Odamning ilk ajdodlari topilgan Sharqiy Afrikadagi Olduvay darasi.
Mezolit davri.Mil avv 12-7 ming yillik. Mezolit davri (o`rta tosh asri) taxminan miloddan avvalgi XII-VII-mingyilliklarda davom etgan. Mezolit davri boshlanishi bilan muzlik davri poyoniga yetdi, bu narsa iqlim ancha ilishiga va odamlar turmushida o`zgarishlar bo`lishiga olib keldi. Mezolit davrida inson o`q-yoy yasashni o`rganib oldi. O`q-yoy kashf etilishi bilan odam ixtiyorida chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyati vujudga keldi. Mezolit davri oxirida inson hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladi. Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo`jalikning yangi tarmoqlari - ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik vujudga keldi. Shunday bo`lsada, xo`jalikning aytib o`tilgan tarmoqlari neolit davrida keng tarqaldi. Muzlik chekinishi bilan urug` jamoalari nafaqat Osiyo va Afrika hududlarida, balki Yevropa shimolida ham keng joylasha boshladilar. Bugungi kunda mezolit davriga oid yuzdan ziyod manzilgohlar ochilgan. Farg`ona vodiysining tog`oldi va tog`lik tumanlarida hamda O`zbekiston janubida bunday manzilgohlar ko`plab uchraydi. Obishir, Qo`shilish va Machay manzilgohlari, shuningdek, Zarautsoy darasidagi qoyatosh rasmlari ancha mufassal o`rganilgan. Amudaryo va Sirdaryo qirg`oqlari, O`zbekiston hududidagi ko`llar va daryolar sohili mezolit davri ovchilari va baliqchilari ko`chib kelib o`rnashgan maskanlarga aylandi. Dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi.
Neolit davrida - yangi tosh asrida o`zlashtiruvchi xo`jalikda tub o`zgarish sodir bo`ldi, tabiatdan barcha tayyor narsalarni ola boshlagan inson endi ishlab chiqaruvchi xo`jalikka - ziroatchilik va chorvachilikka o`tdi. O`rta Osiyoda neolit davri miloddan avvalgi VI-IV mingyilliklar bilan davrlashtiriladi. Arxeologlar neolit davri boshlanishini sopol idishlar yasashning kashf etilishi bilan belgilaydilar. Mezolit va neolit davrida odam toshdan kichik mehnat qurollari - mikrolitlar yasashni, toshga ishlov berishning odam tanish bo`lmagan usullarini: silliqlash, arralash, sirlash va teshikchalar parmalashni qo`llay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |