Uslubiy qo‘llanma analitik kimyoda organik reagentlar fanidan laboratoriya ishlari


Nikel (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi


Download 305 Kb.
bet9/12
Sana22.12.2022
Hajmi305 Kb.
#1040975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
АКОR.Laboratoriya ishlar 1 2021

Nikel (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Dimetilglioksim C4H8N2O2 (Chugaev reaktivi) Ni2+ kationlari tuzlari bilan ta’sirlashib, qip-qizil kristallik chukma hosil qiladi:



Nikel (II) sulfat eritmasidan probirkaga 4 tomchi solib, 3-6 tomchi ammiakning konsentrlangan eritmasidan qo‘shiladi. So‘ngra dimetilglioksimning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shilsa, ichki kompleks tuz-nikel dimetilgloksimatning qip-qizil kristallik cho‘kmasi hosil bo‘ladi.


Bu reaksiyani bajarish sharoiti:
- reaksiyani eritmani muhitini rN = 8 ga keltirib (ammiak eritmasi yordamida) bajarish lozim;
- eritmadagi Fe2+ kationlari (bu kationlar ham dimetilglioksim bilan qizil rangli eritma hosil qiladi) vodorod peroksid yordamida Fe3+ ga aylantirilishi kerak;
- eritmada Si2+ va So2+ ionlari bo‘lsa, ular eritmadan yo‘qotilishi lozim, chunki ular Ni2+ ni aniqlashga xalaqit beradi.


Kobalt (II) kationining organik reagentlar yordamida sifat analizi. Kaliy nitrit KNO2 kislotali muditda kobalt (II) tuzining eritmasiga ta’sir ettirilganda kompleks tuz K3[Co(NO2)6] ning sariq kristall cho‘kmasi hosil bo‘ladi:

Bu reaksiya So2+ va Ni2+ ionlarini bir-biridan ajratishda qo‘llaniladi.



Miqdoriy analiz
Laboratoriya ishi № 5
Suvning umumiy qattiqligini kompleksometrik usulda aniqlash
Suvning qattiqligi turli sohalarda suvdan foydalanishni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Suvning qattiqligi uning tarkibidagi ishqoriy yer elementlari, asosan kalsiy va magniy ionlarining tarkib topishidan kelib chiqadigan xususiyatlar majmuidir.
Suvning pH va ishqoriyligiga qarab, 10°J dan yuqori qattiqlik suv tarqatish tizimida va qizdirilganda shkalada shlaklar hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Qattiqligi 5 °J dan kam bo‘lgan suv suv quvurlariga o‘yuvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Suvning qattiqligi uning ta’m xususiyatlari jihatidan inson iste’moli uchun qo‘llanilishiga ham ta’sir qilishi mumkin.
Qattiqlikni kompleksometrik (titrimetrik) aniqlashda aluminiy, kadmiy, qo‘rg‘oshin, temir, kobalt, mis, marganes, qalay va rux ionlari ekvivalent nuqtani aniqlashga ta’sir etadi va aniqlashga xalaqit beradi. Ortofosfat va karbonat ionlari kalsiyni titrlash sharoitida cho‘ktirishi mumkin. Ayrim organik moddalar aniqlashga ham xalaqit berishi mumkin. Agar aralashuvchi ta’sirni bartaraf etib bo‘lmaydigan bo‘lsa, qattiqlikni atom spektrometriyasi orqali aniqlash tavsiya etiladi.
Ushbu usulda tabiiy (yer usti va yer osti) suvlarni, shu jumladan ichimlik suv ta’minoti suv manbalarini, shuningdek ichimlik suvini, shu jumladan idishlarga qadoqlangan suvlarning qatiqligini aniqlashga mo‘ljallangan. Davlat standarti GOST 31954-2012 asosida tekshiruv o‘tkaziladi.

Download 305 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling