Uslubiy ko‘rsatma t oshkent 2020 Tuzuvchilar: Mamarasulova F. S., Karimov R. Ch. «Elektr ta’minoti ishonchliligi»


Download 1.91 Mb.
bet5/19
Sana02.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1319761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Elektr taminoti ishonchliligi (uz) amal-1

4-misol. Tangani ikki marta tashlash tajribasnni qaraylik. Bu tajriba natijasida GG, GR, RG, RR elementar hodisalar ro‘y beradi.
A hodisa tangani ikki marta tashlaganda ikkala holatda ham gerbli tomoni tushishi hodisasi (GG hodisasi) bo‘lsin. Bu holda A hodisaga qulaylik tug‘diradigan elementar hodisa faqat bitta bo‘ladi (GG hodisa).
Faraz qilaylik, n ta e1, e2, ..., en elementar hodisalardan m tasi A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘dirsin.
8-ta‘rif. Ushbu   son A hodisaning ehtimoli deb ataladi va uni P(A) kabi yoziladi:
 .
Demak, A hodisaning ehtimoli A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi hodisalar sonining teng imkoniyatli barcha elementar hodisalar soniga nisbatiga teng.


5-misol. Yashikda yaxshilab aralashtirilgan 25 ta bir xil shar bo‘lib, ulardan 5 tasi ko‘k, 11 tasi qizil va 9 tasi oq shar bo‘lsin. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olinganda uning ko‘k shar bo‘lishi, qizil shar bo‘lishi va oq shar bo‘lishi ehtimollari topilsin.
Ma‘lumki, jami elementar hodisalar soni p=25 (5+11+9=25) bo‘ladi. Aytaylik, A, B va C mos ravishda ko‘k, qizil va oq shar chiqishidan iborat hodisalarni ifodalasin. m1, m2, va m3 esa mos ravishda bu hodisalarga qulaylik tug‘diruvchi elementar hodisalar soni bo‘lsin. U holda masala shartiga ko‘ra m1=5, m2=11 va m3=9 bo‘ladi.
Ehtimolning klassik ta‘rifiga ko‘ra
     
bo‘ladi. Demak, tavakkaliga olingan sharning ko‘k shar bo‘lish ehtimoli 0,2 ga, qizil shar bo‘lish ehtimoli esa 0,44 ga va oq shar bo‘lish ehtimoli 0,36 ga teng.


6-misol. O‘tkazilayotgan tajriba, simmetrik, bir jinsli tangani uch marta tash-lashdan iborat bo‘lsin. Tajriba natijasida ikki marta gerbli tomoni tushish hodisasi-ning ehtimoli topilsin.
Tangani uch marta tashlashda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha etementar hodisalar to‘plamini tuzamiz:
Ω={e1=(GGG, e2=(GGR), e3=(GRR), e4=(RRR),
e5=(RGR), e6=(RRG), e7=(GRG), e8=(RGG)}
bo‘lib, bu to‘plam elementlarining soni p=8.
Aytaylik, A hodisa tangani uch marta tashlaganda ikki marta gerbli tomoni tushishi hodisasi bo‘lsin.
Elementar hodisalar to‘plami Ω dan ko‘ramizki, barcha elementar imkoniyatlar soni p=23=8, ulardan A hodisaga qulaylik tug‘diruvchi elementar hodisalar soni m=3 bo‘ladi.
Hodisa ehtimolining ta‘rifiga ko‘ra qaralayoggan A hodisaning ehtimoli

bo‘ladi.
Hodisa ehtimolining ta‘rifidan bevosita quyidagi xossalar kelib chiqadi:
- har qanday A hodisaning ehtimoli
  va  ,
ya‘ni   bo‘ladi;
- muqarrar hodisaning ehtimoli 1 ga teng bo‘ladi, ya‘ni  ;
- mumkin bo‘lmagan hodisaning ehtimoli nolga teng bo‘ladi, ya‘ni  .



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling