Temir (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Dimetilglioksim Fe2+ kationlari bilan pushti-qizil rangli ichki kompleks tuz qosil kiladi:
Konussimon probirkaga 1-2 tomchi temir (II) tuzi eritmasidan o‘tkaziladi, 1 tomchi vino kislotasi eritmasi va 2-3 tomchi NH4OH qo‘shiladi, so‘ngra dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shiladi. Eruvchan kompleks birikma temir (II) dimetilglioksimatning pushti -qizg‘ish eritmasi hosil bo‘ladi.
Reaksiyani o‘tkazish sharoiti:
- tajribani rN»9 bo‘lgan ammiakli eritmada olib boriladi;
- eritmada Fe3+ va Fe2+ kationlari birgalikda bo‘lsa, reaksiyani vino kislotasi ishtirokida olib boriladi, chunki vino kislotasi ammoniy gidroksid bilan Fe(OH)3 cho‘kmasini hosil qilishi mumkin bo‘lgan Fe3+ kationlarini kompleks holida bog‘lashga xizmat qiladi.
Temir (III) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Natriy asetat CH3COONa sovukda Fe3+ kationlari bilan reaksiyaga kirishib, eritmani qizil-qo‘ng‘ir rangga kirituvchi kompleks ion — digidroksogeksaasetat ferratni (III) ni hosil qiladi. Kompleks birikma eritmasini qaynatilganda qo‘ng‘ir tusli asosli tuz — temir (III) dioksiasetat cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Uzoq vaqt davomida eritmani qaynatish amalda eritmadan Fe3+ kationlarini ajratishga imkon beradi. A13+ kationlari tuzi eritmalaridan natriy asetat A1(ON)2SN3SOO cho‘kmasini hosil qiladi.
Ayni reaksiyalar sistematik analiz qilishda Fe3+ va A13+ kationlarini III guruxning boshqa kationlaridan asetatli metod bo‘yicha ajratishga xizmat qiladi. III guruxning boshqa kationlari CH3COONa bilan cho‘kma hosil qilmaydi.
Surma (III) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Metil binafsha xlorid kislotali muxitda Sb5+ kationi bilan binafsha rangli kompleks hosil qiladi.
Probirkaga 2-3 tomchi surma (V) xlorid eritmasidan solinadi, ustiga 2-3 tomchi konsentrlangan NS1 va 1-2 tomchi natriy nitrit, NaNO2 eritmasidan qo‘shiladi.
So‘ngra mochevinaning to‘yingan eritmasidan 3 tomchi qo‘shib, ozgina isitiladi.
Tayyorlangan aralashma eritmasidan probirkaga 2 tomchi solib, ustiga 1 ml reagentning suvli eritmasi (0,01%li)dan quyiladi. Eritmada Sb5+ kationlarini bo‘lishi hisobiga ko‘kish-binafsha rang hosil bo‘ladi.
Tajribani bajarish sharoiti:
- eritmada bo‘lishi mumkin bulgan Sb3+ ionlarini oksidlash uchun natriy nitrit NaNO2 eritmasi qo‘shiladi (yaxshisi natriy nitrit kristallari qo‘shiladi);
- ortiqcha nitrit NO2 ionlarini yo‘qotish uchun mochevinaning to‘yingan eritmasi qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |