Uslubiy tavsiyalar


O`zbekiston hududidagi ilk davlatlar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda


Download 82.75 Kb.
bet7/18
Sana22.02.2023
Hajmi82.75 Kb.
#1223328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Uslubiy tavsiyalar

O`zbekiston hududidagi ilk davlatlar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda.
Qadimgi aholining etnik tarkibi va hududiy joylashuvi. Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O`zbekiston hududida so`g`diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug`ullanuvchi ko`plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So`g`da ("Avesto"da), So`g`uda (Behistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kvint Kursiy Ruf asarlarida So`g`diyona deb nomlangan. Bu hududda yashaydigan aholi so`g`diylar deb atalgan. Amudaryoning quyi oqimida yashagan o`troq dehqon elatlari xorazmliklar bo`lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Behistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan. So`g`diylarning eng yaqin qo`shnilari baqtriyaliklar bo`lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg`onistonning Shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Bahdi ("Avesto"da), Baqtrish (Behistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon-rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar. Cho`llar va Amudaryo bo`ylarida ko`chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning tog`lik, dasht va cho`l yerlarida asosiy mashg`uloti chorvachilik bo`lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o`z yerlarini boshqa qabilalar hujumidan himoya qilish uchun harbiy-qabila ittifoqini tuzadilar. Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bo`lingan. Ularning ko`pchilik qismi saka-tigraxauda, ya'ni o`tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog`iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh saka-tiay-taradarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo`ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar. Pomirning tog`li tumanlarida va Farg`onada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashashgan. Ilk davlat birlashmalari. O`zbekiston hududlarida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda tashkil topgan eng qadimgi davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir. Ushbu davlatlar dehqonchilik bilan shug`ullangan mahalliy aholi madaniyatining rivoji asosida paydo bo`lgan. Bizning ajdodlarimiz ularning tub aholisi bo`lib, uzoq tarixiy taraqqiyot yo`llaridan o`tganlar. Marg`iyona va So`g`diyona ham Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta'sirida bo`lgan. Shuning uchun u qadimda bir biriga qarindosh bo`lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari va O`zbekistonga chegaradosh viloyatlar Qadimgi Baqtriya davlati ta'sirida bo`lgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo`rg`on va Afrosiyob o`rnida Baqtriya va So`g`dning markaziy shaharlari joylashgan. Bu shaharlar O`zbekiston hududida eng qadimgilari bo`lib, ularning yoshi 2700 yildan kam emas. Yerqo`rg`on, Uzunqir va Afrosiyob - O`zbekiston hududidagi eng qadimgi shaharlar. Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo`lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko`zaliqir shahri bo`lgan. U qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o`ralgan. Uning dehqonchilik bilan mashg`ul bo`lgan aholisi turli xil uy-qo`rg`onlarda va qishloqlarda yashagan. Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq yuksak darajada rivojlangan. Shunday qilib, miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O`zbekiston hududida ilk temir asriga o`tish boshlangan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo`lgan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo taraqqiy etgan. Qadimgi Sharq mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o`rnatilgan. Qadimgi davrda O`zbekiston hududida davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.
Miloddan avvalgi VI - milodiy IV asrlarda O`rta Osiyo

Download 82.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling