif. Agar A va B hodisalar yig‘indisi muqarrar hodisa, ko‘paytmasi esa mumkin bo‘lmagan hodisa, ya‘ni:
,
bo‘lsa, u holda A va B hodisalar o‘zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi.
Odatda A hodisaga qarama-qarshi hodisaga kabi belgilanadi.
Demak,
,
7-ta’rif. Tajriba natijasida A hodisaning ro‘y berishidan, B hodisaning esa ro‘y bermasligidan iborat hodisa A va B hodisalar ayirmasi deb ataladi va A-B kabi belgi-lanadi.
1-eslatma. A1, A2, ..., An hodisalarning yig‘indisi va ko‘paytmasi yuqoridagidek ta‘riflaiadi.
A1, A2, ..., An hodisalarni qaraylik. Agar bu hodisalar yig‘indisi muqarrar hodisa bo‘lca, ya‘ni:
bo‘lsa, u holda A1, A2, ..., An hodisalar hodisalarning to‘la guruhini tashkil etadi deyiladi. Agar A1, A2, ..., An hodisalar uchun
1.
2.
bo‘lsa, ya‘ni istalgan ikkita va ( ) ( ) hodisalar bir vaqtda ro‘y berishi mumkin bo‘lmasa, u holda A1, A2, ..., An hodisalar juft-jufti bilan birgalikda bo‘lmagan hodisalarning to‘la guruhini tashkil etadi deyiladi.
Agarda bir necha A1, A2, ..., An hodisalardan istalgan birini sinash natijasida ro‘y berishi boshqalariga qaraganda kattaroq imkoniyatga (qulaylikka) ega deyishga asos bo‘lmasa, bunday hodisalar teng imkoniyatli hodisalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |